3rd English faculty
1.81K subscribers
12.5K photos
1.67K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M. Jakbarov boshchiligida “Siyosiy ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir davomida siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi eng so‘nggi yangiliklar hamda davlat xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiluvchi muhim ma’lumotlar haqida so‘z yuritildi.

Tadbir ishtirokchilarda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish, siyosiy savodxonlik va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3😍2🥰1
2026-yil 15-may kuni OʻzDJTU Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi oʻqituvchisi Kulmamatova Aziza tomonidan 2518-guruh talabalari bilan “Listening and Speaking” fanidan “Language” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Dars davomida talabalarning tinglab tushunish, erkin fikr bildirish hamda muloqot qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interaktiv metodlardan foydalanildi. Mashgʻulot jarayonida talabalar juftlik va guruhlarda ishlash orqali til, kommunikatsiya, aksent va madaniyatga oid qiziqarli savol-javob hamda muhokamalarda faol ishtirok etdilar.
Ochiq dars zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilib, talabalar mavzu yuzasidan oʻz fikrlarini ingliz tilida erkin bayon qildilar. Dars yuqori saviyada oʻtkazilib, ishtirokchilar tomonidan ijobiy baholandi.
1🔥1
2026-yil 15-may kuni O'zDJTU Ingliz tili amaliy fanlar #3 kafedrasi o'qituvchisi Shukurova Nodira, 2514-guruhda “Og‘zaki nutq amaliyoti” fanidan “Discussion about Machine Translation” mavzusida ochiq dars tashkil etdi. Dars zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda interaktiv metodlar asosida olib borildi.
📌Darsning asosiy maqsadi talabalarni mashina tarjimasi (machine translation) tushunchasi, uning afzallik va kamchiliklari bilan tanishtirish, mavzu yuzasidan erkin fikr bildirish hamda ingliz tilida og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Dars davomida o‘qituvchi tomonidan talabalar bir o'zlari, sheriklikda va kichik guruhlarga bo‘linib turli qiziqarli vazifalarni bajarish davomida og'zaki nutq ko'nikmalarini yanada rivojlantirdilar.
Mashg'ulot davomida “Advantages and disadvantages of machine translation”, “Can artificial intelligence replace human translators?” kabi muammoli savollar berildi.
💻O'zbekistonning 2030 yilgacha bo'lgan taraqqiyot strategiyasining 3-bandini turli tarjima dasturlaridan foydalanib tarjima qildilar, hamda mashina tarjimasining kamchilik tomonlarini solishtirdilar. Talabalar ushbu savollar asosida munozara olib bordilar, o‘z fikrlarini ingliz tilida erkin bayon etdilar hamda misollar orqali asoslashga harakat qildilar. Shuningdek, talabalar zamonaviy tarjima dasturlari, jumladan, Google Translate va DeepL imkoniyatlari haqida fikr almashdilar.
Darsda multimedia vositalari, slaydlar va audio materiallardan foydalanildi. Bu esa talabalarning mavzuga bo‘lgan qiziqishini oshirdi hamda ularning tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirdi.
Ochiq dars yakunida talabalar faol ishtiroki uchun baholandi. Dars mazmunli, qiziqarli va interaktiv tarzda tashkil etilgani ta’kidlandi. Kuzatuvchi o‘qituvchilar tomonidan dars ijobiy baholanib, o‘qituvchining pedagogik mahorati hamda innovatsion yondashuvlari e’tirof etildi.
🔥743❤‍🔥1👍1🥰1👏1😍1💋1🆒1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

FARMON BIBI” FILMI

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Kechki ta'limdagi 2512 va 2513-guruh talabalari tomonidan “Farmon bibi” filmi asosida sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

📖 Asar: “Farmon bibi”
🎬Janri: Ijtimoiy-dramatik
O‘qituvchi: Ibragimov Javohir
Faol ishtirokchilar:
Kechki ta'lim 2512 va 2513-guruh talabalari

Farmon bibi” filmi mazmunida insoniy qadriyatlar, oilaviy munosabatlar, mehr-oqibat va hayot sinovlari chuqur aks ettirilgan.

Ushbu sahna talqini orqali talabalar asarning mazmun-mohiyatini ta’sirchan va mazmunli tarzda tomoshabinlarga yetkazishga muvaffaq bo‘lishdi.

Talabalarimizning ijodiy yondashuvi, sahnadagi mahorati va jamoaviy chiqishi tahsinga loyiq!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🥰2🤩2❤‍🔥1😍1
🏫 168-maktabda navbatdagi to'garak mashg‘uloti!

2026-yil 1️⃣5️⃣-may kuni  Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasiga biriktirilgan 2525-guruh talabalari Axmedova Malika va Maxmarajabova Shaxzoda tomonidan Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 168-maktabda 1-sinf o‘quvchilari uchun “Public places” mavzusida ingliz tili to‘garak mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar school, park, library, hospital, shop, zoo kabi jamoat joylariga oid yangi inglizcha so‘zlarni rasmlar, ko‘rgazmali vositalar va interfaol mashqlar orqali o‘zlashtirdilar.

Bundan tashqari, “What is this?”, “I go to school”, “Do you like the park?” kabi sodda savol-javob mashqlari tashkil etilib, o‘quvchilarning ingliz tilida muloqot qilish ko‘nikmalari rivojlantirildi. Qiziqarli o‘yinlar esa mashg‘ulotni yanada jonli va samarali o‘tishiga xizmat qildi. 🌟

Mazkur mashg‘ulot o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning lug‘at boyligini kengaytirish hamda kundalik hayotda uchraydigan joylarni ingliz tilida ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi 1-bosqich kechki va sirtqi ta’lim 2508-guruh talabalari ishtirokida kafedra dotsenti, PhD Tojibayeva Nazokatxon KobiljonovnaningInfluence of Technology and AI in Human Life” mavzusidagi ochiq darsi samarali tashkil etildi.

Dars davomida talabalar zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellektning inson hayotidagi o‘rni haqida fikr almashib, AI texnologiyalarining ta’lim, tibbiyot, biznes va kundalik turmushdagi ahamiyati yuzasidan qiziqarli suhbat olib bordilar. Shuningdek, texnologik taraqqiyotning jamiyat rivojiga ta’siri hamda inson tafakkuri va dunyoqarashidagi o‘zgarishlar muhokama qilindi.

Mashg‘ulot jarayonida yoshlarning axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, darslarni interaktiv usullar asosida tashkil etish hamda zamonaviy AI vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, texnologiyalar rivoji bilan bir qatorda raqamli madaniyat, axborot xavfsizligi va internet etikasi haqida ham foydali fikrlar bildirildi.

Talabalar turli xalqaro texnologik kompaniyalar, sun’iy intellekt dasturlari, xorijiy universitetlarning IT va AI yo‘nalishlari hamda innovatsion ta’lim tizimlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lib, o‘z taassurot va bilimlarini bir-birlari bilan o‘rtoqlashdilar. Dars samimiy, qiziqarli va faol muloqot ruhida o‘tib, barcha ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🥰1🤩1