Forwarded from ÖzDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
OʻzDJTUda “Bitiruvchi–2026” bayram tadbiri boʻlib oʻtdi
2-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida bitiruvchi talabalar uchun “Bitiruvchi–2026” bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbir avvalida OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi prorektorlar hamda bitiruvchi talabalar tantanali ravishda sahnaga taklif etildi.
Shundan soʻng universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov bitiruvchilarni samimiy muborakbod etib, ularga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yuksak marralar va Vatan ravnaqiga munosib hissa qoʻshishlarini tiladi.
Tadbir davomida universitetning jamoat, ilmiy, sport, ijodiy va innovatsion faoliyatida alohida faollik koʻrsatgan bitiruvchilar “Eng yaxshi tashabbuskor”, “Eng yaxshi sportchi”, “Eng yaxshi innovator”, “Eng yaxshi ijodkor” hamda “Eng yaxshi yetakchi” nominatsiyalari boʻyicha taqdirlandilar. Gʻoliblarga maxsus statuetkalar, faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shuningdek, bitiruvchi talabalarning ota-onalari ham tadbirga taklif etilib, farzandlarining yutuqlariga guvoh boʻldilar. Tadbir yakunida universitetning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etilib, bayram ishtirokchilariga koʻtarinki kayfiyat ulashildi.
“Bitiruvchi–2026” bayram tadbiri bitiruvchilar uchun unutilmas xotiralar, quvonchli lahzalar va ezgu tilaklarga boy tarzda oʻtdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ÖzDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ÖzDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
O‘zDJTUda navbatdagi dissertatsiya ishi kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasidan o‘tkazildi
2026-yil 2-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan navbatdagi dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Muhokama oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.
Muhokamada Boysariyeva Fotima Tursinaliyevnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Xorijiy tillarni ikkinchi chet tili sifatida o‘qitishda lingvomadaniy yondashuv” mavzusidagi dissertatsiyasi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ilmiy muhokama davomida tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati, xorijiy tillarni ikkinchi chet tili sifatida o‘qitishda lingvomadaniy yondashuvning samaradorligi hamda tadqiqot natijalarining ta’lim jarayoniga tatbiq etish imkoniyatlari yuzasidan batafsil fikr-mulohazalar bildirildi. Dissertatsiya muallifi amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar, erishilgan natijalar va taklif etilgan metodik yechimlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi.
Muhokamada ilmiy rahbar, filologiya fanlari doktori (DSc), professor D. M. Teshabayeva, taqrizchilar hamda ilmiy jamoatchilik vakillari tomonidan dissertatsiya yuzasidan xulosalar va tavsiyalar bildirildi. Tadqiqot ishining ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati e’tirof etilib, uni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Muhokama yakunida dissertatsiya ishi belgilangan tartibda keyingi bosqichga tavsiya etish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅Joriy yilning 2-iyul sanasida 3-ingliz tili fakultetida Rahbarlar boshchiligida ishtirokchilar bilan “Ochiq kutubxona” mavzusida mazmunli va ma’rifiy suhbat tashkil etildi.
📝Suhbat davomida kitob mutolaasining inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida fikr almashildi. Shuningdek, kutubxonalardan samarali foydalanish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda badiiy va ilmiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📚Tadbir ishtirokchilarda mutolaa madaniyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va bilim olishga bo‘lgan intilishni kuchaytirishga xizmat qildi. Suhbat yakunida kitobxonlikni keng targ‘ib etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
📝Suhbat davomida kitob mutolaasining inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida fikr almashildi. Shuningdek, kutubxonalardan samarali foydalanish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda badiiy va ilmiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📚Tadbir ishtirokchilarda mutolaa madaniyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va bilim olishga bo‘lgan intilishni kuchaytirishga xizmat qildi. Suhbat yakunida kitobxonlikni keng targ‘ib etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
👍2