3rd English faculty
1.81K subscribers
12.4K photos
1.66K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🎓 METOD DARSI O‘TKAZILDI

📌 2026-yil 7️⃣-may kuni Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi katta o'qituvchisi Shukurova Shohsanam tomonidan “Teach smart: AI-powered English classrooms” mavzusida metod darsi tashkil etildi.

💡 Tadbir davomida ingliz tilini o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish, SI vositalari yordamida interaktiv darslarni tashkil etish hamda zamonaviy raqamli platformalarning ta’limdagi imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

🔹 Ishtirokchilarga Miro hamda Slido kabi sun'iy intellekt vositalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
🔹 SI asosidagi innovatsion yondashuvlarning kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishdagi o‘rni muhokama qilindi.
🔹 Tadbir interaktiv mashg‘ulotlar, guruh ishlari va amaliyot bilan boyitildi.

Bu kabi metod darslari professor-o'qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish hamda zamonaviy ingliz tili ta’limini takomillashtirishga xizmat qiladi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakultetida IPMBIB mutaxassisi N. Israilova hamda ARM bo‘lim mudiri Inagamova Saida tomonidan 2409-guruh talabalari ishtirokida kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlari sevib mutolaa qilayotgan asarlar haqida fikr almashib, kitobning inson ma’naviyati, dunyoqarashi va tafakkuridagi muhim o‘rni haqida suhbat olib bordilar.

Shuningdek, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida tavsiyalar berildi.

Tadbir jarayonida talabalar turli badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan tanishib, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuv samimiy va qiziqarli ruhda o‘tib, talabalar tomonidan faol ishtirok etildi. 📖
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi 1-bosqich kechki va sirtqi ta’lim 2518-guruh talabalari ishtirokida kafedra dotsenti, PhD Tojibayeva Nazokatxon Kobiljonovnaning “Language & Culture” mavzusidagi ochiq darsi yuqori saviyada tashkil etildi.
📚 Dars davomida talabalar o‘zlari qiziqib o‘rganayotgan chet tillari haqida fikr almashib, tilning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, dunyoqarash va tafakkur shakllanishidagi ahamiyati yuzasidan qiziqarli suhbat olib bordilar.
🌍 Shuningdek, mashg‘ulot jarayonida yoshlarning chet tillariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, darslarni interaktiv usullar asosida tashkil etish hamda til bilan bir qatorda xalqning madaniyati, qadriyatlari va turmush tarzini chuqurroq o‘rganish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
📖 Talabalar turli xorijiy adabiyotlar, chet el universitetlari va til o‘rganish tizimlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lib, o‘z taassurot va bilimlarini bir-birlari bilan o‘rtoqlashdilar. Dars samimiy, qiziqarli va faol muloqot ruhida o‘tib, barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.
3
🎓 METOD DARSI O‘TKAZILDI

📌 2026-yil 7-may kuni Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi katta o‘qituvchisi D.A. Kamalova tomonidan “Teach smart: AI-powered English classrooms” mavzusida metod darsi tashkil etildi.

💡 Tadbir davomida ingliz tilini o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish, AI vositalari yordamida interaktiv darslarni tashkil etish hamda NotebookLM platformasining ta’limdagi imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

🔹 Ishtirokchilarga NotebookLM platformasidan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
🔹 NotebookLM yordamida dars materiallarini tartibga solish, matnlarni tahlil qilish va qisqa xulosalar yaratish usullari namoyish etildi.
🔹 AI asosidagi innovatsion yondashuvlarning kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishdagi o‘rni muhokama qilindi.
🔹 Tadbir interaktiv mashg‘ulotlar, guruh ishlari va amaliyot bilan boyitildi.

Bu kabi metod darslari professor-o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish hamda zamonaviy ingliz tili ta’limini takomillashtirishga xizmat qiladi.
3❤‍🔥1
5
🗓 2026-yil 12-may kuni  Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedra o‘qituvchisi Axmedova Nodira Rustamovna tomonidan 2411-guruh talabalari ishtirokida Chet tillarini o‘qitishning uslub va tamoyillari fanidan “Modern Approaches in Language Teaching” mavzusida to‘garak mashg‘uloti tashkil etildi. 👩‍🏫
🎯 To‘garak mashg‘ulotining asosiy maqsadi zamonaviy xorijiy til o‘qitish metodlari hamda dars jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion yondashuvlarni amaliy tarzda namoyish etishdan iborat bo‘ldi.
📖 Mashg‘ulot davomida talabalar maktab o‘quvchilari uchun micro teaching asosida dars faoliyatlarini (activity planning) rejalashtirib, amaliy ko‘rinishda taqdim etdilar.
Talabalar tomonidan:
🔹 warm-up activities
🔹 vocabulary tasks
🔹 pair work activities
🔹 interactive classroom tasks
kabi faoliyatlar namunalar asosida tashkil etildi. Har bir faoliyat o‘quvchilarning qiziqishini oshirish 📈, kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish 🗣 hamda dars samaradorligini ta’minlashga qaratildi.
💡 Mashg‘ulot davomida zamonaviy til o‘qitish metodlarining afzalliklari haqida fikr almashildi hamda activity planning jarayonida e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar muhokama qilindi. Talabalar tomonidan tayyorlangan micro teaching namunalari qiziqarli va mazmunli tarzda olib borildi. 👏
🏆 To‘garak mashg‘uloti yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilarda zamonaviy pedagogik yondashuvlar bo‘yicha amaliy tajriba shakllanishiga xizmat qildi.
5❤‍🔥2🥰2🤩2🔥1