3rd English faculty
1.81K subscribers
12.4K photos
1.66K videos
198 files
1.93K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
08.05. 2026 Ingliz tili amaliy fanlar 3 kafedrasi katta o’qituvchisi Ibroximova L.I .tomonidan kafedra professor-o‘qituvchilariga “6 Scaffolding strategies to use with your students” mavzusida Mastter-class o‘tdi.
“Scaffolding” metodi birinchi marotaba 1976-yil amerikalik psixologlari Gerem Bruner, Deved Vudom va Geyl Ros tomonida ilgari surilgan bo‘lib, bu metod asosida ustoz-shogirt o‘rtasidagi o‘zaro munosabati yotadi. Aynan, bu yondashuv til o‘rganuvchilarni o‘quv jarayonida tizimli monitoring qilish bilan ulardagi mavjud qiyinchiliklarni bertaraf qilishga va oldinga intilishni ta’minlaydi.
Mass-class davomida Lobar Isxakovnab u metodni 6 xil yo‘l bilan ishlash modulini atroflicha tushuntirib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
08.05.2026 Ingliz tili amaliy fanlar Nº3 kafedrasi katta ŏqituvchisi S.A.Agzamxodjaeva tominidan "Teaching Activities: Five ways to use video" mavzusida master-klass o'tdi.

Universitet o‘qituvchilari uchun vediolar yordamida talabalar o‘qish til ko‘nikmalarini rivojlantirish mavzusida master-klass juda dolzarb va amaliy mavzu hisoblanadi.
Ayniqsa, talabalarning reading comprehension, critical thinking va vocabulary ko‘nikmalarini bir vaqtda rivojlantirish uchun videolarni maqsadli ishlatish kuchli metod hisoblanadi.


S.Agzamxodjaeva darsni videolarning afzalliklarini ta'kidlash bilan boshladi:
1. Silent viewing
2. Transcript gap fill
3. Vocabulary bingo
4. Mini dictation
5. Video voiceover
metodlarni ta’kidlar ekan, videolar orqali ingliz tilini o‘qitish zamonaviy ta’limdagi eng samarali metodlardan biri hisoblanadi. Chunki ko’rish ko’nikmalariinsonning hissiyotiga, tasavvuriga va fikrlashiga ta’sir qiladi. Oddiy so’z mashqlar ko‘pincha talabani charchatsa, hikoyalar ularni dars jarayoniga tabiiy ravishda jalb qiladi. Interektiv yangi so‘zlar va tekst matni real vaziyatda qo‘llanadi.
Talaba alohida qoidani emas, balki tilning qanday ishlashini ko‘radi. Natijada talabalar:
vocabularyni tezroq eslab qoladi;
grammarni kontekst orqali tushunadi;
tarjima qilishga kamroq ehtiyoj sezadi.

O'qituvchilar o'zlarini talabalar o'rniga qo'yishdi va kontekst orqali o'qitish metodlari va texnikalariga doir o'yin va mashqlarda faol ishtirok etishdi.
Master klass juda qiziqarli va samarali o'tkazildi.
1
Xotira — aziz, qadriyat — abadiy 🕯

​Joriy yilning 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, 3-ingliz tili fakultetining 2418-guruh talabalari guruh tyutori Rayhona Uzoqova rahbarligida poytaxtimizdagi Mustaqillik maydonidagi Motamsaro Ona haykali oldiga buyurdilar. 🇺🇿

​Ushbu tashrifning asosiy mazmun-mohiyati yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda o'tgan ajdodlar xotirasiga nisbatan yuksak hurmat va ehtirom tuyg'ularini shakllantirishdan iboratdir 🌿
​Tashrif davomida tyutor R. Uzoqova tomonidan talabalarga ushbu bayramning ahamiyati, tariximizdagi o'chmas izlari va bugungi osoyishtalikning qadriga yetish zarurligi haqida atroflicha tushunchalar berib o'tildi. Bu kabi ma'naviy-ma'rifiy tashriflar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularda milliy o'zlikni anglash tuyg'usini kuchaytirishga xizmat qiladi. 🏛
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti tyutori S.Berdiyeva boshchiligida 2503-guruh talabalari universitet yaqinidagi hududni chiqindilardan tozalashdi.

🌍Hudud maishiy va plastik chiqindilardan to'liq tozalandi;
​Yig'ilgan chiqindilar maxsus qoplarga joylandi va belgilangan tartibda qayta ishlashga topshirildi.

♻️ Talabalar bilan birgalikda ​atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish bo'yicha targ'ibot ishlari olib borildi

#UzDJTU
#InglizTili3Fakultet
#Talabalartashrif
1
🏆🏆🏆

🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakultetida tyutor N. Israilova tomonidan 🇺🇿“Har juma — Sport kuni” munosabati bilan 2409 va 2411-guruh talabalari oʻrtasida voleybol musobaqasi tashkil etildi.

Mazkur sport bellashuvi talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda jamoaviy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida oʻtkazildi.

Musobaqa davomida talabalar oʻzlarining chaqqonligi, epchilligi va jamoa bilan ishlash koʻnikmalarini namoyon etdilar.

Qizgʻin va murosasiz kechgan oʻyin jarayonlari barcha ishtirokchilar va tomoshabinlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi. Talabalar sport orqali nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki oʻzaro doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash mumkinligini yana bir bor namoyish etdilar.

Bunday sport tadbirlari yoshlarni sogʻlom hayot tarziga undash, ularning sportga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda faol va tashabbuskor yoshlarni qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5