3rd English faculty
1.81K subscribers
12.4K photos
1.67K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
📢❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️

🏛 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovlariga hujjatlar qabuli boshlandi.

Tanlovlarda bakalavriat va magistratura bosqichida yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega, ilmiy-ijodiy faoliyatda faol ishtirok etayotgan talabalar qatnashishlari mumkin.

📌 Nomzodlar uchun asosiy talablar:
🔹 barcha fanlardan yuqori o‘zlashtirish;
🔹 ilmiy-ijodiy ishlarda faol ishtirok;
🔹 konferensiya va tanlovlarda qatnashganlik;
🔹 xorijiy til va O‘zbekiston tarixi bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
🔹 Prezident stipendiyasi uchun — kamida 2 ta chop etilgan ilmiy ish (maqola, tezis va boshqalar) mavjud bo‘lishi.

📂 Taqdim etiladigan hujjatlar:
📎 transkript nusxasi;
📎 dekanat va kafedra tavsiyanomasi;
📎 ilmiy rahbar fikri;
📎 ilmiy ishlar ro‘yxati va nusxalari;
📎 til va tarix fanlari bo‘yicha suhbat natijalari ma’lumotnomasi.

🗓 Tanlovning OTM bosqichi may–iyul oylarida o‘tkaziladi.
💻 Tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlari “my.edu.uz” platformasiga 1–15-avgust kunlari joylashtiriladi.

🌟 Iqtidorli va faol talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

📍Batafsil ma’lumot uchun fakultet dekanati yoki mas’ul bo‘limga murojaat qiling.

Mas'ul bo'lim xodimi: @boboev_murodjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

GAMEFEST 2026 – KELAJAK INDUSTRIYASIGA QADAM!


📢 Hurmatli talaba-yoshlar!

2026-yil 15–16-may kunlari Toshkent shahridagi Renessans Hall majmuasida mintaqadagi eng yirik oʻyin industriyasi va animatsiya festivali — GameFest 2026 boʻlib oʻtadi!
Festival doirasida:
40 dan ortiq davlatlardan mutaxassislar ishtiroki
10 mingdan ziyod oʻyin ishlab chiquvchilar, investorlar va nashriyotlar
GameDev, animatsiya, dizayn va kreativ industriya boʻyicha master-klasslar
Startap va loyihalar taqdimoti
Networking va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari

❗️Agar siz:
🎨 dizayn,
🕹 game development,
🎬 animatsiya,
💻 IT va kreativ industriya yoʻnalishlariga qiziqsangiz — ushbu festival aynan siz uchun!

📌Talabalar festivalda oʻz loyihalari, ishlanmalari va startap gʻoyalari bilan ham ishtirok etishlari mumkin.

📝 Roʻyxatdan oʻtish uchun:
GameFest 2026 rasmiy platformasi

Shoshiling! Kelajak kasblari va xalqaro tajriba sizni kutmoqda!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🥰3🤩3
Ingliz tili №3 fakulteti Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi ŏqituvchilari Salixova N va Bahranova M hamkor 168-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bilan 2026-yil 12-may sanada “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etishdi.

9-may — Xotira va Qadrlash kuni xalqimiz uchun muhim va qadrli sanalardan biri hisoblanadi. Ushbu sana orqali Vatan ozodligi, tinchligi va bugungi farovon hayot uchun kurashgan ajdodlarimizning jasorati yodga olinadi. Yosh avlod qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur, tarixga hurmat va faxriylarni e’zozlash tuyg‘ularini shakllantirish maqsadi olğa suriladi.

Tadbir davlat madhiyasi bilan boshlandi. So‘ng tadbirni olib boruvchilar tomonidan 9-may — Xotira va Qadrlash kunining mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berildi. Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari va Vatan ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan insonlarning jasorati haqida fikrlar bildirildi. O‘quvchilar tomonidan Vatan, tinchlik va xotira mavzusidagi she’rlar aytildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar ijro etildi.
Tadbir davomida faxriylar xotirasi bir daqiqalik sukut bilan yod etildi.

Universitet vakili tomonidan yoshlarni Vatanga sadoqatli bo‘lish, tinchlikning qadriga yetish va ajdodlar xotirasini hurmat qilishga chaqiruvchi ma’ruza qilindi.

Tadbir yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. O‘quvchilar tadbirda faol ishtirok etdilar hamda mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir davomida o‘quvchilarda tarixiy xotiraga hurmat, faxriylarni qadrlash va vatanparvarlik tuyg‘ulari yanada mustahkamlangani kuzatildi. Shuningdek, tadbirning tarbiyaviy ahamiyati yuqori bo‘lib, unda qatnashgan yoshlar tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish zarurligini anglab oldilar.

Tadbir natijasida o‘quvchilarning tarixiy xotira, milliy qadriyatlar va Vatanga muhabbat haqidagi tushunchalari kengaydi.
Yosh avlod qalbida faxriylarni e’zozlash, ajdodlar jasoratini qadrlash va yurt tinchligini asrash kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishga erishildi.

