3rd English faculty
1.81K subscribers
12.4K photos
1.66K videos
198 files
1.93K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetining tyutori N. Israilova boshchiligida 2409-guruh talabalari “Shon-sharaf” muzeyiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talabalar Ikkinchi jahon urushi yillaridagi xalqimizning jasorati, matonati hamda front ortidagi fidokorona mehnati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Muzeydagi tarixiy eksponatlar, urush davriga oid suratlar, hujjatlar va yodgorliklar talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, ekskursiya jarayonida urush qatnashchilarining hayot yo‘li, ularning Vatan oldidagi xizmatlari va mardligi haqida ham qiziqarli ma’lumotlar berildi.

Mazkur tashrif yoshlarning tarixga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ajdodlarimizning jasorati va vatanparvarlik ruhini chuqur anglashlariga xizmat qildi.

Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlod qalbida yurtga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat hamda ajdodlar xotirasiga ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1🤩1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti
tyutori S. Berdiyeva boshchiligida 2503-guruh talabalari Islom siviliziyatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi.

🇺🇿Ekskursiya davomida talabalar O'zbekistonning 3000 yillik tarixi va davlat arboblari ,dunyo tarixida o'chmas iz qoldirgan olimlar hayoti va faoliyati haqida yaqindan tanishib, tarixiy bilimlarini yanada mustahkamlashdi.

🇺🇿Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning tarixga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

#UzDJTU
#InglizTili3Fakultet
#Talabalartashrif
08.05.2026 Ingliz tili amaliy fanlar Nº3 kafedrasi o‘qituvchisi Yusupova Sitora tomonidan “Using Silent Method in English Language Teaching” mavzusida master-klass o‘tkazildi.

Universitet o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan ushbu master-klass zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida talabalarni dars jarayoniga faol jalb qilish usullariga bag‘ishlandi. Silent Method metodi orqali talabalar mustaqil fikrlash, muloqot qilish va tilni intuitiv tarzda o‘zlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkinligi ta’kidlandi.

Yusupova Sitora master-klass davomida Silent Method metodining asosiy tamoyillariga alohida to‘xtaldi:

o‘qituvchi kam gapiradi, talaba esa ko‘proq faol bo‘ladi;
talabalar til qoidalarini mustaqil ravishda anglab yetadi;
gestures, mimika va visual materials orqali tushuntirish amalga oshiriladi;
self-correction va peer correction ko‘nikmalari rivojlantiriladi;
speaking va critical thinking faol rag‘batlantiriladi.

Master-klass davomida interaktiv mashqlar, silent activities hamda video asosidagi topshiriqlardan foydalanildi. O‘qituvchilar o‘zlarini talabalar o‘rniga qo‘yib, minimal izohlar asosida ingliz tilida muloqot qilish va topshiriqlarni bajarishda faol ishtirok etdilar.

Shuningdek, video orqali “silent observation”, prediction va discussion mashqlari namoyish etildi. Ushbu metod talabalarning diqqatini oshirish, kuzatuvchanlik va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali ekani ta’kidlandi.

Master-klass qiziqarli, interaktiv va yuqori saviyada tashkil etildi.
1
Ochiq dars bo‘lib o‘tdi
Sana: 08.05.26
O‘qituvchi: A.Talibjanova, Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi
Guruh: 2503
Mavzu: Revision — Linking, Participle, Inversion
Dars mazmuni:
- Mavzu e’lon qilindi, Linking (connected speech) ning nutqdagi roli, participle konstruktsiyalari va inversion tamoyillari qisqacha tushuntirildi.
- Xatoliklar orqali noto‘g‘ri bog‘lanish yoki noto‘g‘ri inversion natijasida ma’no o‘zgarishi ko‘rsatildi.
Amaliy mashg‘ulotlar:
- So‘z va gap ichidagi linking misollarini topish va talaffuzda qo‘llash;
- Participle bilan qisqartirilgan jumlalarni yaratish va tarjima qilish;
- Inversion bilan savol va ta’kidlash jumlalarini tuzish;
- Minimal o‘zgarishlar orqali ma’no farqini tahlil qilish;
- Dialoglar va matnlarni to‘g‘ri linking va intonatsiya bilan o‘qish;
- Onlayn lug‘atlar va audio materiallar yordamida tekshirish.
Yakuni:
- Mavzu umumlashtirildi, savollarga javob berildi, faol talabalar rag‘batlantirildi.
Ochiq dars samarali va interfaol tarzda o‘tdi.
4❤‍🔥1
08.05. 2026 Ingliz tili amaliy fanlar 3 kafedrasi katta o’qituvchisi Ibroximova L.I .tomonidan kafedra professor-o‘qituvchilariga “6 Scaffolding strategies to use with your students” mavzusida Mastter-class o‘tdi.
“Scaffolding” metodi birinchi marotaba 1976-yil amerikalik psixologlari Gerem Bruner, Deved Vudom va Geyl Ros tomonida ilgari surilgan bo‘lib, bu metod asosida ustoz-shogirt o‘rtasidagi o‘zaro munosabati yotadi. Aynan, bu yondashuv til o‘rganuvchilarni o‘quv jarayonida tizimli monitoring qilish bilan ulardagi mavjud qiyinchiliklarni bertaraf qilishga va oldinga intilishni ta’minlaydi.
Mass-class davomida Lobar Isxakovnab u metodni 6 xil yo‘l bilan ishlash modulini atroflicha tushuntirib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
08.05.2026 Ingliz tili amaliy fanlar Nº3 kafedrasi katta ŏqituvchisi S.A.Agzamxodjaeva tominidan "Teaching Activities: Five ways to use video" mavzusida master-klass o'tdi.

Universitet o‘qituvchilari uchun vediolar yordamida talabalar o‘qish til ko‘nikmalarini rivojlantirish mavzusida master-klass juda dolzarb va amaliy mavzu hisoblanadi.
Ayniqsa, talabalarning reading comprehension, critical thinking va vocabulary ko‘nikmalarini bir vaqtda rivojlantirish uchun videolarni maqsadli ishlatish kuchli metod hisoblanadi.


S.Agzamxodjaeva darsni videolarning afzalliklarini ta'kidlash bilan boshladi:
1. Silent viewing
2. Transcript gap fill
3. Vocabulary bingo
4. Mini dictation
5. Video voiceover
metodlarni ta’kidlar ekan, videolar orqali ingliz tilini o‘qitish zamonaviy ta’limdagi eng samarali metodlardan biri hisoblanadi. Chunki ko’rish ko’nikmalariinsonning hissiyotiga, tasavvuriga va fikrlashiga ta’sir qiladi. Oddiy so’z mashqlar ko‘pincha talabani charchatsa, hikoyalar ularni dars jarayoniga tabiiy ravishda jalb qiladi. Interektiv yangi so‘zlar va tekst matni real vaziyatda qo‘llanadi.
Talaba alohida qoidani emas, balki tilning qanday ishlashini ko‘radi. Natijada talabalar:
vocabularyni tezroq eslab qoladi;
grammarni kontekst orqali tushunadi;
tarjima qilishga kamroq ehtiyoj sezadi.

O'qituvchilar o'zlarini talabalar o'rniga qo'yishdi va kontekst orqali o'qitish metodlari va texnikalariga doir o'yin va mashqlarda faol ishtirok etishdi.
Master klass juda qiziqarli va samarali o'tkazildi.
1