3rd English faculty
1.81K subscribers
12.4K photos
1.66K videos
198 files
1.93K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
Xotira — aziz, qadriyat — abadiy 🕯

​Joriy yilning 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, 3-ingliz tili fakultetining 2418-guruh talabalari guruh tyutori Rayhona Uzoqova rahbarligida poytaxtimizdagi Mustaqillik maydonidagi Motamsaro Ona haykali oldiga buyurdilar. 🇺🇿

​Ushbu tashrifning asosiy mazmun-mohiyati yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda o'tgan ajdodlar xotirasiga nisbatan yuksak hurmat va ehtirom tuyg'ularini shakllantirishdan iboratdir 🌿
​Tashrif davomida tyutor R. Uzoqova tomonidan talabalarga ushbu bayramning ahamiyati, tariximizdagi o'chmas izlari va bugungi osoyishtalikning qadriga yetish zarurligi haqida atroflicha tushunchalar berib o'tildi. Bu kabi ma'naviy-ma'rifiy tashriflar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularda milliy o'zlikni anglash tuyg'usini kuchaytirishga xizmat qiladi. 🏛
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti tyutori S.Berdiyeva boshchiligida 2503-guruh talabalari universitet yaqinidagi hududni chiqindilardan tozalashdi.

🌍Hudud maishiy va plastik chiqindilardan to'liq tozalandi;
​Yig'ilgan chiqindilar maxsus qoplarga joylandi va belgilangan tartibda qayta ishlashga topshirildi.

♻️ Talabalar bilan birgalikda ​atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish bo'yicha targ'ibot ishlari olib borildi

#UzDJTU
#InglizTili3Fakultet
#Talabalartashrif
1
🏆🏆🏆

🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakultetida tyutor N. Israilova tomonidan 🇺🇿“Har juma — Sport kuni” munosabati bilan 2409 va 2411-guruh talabalari oʻrtasida voleybol musobaqasi tashkil etildi.

Mazkur sport bellashuvi talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda jamoaviy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida oʻtkazildi.

Musobaqa davomida talabalar oʻzlarining chaqqonligi, epchilligi va jamoa bilan ishlash koʻnikmalarini namoyon etdilar.

Qizgʻin va murosasiz kechgan oʻyin jarayonlari barcha ishtirokchilar va tomoshabinlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi. Talabalar sport orqali nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki oʻzaro doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash mumkinligini yana bir bor namoyish etdilar.

Bunday sport tadbirlari yoshlarni sogʻlom hayot tarziga undash, ularning sportga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda faol va tashabbuskor yoshlarni qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
07.05.26 Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi katta o‘qituvchisi Talibjanova A.L. master klass o'tkazdi.
Mavzu: Parallel universe method — Speaking va Grammar uchun
Maqsad:
- Talabalar og‘zaki nutqni erkinlashtirish va grammatik strukturalarni kontekstda mustahkamlash.
Amaliy usullar:
- World‑building speaking tasks: talabalar paralel olam haqida 1–2 daqiqalik ta'rif (fluency + lexis).
- Role‑play seriyalari: vaziyatlar uchun ma’lum grammatik formalar (past tenses, modals, conditionals, passive, relative clauses) majburiy qo‘llanadi.
- Info‑gap va Interview: bir guruh ma’lumot biladi, boshqasi so‘rab oladi (question forms, reported speech).
- Story retelling + Expansion: video/tekstni qayta so‘zlab, grammatik transformatsiyalar (active passive, direct → reported).
- Focused drills: parallel universe kontekstida minimal pair/structure drills (e.g., conditional 1/2/3 mashqlari).
- Error correction task: juftliklarda bir‑birining nutqidagi grammatik xatolarni topib, tuzatish va izohlash.
Baholash:
- Speaking rubric (fluency, accuracy, range) va mini‑grammar test (contextual sentences) bilan baholash.
Natija:
- Talabalar grammatikani amalda qo‘llaydi; og‘zaki nutq va kommunikativ ishonch oshadi.
2
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti, Ingliz tili nazariy aspektlari-3 kafedrasi o‘qituvchilari Rahmatova E’zoza, Rashidova Gulshoda va Sultonova Maftuna tomonidan tashkil etilgan “Step by step” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti yuqori saviyada o‘tkazildi.

🔖 Mashg‘ulot mavzusi: C1/C2 Vocabularies: Useful for Speaking
Bugungi mashg‘ulot Rahmatova E’zoza tomonidan o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida talabalarga C1/C2 darajadagi zamonaviy va akademik lug‘at birliklari, ularning speaking jarayonida samarali qo‘llanilishi hamda nutq ravonligini oshirish usullari haqida muhim tavsiyalar berildi.

📌 Mashg‘ulot davomida talabalar:
✔️ yangi vocabulary birliklarining ma’nosi va qo‘llanilishini o‘rganishdi
✔️ speaking jarayonida murakkab iboralardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdi
✔️ erkin va ravon suhbat qurish strategiyalarini amaliy mashqlar orqali mustahkamlashdi.

📅 Sana: 08-may, 2026-yil
Vaqt: 13:20
📍 Joy: 108-x
1
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti, Ingliz tili nazariy aspektlari-3 kafedrasi o‘qituvchilari Rahmatova E’zoza, Rashidova Gulshoda va Sultonova Maftuna tomonidan tashkil etilgan “Step by step” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti yuqori saviyada o‘tkazildi.

🔖 Mashg‘ulot mavzusi: C1/C2 Vocabularies: Useful for Speaking
Bugungi mashg‘ulot Rahmatova E’zoza tomonidan o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida talabalarga C1/C2 darajadagi zamonaviy va akademik lug‘at birliklari, ularning speaking jarayonida samarali qo‘llanilishi hamda nutq ravonligini oshirish usullari haqida muhim tavsiyalar berildi.

📌 Mashg‘ulot davomida talabalar:
✔️ yangi vocabulary birliklarining ma’nosi va qo‘llanilishini o‘rganishdi
✔️ speaking jarayonida murakkab iboralardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdi
✔️ erkin va ravon suhbat qurish strategiyalarini amaliy mashqlar orqali mustahkamlashdi.

📅 Sana: 08-may, 2026-yil
Vaqt: 13:20
📍 Joy: 108-x
2