9-may — Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur tadbir o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishdi.

Kelgusida ham shu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
2026-yil 8-may sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi o‘qituvchilari Kamalova D. hamda Otamurodova Ya. rahbarligida 168-son umumiy o‘rta ta’lim maktab bilan hamkorlikda“Xotira abadiy – qadrlash ezgu qadriyat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etishdi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga Xotira va qadrlash kunining mazmun-mohiyati, xalqimiz tarixidagi o‘rni hamda ajdodlar xotirasini e’zozlashning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘qituvchilar tomonidan yoshlarda Vatanga muhabbat, tinchlikni qadrlash va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir jarayonida:
• Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar tashkil etildi
• O‘quvchilar tomonidan Vatan va tinchlik mavzusidagi she’rlar ifodali tarzda yoddan aytildi
• Kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishlandi
• Faxriylar va ajdodlar xotirasiga bag‘ishlab bir daqiqalik sukut saqlandi


Tadbir davomida o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalarini faol bildirib, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, ajdodlar xotirasini e’zozlash kabi tushunchalar yuzasidan samimiy munozaralarda ishtirok etdilar.

Ushbu tadbir o‘quvchilarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va insonparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
2026-yil 12-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti Amaliy fanlar №3 kafedrasi katta o‘qituvchisi Tursunkho‘jayev J. tomonidan 2501-guruh talabalari bilan “Influence of AI in Humans’ Life” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Ochiq dars zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda interfaol metodlar asosida olib borildi.

Dars davomida sun’iy intellektning inson hayotiga ta’siri, uning kundalik faoliyatdagi o‘rni, ta’lim, tibbiyot, biznes va kommunikatsiya sohalaridagi imkoniyatlari haqida fikr almashildi.

Talabalar mavzu yuzasidan o‘z mulohazalarini ingliz tilida erkin bayon etdilar, guruhlarda ishlash, munozara va taqdimot faoliyatlarida faol qatnashdilar.

Dars jarayonida quyidagi metodlardan samarali foydalanildi:
Brainstorming
Debate
Group discussion
Presentation
Question-answer activity

O‘qituvchi tomonidan darsning maqsadi aniq belgilab berildi va barcha bosqichlar izchil tashkil qilindi.
Talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Dars davomida multimedia vositalari va zamonaviy AKT texnologiyalaridan samarali foydalanildi.

Kafedra a’zolari tomonidan ochiq dars tahlil qilinib, dars yuqori saviyada tashkil etilgani, mavzu dolzarbligi hamda talabalar faolligi alohida ta’kidlandi.

O‘qituvchining pedagogik mahorati va darsni tashkil etish ko‘nikmalari ijobiy baholandi.
4👍2
🔥21
2026-yil 12-may kuni Ingliz tili amaliy fanlar-3 kafedrasi o‘qituvchisi Ibrohimova L.I tomonidan talabalar ishtirokida “Talabalikda o‘qigan ilk kitobim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini mutolaa qilgan ilk kitoblari, ularning mazmun-mohiyati hamda hayotidagi ahamiyati haqida qiziqarli fikr-mulohazalar bildirdilar. Ishtirokchilar tomonidan kitobxonlik madaniyati, badiiy adabiyotning inson tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni haqida mazmunli chiqishlar qilindi.

Tadbir yuqori saviyada, ko‘tarinki ruh va samimiy muhitda o‘tkazildi. Unda talabalar faol ishtirok etib, o‘z bilim va ijodkorliklarini namoyon etdilar. Tadbir davomida turli interaktiv suhbatlar, fikr almashuvlar hamda qiziqarli chiqishlar barchada iliq taassurot qoldirdi.

Yakunda ushbu tadbir talabalarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda o‘zaro fikr almashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgani alohida ta’kidlandi.
1
⭕️ Joriy yilning 13-may kuni Ingliz tili 3-fakultetida fakultet dekani I. Xaydarov va yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M. Jakbarov hamda tyutorlar tomonidan 1 va 3-kurs sardorlari ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi kurash" mavzusida profilaktik suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida talaba-yoshlar orasida korrupsiyaning oldini olish, halollik va adolat tamoyillariga rioya qilish masalalari muhokama qilindi.

📌 Ayniqsa yaqinlashib kelayotgan sessiya jarayonida shaffoflikni ta’minlash, noqonuniy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, har bir talabaning bilim asosida baholanishi muhimligi alohida ta’kidlandi. Sardorlar o‘z guruhlarida ham talabalarni ogohlikka chaqirish, korrupsion holatlarga befarq bo‘lmaslik hamda tartib-intizomga rioya qilish yuzasidan tavsiyalar oldilar.

♻️ Suhbat yakunida barcha ishtirokchilar sessiya jarayonlarini halollik va shaffoflik asosida o‘tkazishga chaqirildi.