3rd English faculty
1.81K subscribers
12.4K photos
1.67K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
2026-yil 8-may sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi o‘qituvchilari Kamalova D. hamda Otamurodova Ya. rahbarligida 168-son umumiy o‘rta ta’lim maktab bilan hamkorlikda“Xotira abadiy – qadrlash ezgu qadriyat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etishdi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga Xotira va qadrlash kunining mazmun-mohiyati, xalqimiz tarixidagi o‘rni hamda ajdodlar xotirasini e’zozlashning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘qituvchilar tomonidan yoshlarda Vatanga muhabbat, tinchlikni qadrlash va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir jarayonida:
• Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar tashkil etildi
• O‘quvchilar tomonidan Vatan va tinchlik mavzusidagi she’rlar ifodali tarzda yoddan aytildi
• Kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishlandi
• Faxriylar va ajdodlar xotirasiga bag‘ishlab bir daqiqalik sukut saqlandi


Tadbir davomida o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalarini faol bildirib, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, ajdodlar xotirasini e’zozlash kabi tushunchalar yuzasidan samimiy munozaralarda ishtirok etdilar.

Ushbu tadbir o‘quvchilarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va insonparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
2026-yil 12-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti Amaliy fanlar №3 kafedrasi katta o‘qituvchisi Tursunkho‘jayev J. tomonidan 2501-guruh talabalari bilan “Influence of AI in Humans’ Life” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Ochiq dars zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda interfaol metodlar asosida olib borildi.

Dars davomida sun’iy intellektning inson hayotiga ta’siri, uning kundalik faoliyatdagi o‘rni, ta’lim, tibbiyot, biznes va kommunikatsiya sohalaridagi imkoniyatlari haqida fikr almashildi.

Talabalar mavzu yuzasidan o‘z mulohazalarini ingliz tilida erkin bayon etdilar, guruhlarda ishlash, munozara va taqdimot faoliyatlarida faol qatnashdilar.

Dars jarayonida quyidagi metodlardan samarali foydalanildi:
Brainstorming
Debate
Group discussion
Presentation
Question-answer activity

O‘qituvchi tomonidan darsning maqsadi aniq belgilab berildi va barcha bosqichlar izchil tashkil qilindi.
Talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Dars davomida multimedia vositalari va zamonaviy AKT texnologiyalaridan samarali foydalanildi.

Kafedra a’zolari tomonidan ochiq dars tahlil qilinib, dars yuqori saviyada tashkil etilgani, mavzu dolzarbligi hamda talabalar faolligi alohida ta’kidlandi.

O‘qituvchining pedagogik mahorati va darsni tashkil etish ko‘nikmalari ijobiy baholandi.
4👍2
🔥21
2026-yil 12-may kuni Ingliz tili amaliy fanlar-3 kafedrasi o‘qituvchisi Ibrohimova L.I tomonidan talabalar ishtirokida “Talabalikda o‘qigan ilk kitobim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini mutolaa qilgan ilk kitoblari, ularning mazmun-mohiyati hamda hayotidagi ahamiyati haqida qiziqarli fikr-mulohazalar bildirdilar. Ishtirokchilar tomonidan kitobxonlik madaniyati, badiiy adabiyotning inson tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni haqida mazmunli chiqishlar qilindi.

Tadbir yuqori saviyada, ko‘tarinki ruh va samimiy muhitda o‘tkazildi. Unda talabalar faol ishtirok etib, o‘z bilim va ijodkorliklarini namoyon etdilar. Tadbir davomida turli interaktiv suhbatlar, fikr almashuvlar hamda qiziqarli chiqishlar barchada iliq taassurot qoldirdi.

Yakunda ushbu tadbir talabalarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda o‘zaro fikr almashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgani alohida ta’kidlandi.
1
⭕️ Joriy yilning 13-may kuni Ingliz tili 3-fakultetida fakultet dekani I. Xaydarov va yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M. Jakbarov hamda tyutorlar tomonidan 1 va 3-kurs sardorlari ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi kurash" mavzusida profilaktik suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida talaba-yoshlar orasida korrupsiyaning oldini olish, halollik va adolat tamoyillariga rioya qilish masalalari muhokama qilindi.

📌 Ayniqsa yaqinlashib kelayotgan sessiya jarayonida shaffoflikni ta’minlash, noqonuniy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, har bir talabaning bilim asosida baholanishi muhimligi alohida ta’kidlandi. Sardorlar o‘z guruhlarida ham talabalarni ogohlikka chaqirish, korrupsion holatlarga befarq bo‘lmaslik hamda tartib-intizomga rioya qilish yuzasidan tavsiyalar oldilar.

♻️ Suhbat yakunida barcha ishtirokchilar sessiya jarayonlarini halollik va shaffoflik asosida o‘tkazishga chaqirildi.
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakultetida milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish hamda talaba-yoshlar qalbida milliylik ruhini mustahkamlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir fakultet tutorlariZ.Xolmurodova, M.Avazova, N.Israilova hamda N.Mamazoxirova tomonidan yuqori saviyada o‘tkazildi. Tadbir davomida milliy an’analar, urf-odatlar va ma’naviy qadriyatlarimizning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Bunday tadbirlar yoshlar ongida vatanparvarlik, milliy g‘urur va ma’naviy yetuklikni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida 🇺🇿Yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” ko‘rik-tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish hamda talabalarning ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Tanlov davomida talabalar o‘zlarining ijodiy chiqishlari, sahna ko‘rinishlari va ta’sirchan fikrlari orqali giyohvandlikka qarshi qat’iy pozitsiyalarini namoyish etdilar.

Ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan chiqishlar barchada katta taassurot qoldirdi.

Yoshlarimizning sog‘lom, bilimli va ma’naviy yetuk bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida bunday tadbirlar muhim аҳамият kasb etadi.


#UzSWLU
#InglizTili3Fakultet #YoshlarGiyohvandlikkaQarshimiz
#SoglomTurmush
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🥰1🤩1😍1