Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili 3-fakultet 🇺🇿🇺🇿 (Jasmina)
Unda safimizga qo‘shiling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🥰2🤩2
tyutori N. Israilova hamda 2405-guruh talabalari bilan poytaxtimizning eng zamonaviy maskanlaridan biri — Magic City’ga maroqli tashrif amalga oshirildi.
#UzSWLU
#InglizTili3Fakultet
#TalabalarHayoti
#Tashrif
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥2🤩1😍1
2026-yil 8-may kuni #BRM tadbirlari doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi katta o‘qituvchisi Tursunxodjayev J.J. tomonidan 2519-guruh talabalari ishtirokida “Mas’ulyatli iste’mol va ishlab chiqarish. Jahon oziq-ovqat xavfsizligi kuni” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligi muammolari haqida tushuncha hosil qilish hamda mas’uliyatli iste’mol tamoyillarini targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida talabalarga Barqaror rivojlanish maqsadlarining 12-maqsadi — “Mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish” haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi. Ushbu maqsadning mazmun-mohiyati, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni kamaytirish, qayta ishlash madaniyatini rivojlantirish va ekologik muvozanatni saqlashdagi ahamiyati tushuntirildi. Shu bilan birga, dunyo miqyosida oziq-ovqat tanqisligi, isrof va ekologik muammolar insoniyat oldidagi dolzarb masalalardan biri ekanligi ta’kidlandi.
Tadbir jarayonida interaktiv savol-javoblar, guruhli muhokamalar va munozaralar tashkil etildi. Talabalar “Qanday qilib kundalik hayotda mas’uliyatli iste’molchi bo‘lish mumkin?” va “Oziq-ovqat isrofini kamaytirish uchun nimalar qilish kerak?” kabi savollar yuzasidan o‘z fikrlarini bayon etdilar. Bu jarayon talabalarning mavzu bo‘yicha tanqidiy fikrlash, ingliz tilida erkin muloqot qilish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Tadbir yakunida mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish inson salomatligi, iqtisodiyot va ekologiya bilan chambarchas bog‘liq ekanligi alohida qayd etildi. Talabalar barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda har bir insonning o‘rni va mas’uliyati muhim ekanligini anglab yetdilar. Tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi hamda ekologik ong va ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga xizmat qildi.
Tadbir yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. 2519-guruh talabalari mavzuga faol yondashib, o‘z bilim va qiziqishlarini namoyon etdilar.
Ushbu BRM tadbiri talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, global muammolarga befarq bo‘lmaslik hamda ekologik madaniyatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

#UzSWLU #InglizTili3Fakultet #QVZ #TalabalarHayoti #StudentLife #Youth #Tashrif
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👏3🥰2🤩2🔥1
📗🇦🇿🤝🇺🇿Xalqaro ilmiy qurultoyda muvaffaqiyatli ishtirok!
📚2026-yil 14–15-may kunlari Azarbayjonning Baku shahrida o‘tkazilayotgan “I Turkologiya Qurultoyining 100 yilligi: til masalalari” mavzusidagi nufuzli xalqaro ilmiy konferensiyada universitetimiz vakillari faol qatnashdilar.
🏢Ingliz tili 3 fakulteti, Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi katta o‘qituvchisi Mannonova Feruzabonu, Niyadullayeva Sabrina hamda iqtidorli talabalar Muxtorova Laylo (2408-guruh) va Bozorboyeva Sabohat (2417-guruh) ushbu konferensiyada ishtirok etib, o‘zaro ilmiy tajriba almashdilar.
📘Ularning faol ishtiroki xalqaro miqyosdagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, til va adabiyot yo‘nalishidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishda muhim o‘rin tutdi.
👏 Ishtirokchilarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va ularning kelgusi ilmiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz!

❤🔥3🥰2❤1
✅Joriy yilning 12-may sanasida Ingliz tili 3-fakulteti tyutori N. Mamazohirova o‘ziga biriktirilgan talabalar bilan birgalikda tarixiy va ma’naviy merosimizni yaqindan o‘rganish maqsadida Ko‘kaldosh madrasasiga tashrif buyurishdi.
🕌Tashrif davomida talabalar madrasa tarixi, uning me’moriy tuzilishi hamda milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Tadbir talabalarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish va tarixiy obidalarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.

🔥1