3rd English faculty
1.81K subscribers
12.5K photos
1.67K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
📍13.05.2026 sanasida Ingliz tili 3-fakulteti, Ingliz tili integrallashgan kurs-3 kafedrasi katta oʻqituvchisi Anora Abduraimova rahbarligidagi 2405-guruh talabalari Anvarbekova Gulmira, Abdibositova Fazilat, Axmadqulova Mahliyo hamda Mirzayeva Sevinch tomonidan Toshkent shahar Chilonzor tumani 78-maktab 8-sinf oʻquvchilari uchun darsdan tashqari "Marshmallow challenge🍡" hamda qiziqarli topshiriqlar soati tashkil etildi🧩

🎲Mashgʻulot guruhlarga boʻlinib oʻtkazildi va ularga berilgan mahsulotlardan bino qurish hamda unga nom berib, Ingliz tilida qisqacha nutq so'zlab berish topshirigʻi berildi. Mashg'ulot davomida o'quvchilar jamoa bilan ishlash, o'zaro fikr almashish imkoniga ega bo'ldilar va jarayondan zavqlandilar

🎯Mazkur interfaol va interaktiv oʻyinlar birinchi navbatda o'quvchilarning darsdan tashqari vaqtini unumli va maroqli oʻtkazishni ta'minlash bilan birga bilimlarini yanada mustahkamlash imkonini ham beradi. Ularda yangi gʻoyalar va Ingliz tiliga yanada oʻzgacha ishtiyoq va qiziqish uygʻotadi📚🔍📝
🔥31👏1🤩1
5 tashabbusning 1-yo‘nalishi — yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish hamda iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qilishi doirasida o‘qituvchi Yusupova Sitora tomonidan 2516-guruh talabalari bilan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar muzeydagi tarixiy eksponatlar, milliy madaniyat va san’at namunalari bilan yaqindan tanishdilar. Muzey bo‘ylab ekskursiya davomida yoshlarga xalqimizning boy tarixi, madaniy merosi hamda san’at rivoji haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Talabalar qadimiy buyumlar, tarixiy hujjatlar va san’at asarlarini katta qiziqish bilan kuzatdilar.

Tashrif davomida yoshlarning milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalanishi, tarix va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitishga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar muzeydan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, tarix va madaniyatning yoshlar hayotidagi o‘rni haqida fikr bildirdilar.

Mazkur tadbir talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning estetik didi va intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda tarixiy-madaniy merosga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
🥰32
🌿🌍 Ingliz tili 3 fakulteti Ingliz tili Amaliy fanlar 3 kafedrasi tomonidan 14-may — “BRM 15: Xalqaro o‘simliklar salomatligi kuni” munosabati bilan universitet hovlisida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. 🌱

Mazkur tadbirda FING3 25/01 guruhi talabalari faol ishtirok etib, o‘simliklar salomatligini saqlash, noyob va manzarali o‘simlik turlarini asrab-avaylash 🌺, ekologik muhitni muhofaza qilish hamda universitet hududidagi yashil maydonlarni ehtiyot qilish masalalari yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. 🌳

Davra suhbati davomida talabalarga o‘simliklarning inson hayoti va ekologiya uchun ahamiyati, yashil hududlarni ko‘paytirishning dolzarbligi hamda tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, talabalar bilan tabiatni asrash, ekologik madaniyatni rivojlantirish va atrof-muhit musaffoligini saqlash bo‘yicha qiziqarli suhbat olib borildi. 🍀♻️

Tadbir jarayonida universitet hududidagi daraxt va o‘simliklarni asrash, ularga zarar yetkazmaslik hamda yashil hududlarni yanada obod qilish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. 🌿🌸 Talabalar ekologik masalalarga befarq bo‘lmaslik, tabiat boyliklarini kelajak avlod uchun asrab qolish har bir insonning muhim vazifasi ekanligini alohida ta’kidladilar.

🌱 Tabiatga mehr — kelajakka e’tibor!
🌍 Yashil makon — sog‘lom hayot garovi!
Tabiatni asrash barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir.
4🔥3👏3
📚 OCHIQ DARS MASHG‘ULOTI

2026-yil 1️⃣4️⃣-may kuni Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi katta o‘qituvchisi Shukurova Shohsanam tomonidan 2524-guruh talabalari uchun “Oral Speech Practice” fanidan “Revision” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.

🔹 Mashg‘ulot davomida zamonaviy pedagogik yondashuvlardan:
Communicative Language Teaching (CLT)
Student-Centered Approach
Task-Based Learning (TBL)
Collaborative Learning
Problem-Solving Approach
Interactive Learning
Critical Thinking Approach
samarali foydalanildi.

💡 Dars jarayonida talabalar:
— global va zamonaviy muammolar yuzasidan fikr almashdilar;
— kreativ startap loyihalarini ishlab chiqdilar;
— bahs-munozaralarda faol ishtirok etdilar;
— o‘z fikrlarini ingliz tilida erkin ifodalash va himoya qilish ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

🌍 Mashg‘ulot mavzusi O‘zbekiston Respublikasining 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi bilan integratsiya qilinib, talabalarning ijtimoiy faolligi, fuqarolik pozitsiyasi va tanqidiy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Ochiq dars innovatsion metodlar, interaktiv topshiriqlar va samarali kommunikativ muhit orqali yuqori saviyada tashkil etildi.
53🥰3❤‍🔥2🔥1😍1💯1🏆1💋1