3rd English faculty
1.81K subscribers
12.4K photos
1.66K videos
198 files
1.93K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🏆🏆🏆

🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakultetida tyutor N. Israilova tomonidan 🇺🇿“Har juma — Sport kuni” munosabati bilan 2409 va 2411-guruh talabalari oʻrtasida voleybol musobaqasi tashkil etildi.

Mazkur sport bellashuvi talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda jamoaviy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida oʻtkazildi.

Musobaqa davomida talabalar oʻzlarining chaqqonligi, epchilligi va jamoa bilan ishlash koʻnikmalarini namoyon etdilar.

Qizgʻin va murosasiz kechgan oʻyin jarayonlari barcha ishtirokchilar va tomoshabinlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi. Talabalar sport orqali nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki oʻzaro doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash mumkinligini yana bir bor namoyish etdilar.

Bunday sport tadbirlari yoshlarni sogʻlom hayot tarziga undash, ularning sportga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda faol va tashabbuskor yoshlarni qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
07.05.26 Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi katta o‘qituvchisi Talibjanova A.L. master klass o'tkazdi.
Mavzu: Parallel universe method — Speaking va Grammar uchun
Maqsad:
- Talabalar og‘zaki nutqni erkinlashtirish va grammatik strukturalarni kontekstda mustahkamlash.
Amaliy usullar:
- World‑building speaking tasks: talabalar paralel olam haqida 1–2 daqiqalik ta'rif (fluency + lexis).
- Role‑play seriyalari: vaziyatlar uchun ma’lum grammatik formalar (past tenses, modals, conditionals, passive, relative clauses) majburiy qo‘llanadi.
- Info‑gap va Interview: bir guruh ma’lumot biladi, boshqasi so‘rab oladi (question forms, reported speech).
- Story retelling + Expansion: video/tekstni qayta so‘zlab, grammatik transformatsiyalar (active passive, direct → reported).
- Focused drills: parallel universe kontekstida minimal pair/structure drills (e.g., conditional 1/2/3 mashqlari).
- Error correction task: juftliklarda bir‑birining nutqidagi grammatik xatolarni topib, tuzatish va izohlash.
Baholash:
- Speaking rubric (fluency, accuracy, range) va mini‑grammar test (contextual sentences) bilan baholash.
Natija:
- Talabalar grammatikani amalda qo‘llaydi; og‘zaki nutq va kommunikativ ishonch oshadi.
2
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti, Ingliz tili nazariy aspektlari-3 kafedrasi o‘qituvchilari Rahmatova E’zoza, Rashidova Gulshoda va Sultonova Maftuna tomonidan tashkil etilgan “Step by step” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti yuqori saviyada o‘tkazildi.

🔖 Mashg‘ulot mavzusi: C1/C2 Vocabularies: Useful for Speaking
Bugungi mashg‘ulot Rahmatova E’zoza tomonidan o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida talabalarga C1/C2 darajadagi zamonaviy va akademik lug‘at birliklari, ularning speaking jarayonida samarali qo‘llanilishi hamda nutq ravonligini oshirish usullari haqida muhim tavsiyalar berildi.

📌 Mashg‘ulot davomida talabalar:
✔️ yangi vocabulary birliklarining ma’nosi va qo‘llanilishini o‘rganishdi
✔️ speaking jarayonida murakkab iboralardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdi
✔️ erkin va ravon suhbat qurish strategiyalarini amaliy mashqlar orqali mustahkamlashdi.

📅 Sana: 08-may, 2026-yil
Vaqt: 13:20
📍 Joy: 108-x
1
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti, Ingliz tili nazariy aspektlari-3 kafedrasi o‘qituvchilari Rahmatova E’zoza, Rashidova Gulshoda va Sultonova Maftuna tomonidan tashkil etilgan “Step by step” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti yuqori saviyada o‘tkazildi.

🔖 Mashg‘ulot mavzusi: C1/C2 Vocabularies: Useful for Speaking
Bugungi mashg‘ulot Rahmatova E’zoza tomonidan o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida talabalarga C1/C2 darajadagi zamonaviy va akademik lug‘at birliklari, ularning speaking jarayonida samarali qo‘llanilishi hamda nutq ravonligini oshirish usullari haqida muhim tavsiyalar berildi.

📌 Mashg‘ulot davomida talabalar:
✔️ yangi vocabulary birliklarining ma’nosi va qo‘llanilishini o‘rganishdi
✔️ speaking jarayonida murakkab iboralardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdi
✔️ erkin va ravon suhbat qurish strategiyalarini amaliy mashqlar orqali mustahkamlashdi.

📅 Sana: 08-may, 2026-yil
Vaqt: 13:20
📍 Joy: 108-x
2
2026-yil 8-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi 1-bosqich 25/27-guruh talabalari hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi 1-bosqich talabalari hamkorligida “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, ajdodlar xotirasiga hurmat va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan she’rlar, sahna ko‘rinishlari va ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar namoyish etildi. Urush va mehnat faxriylarining jasorati, tinchlikning qadri hamda yurt ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan insonlarning xotirasi yod etildi.

Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
5😍2❤‍🔥1🔥1🥰1
Bayonnoma

2026-yil 8-may kuni “Speaking Club” to‘garagining navbatdagi darsi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi 1-bosqich talabalari ishtirokida Jumayeva Sadbarg Mirolimovna rahbarligida “Memory and Appreciation Day Will Remain Forever in Our Hearts” mavzusida tashkil etildi.

To‘garak mashg‘ulotining asosiy maqsadi talabalarda tarixiy xotira, ajdodlar jasoratiga hurmat, Vatanga sadoqat va tinchlikning qadrini anglash tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulot davomida talabalar mavzu yuzasidan ingliz tilida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, she’rlar va ta’sirli nutqlar bilan ishtirok etdilar. Xotira va qadrlash kunining mazmun-mohiyati, urush va mehnat faxriylarining fidokorona xizmatlari hamda ularning jasorati alohida ta’kidlandi.

Talabalar o‘z chiqishlarida tinchlikning bebaho ne’mat ekanligini, ajdodlar xotirasini e’zozlash har bir yoshning burchi ekanligini qayd etdilar.

To‘garak yuqori saviyada va mazmunli tarzda o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulot talabalar qalbida vatanparvarlik, hurmat va minnatdorlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi.
3