3rd English faculty
1.81K subscribers
12.5K photos
1.67K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
📚 OCHIQ DARS MASHG‘ULOTI

2026-yil 1️⃣4️⃣-may kuni Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi katta o‘qituvchisi Shukurova Shohsanam tomonidan 2524-guruh talabalari uchun “Oral Speech Practice” fanidan “Revision” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.

🔹 Mashg‘ulot davomida zamonaviy pedagogik yondashuvlardan:
Communicative Language Teaching (CLT)
Student-Centered Approach
Task-Based Learning (TBL)
Collaborative Learning
Problem-Solving Approach
Interactive Learning
Critical Thinking Approach
samarali foydalanildi.

💡 Dars jarayonida talabalar:
— global va zamonaviy muammolar yuzasidan fikr almashdilar;
— kreativ startap loyihalarini ishlab chiqdilar;
— bahs-munozaralarda faol ishtirok etdilar;
— o‘z fikrlarini ingliz tilida erkin ifodalash va himoya qilish ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

🌍 Mashg‘ulot mavzusi O‘zbekiston Respublikasining 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi bilan integratsiya qilinib, talabalarning ijtimoiy faolligi, fuqarolik pozitsiyasi va tanqidiy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Ochiq dars innovatsion metodlar, interaktiv topshiriqlar va samarali kommunikativ muhit orqali yuqori saviyada tashkil etildi.
53🥰3❤‍🔥2🔥1👏1😍1💯1🏆1🍓1💋1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakultet kengashi tomonidan tashkil etilgan “Dancing Club” faoliyati davom etmoqda!

Clubning 3-sonida ishtirokchilar milliy qo‘shiqlarga mos raqs harakatlarini o‘rganib, mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishdi.

Mashg‘ulotlar davomida talabalar yangi harakatlarni o‘zlashtirib, jamoaviy muhitni yanada mustahkamlashdi

🌐Siz ham raqsga qiziqasizmi?
Unda safimizga qo‘shiling!

📱Qo‘shilmoqchi bo‘lganlar: @sndrvaa ga murojaat qiling!

Biz bilan birga harakatda bo‘ling va ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

📱Telegram | 📱Telegram | 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🥰2🤩2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti
tyutori N. Israilova
hamda 2405-guruh talabalari bilan poytaxtimizning eng zamonaviy maskanlaridan biri — Magic City’ga maroqli tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida talabalar mazkur maskanning go‘zal manzaralari, zamonaviy ko‘ngilochar hududlari bilan yaqindan tanishib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘lishdi.

Bunday madaniy hordiq va sayohatlar talabalar o‘rtasida jamoaviy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Quvnoq lahzalar, samimiy suhbatlar va yorqin xotiralarga boy ushbu kun barchada iliq taassurot qoldirdi.

#UzSWLU
#InglizTili3Fakultet
#TalabalarHayoti
#Tashrif
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2🤩1😍1
2026-yil 8-may kuni #BRM tadbirlari doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi katta o‘qituvchisi Tursunxodjayev J.J. tomonidan 2519-guruh talabalari ishtirokida “Mas’ulyatli iste’mol va ishlab chiqarish. Jahon oziq-ovqat xavfsizligi kuni” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligi muammolari haqida tushuncha hosil qilish hamda mas’uliyatli iste’mol tamoyillarini targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida talabalarga Barqaror rivojlanish maqsadlarining 12-maqsadi — “Mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish” haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi. Ushbu maqsadning mazmun-mohiyati, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni kamaytirish, qayta ishlash madaniyatini rivojlantirish va ekologik muvozanatni saqlashdagi ahamiyati tushuntirildi. Shu bilan birga, dunyo miqyosida oziq-ovqat tanqisligi, isrof va ekologik muammolar insoniyat oldidagi dolzarb masalalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Tadbir jarayonida interaktiv savol-javoblar, guruhli muhokamalar va munozaralar tashkil etildi. Talabalar “Qanday qilib kundalik hayotda mas’uliyatli iste’molchi bo‘lish mumkin?” va “Oziq-ovqat isrofini kamaytirish uchun nimalar qilish kerak?” kabi savollar yuzasidan o‘z fikrlarini bayon etdilar. Bu jarayon talabalarning mavzu bo‘yicha tanqidiy fikrlash, ingliz tilida erkin muloqot qilish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Tadbir yakunida mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish inson salomatligi, iqtisodiyot va ekologiya bilan chambarchas bog‘liq ekanligi alohida qayd etildi. Talabalar barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda har bir insonning o‘rni va mas’uliyati muhim ekanligini anglab yetdilar. Tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi hamda ekologik ong va ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga xizmat qildi.

Tadbir yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. 2519-guruh talabalari mavzuga faol yondashib, o‘z bilim va qiziqishlarini namoyon etdilar.

Ushbu BRM tadbiri talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, global muammolarga befarq bo‘lmaslik hamda ekologik madaniyatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti tyutori N. Israilova boshchiligida 2405 hamda 2409-guruh talabalari bilan 🎭QVZ dasturiga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida talabalar quvnoq sahna ko‘rinishlari, hazil-mutoyibaga boy chiqishlardan zavq olib, maroqli vaqt o‘tkazishdi.

Bunday madaniy hordiq tadbirlari talabalarning kayfiyatini ko‘tarish, jamoaviy muhitni mustahkamlash va unutilmas xotiralarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Samimiy lahzalar va ko‘tarinki kayfiyatga boy ushbu kun barcha ishtirokchilarda yorqin taassurot qoldirdi.

#UzSWLU #InglizTili3Fakultet #QVZ #TalabalarHayoti #StudentLife #Youth #Tashrif
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👏3🥰2🤩2🔥1