3rd English faculty
1.81K subscribers
12.4K photos
1.66K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti, Ingliz tili nazariy aspektlari-3 kafedrasi o‘qituvchilari Rahmatova E’zoza, Rashidova Gulshoda va Sultonova Maftuna tomonidan tashkil etilgan “Step by step” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti yuqori saviyada o‘tkazildi.

🔖 Mashg‘ulot mavzusi: C1/C2 Vocabularies: Useful for Speaking
Bugungi mashg‘ulot Rahmatova E’zoza tomonidan o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida talabalarga C1/C2 darajadagi zamonaviy va akademik lug‘at birliklari, ularning speaking jarayonida samarali qo‘llanilishi hamda nutq ravonligini oshirish usullari haqida muhim tavsiyalar berildi.

📌 Mashg‘ulot davomida talabalar:
✔️ yangi vocabulary birliklarining ma’nosi va qo‘llanilishini o‘rganishdi
✔️ speaking jarayonida murakkab iboralardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdi
✔️ erkin va ravon suhbat qurish strategiyalarini amaliy mashqlar orqali mustahkamlashdi.

📅 Sana: 08-may, 2026-yil
Vaqt: 13:20
📍 Joy: 108-x
2
2026-yil 8-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi 1-bosqich 25/27-guruh talabalari hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi 1-bosqich talabalari hamkorligida “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, ajdodlar xotirasiga hurmat va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan she’rlar, sahna ko‘rinishlari va ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar namoyish etildi. Urush va mehnat faxriylarining jasorati, tinchlikning qadri hamda yurt ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan insonlarning xotirasi yod etildi.

Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
5😍2❤‍🔥1🔥1🥰1
Bayonnoma

2026-yil 8-may kuni “Speaking Club” to‘garagining navbatdagi darsi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi 1-bosqich talabalari ishtirokida Jumayeva Sadbarg Mirolimovna rahbarligida “Memory and Appreciation Day Will Remain Forever in Our Hearts” mavzusida tashkil etildi.

To‘garak mashg‘ulotining asosiy maqsadi talabalarda tarixiy xotira, ajdodlar jasoratiga hurmat, Vatanga sadoqat va tinchlikning qadrini anglash tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulot davomida talabalar mavzu yuzasidan ingliz tilida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, she’rlar va ta’sirli nutqlar bilan ishtirok etdilar. Xotira va qadrlash kunining mazmun-mohiyati, urush va mehnat faxriylarining fidokorona xizmatlari hamda ularning jasorati alohida ta’kidlandi.

Talabalar o‘z chiqishlarida tinchlikning bebaho ne’mat ekanligini, ajdodlar xotirasini e’zozlash har bir yoshning burchi ekanligini qayd etdilar.

To‘garak yuqori saviyada va mazmunli tarzda o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulot talabalar qalbida vatanparvarlik, hurmat va minnatdorlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi.
3
07.05.2026 kuni Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi o‘qituvchisi F. Boltaboyev tomonidan master-klass tashkil etildi.

Mavzu: Muammoli ta’lim asosida dars modelini amalda tatbiq qilish

Maqsad:
Talabalarda muammoli vaziyat orqali mustaqil fikrlash, tahlil qilish va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish.

Dars jarayonida muammoli ta’lim elementlarini qo‘llash orqali talabalarning faolligi va motivatsiyasini oshirish.
Nazariy bilimlarni amaliy vaziyatlarda qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish.

Amaliy usullar:
Problem-solving tasks: talabalar real yoki sun’iy yaratilgan muammoli vaziyatlarni tahlil qilib, yechim ishlab chiqdi.

Case-study activities: kichik guruhlarda muammoli holatlar ustida ishlash va yechimlarni taqdim etish.

Discussion & Debate: turli nuqtai nazarlarni himoya qilish orqali argumentatsion nutqni rivojlantirish.

Collaborative learning: jamoaviy ishlarda talabalar birgalikda qaror qabul qilish va fikr almashishni amalga oshirdi.

Reflective speaking tasks: talabalar bajarilgan topshiriqlar yuzasidan xulosa va refleksiya bildirdi.

Interactive questioning: o‘qituvchi tomonidan yo‘naltiruvchi savollar orqali muammoni bosqichma-bosqich ochib berish usuli qo‘llanildi.

Baholash:
Talabalarning ishtiroki, muammo yechish jarayonidagi faolligi va kommunikativ ko‘nikmalari mezon asosida baholandi.

Yakuniy refleksiya va amaliy topshiriqlar orqali o‘zlashtirish darajasi aniqlandi.

Natija:
Talabalarda mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari rivojlandi.
Dars jarayonida kommunikativ faollik va jamoada ishlash kompetensiyasi oshdi.

Muammoli ta’lim modeli orqali nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish samaradorligi namoyon bo‘ldi.
1
O‘zDJTU talabalari maktab o‘quvchilari uchun navbatdagi to'garak mashg‘ulotini o‘tkazdilar!

2026-yil 8️⃣-may kuni Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasiga biriktirilgan 2525-guruh talabalari Xusanova Sogdiana va Muxutdinova Ominaxon tomonidan Toshkent shahar Chilonzor tumani 168-maktab 1-sinf o‘quvchilari uchun “Our house” mavzusida to‘garak mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar house, kitchen, bedroom, bathroom, window, door kabi uyga oid inglizcha so‘zlarni o‘rgandilar. Rasmlar, qiziqarli o‘yinlar va interfaol mashqlar orqali bolalar yangi so‘zlarni oson va qiziqish bilan o‘zlashtirdilar.

Dars jarayonida “This is my house”, “Where is the kitchen?” kabi sodda gaplar yordamida o‘quvchilarning ingliz tilida muloqot qilish ko‘nikmalari rivojlantirildi.

Mashg‘ulot ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi va o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.
2
🎓 METOD DARSI O‘TKAZILDI

📌 2026-yil 7️⃣-may kuni Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi katta o'qituvchisi Shukurova Shohsanam tomonidan “Teach smart: AI-powered English classrooms” mavzusida metod darsi tashkil etildi.

💡 Tadbir davomida ingliz tilini o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish, SI vositalari yordamida interaktiv darslarni tashkil etish hamda zamonaviy raqamli platformalarning ta’limdagi imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

🔹 Ishtirokchilarga Miro hamda Slido kabi sun'iy intellekt vositalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
🔹 SI asosidagi innovatsion yondashuvlarning kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishdagi o‘rni muhokama qilindi.
🔹 Tadbir interaktiv mashg‘ulotlar, guruh ishlari va amaliyot bilan boyitildi.

Bu kabi metod darslari professor-o'qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish hamda zamonaviy ingliz tili ta’limini takomillashtirishga xizmat qiladi.