3rd English faculty
1.82K subscribers
12.4K photos
1.66K videos
198 files
1.93K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida
🇺🇿9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan fakultet dekani I. Xaydarov tomonidan mazmunli ma’rifat darsi tashkil etildi.

Dars davomida xalqimizning mardlik va matonat timsoliga aylangan ajdodlari xotirasini e’zozlash, ularning Vatan ravnaqi va tinchligi yo‘lidagi fidokorona xizmatlarini yod etish haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Ayniqsa, urushda qatnashgan vatandoshlarimiz xotirasi yodga olinib, ular haqidagi hujjatli videolavhalar namoyish etildi va bu lahzalar talabalarda chuqur taassurot qoldirdi.

Shuningdek, yosh avlod qalbida tarixiy xotiraga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarga ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Mazkur ma’rifat darsi talabalarda ajdodlar xotirasiga chuqur hurmat ruhini uyg‘otib, ularni yurt ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shishga undovchi muhim va mazmunli uchrashuv bo‘ldi.

#UzDJTU
#TalabalarImkoniyati
#InglizTili3Fakultet
#Stipendiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩2😍21🥰1
Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi o'qituvchisi Salixova Nasiba Ibadullayevna hamda ingliz tili 3-fakulteti talabalari.
06.05.2026.
Ushbu to’garakda o’zbek tilidagi adabiy merosning ahamiyati va uning ma’naviyatga ta’siri haqida so’z yuritildi. O’zbek adabiyoti nafaqat xalqning tilini, balki uning ijtimoiy va ma’naviy qadriyatlarini ham aks ettiradi.Talabalar bilan 4-tashabusning navbatdagi uchrashuvida o‘zbek adabiyoti boy merosga ega bo‘lib, mumtoz davrdan hozirgi kungacha Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, O‘tkir Hoshimov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov kabi yuzlab ijodkorlarning yorqin asarlarining yetib kelgani haqida suhbat yurutildi. “Vatanga muhabbat va uning taqdiriga fidoyilik hissini adabiyot orqali qaror toptirish” mavzusida mazmunli davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida talaba-yoshlarning o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalariga bo‘lgan qiziqishlari, kitobga mehrlari hamda mutolaaga bo‘lgan intilishlari yuksak darajada ekanligi kuzatildi.
Davra suhbati jarayonida talabalar o‘zlari qaysi mualliflarning asarlarini o‘qishni istashlarini, qaysi janrdagi kitoblarni mutolaa qilib muhokama qilishni xohlashlarini bayon etdilar. Shuningdek, ular shu kungacha o‘qigan kitoblari haqida bir-birlari bilan fikr almashdilar.
Bundan tashqari, talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, “Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyati”ni yuksaltirish yo‘nalishida targ‘ibot-tashviqot ishlari tizimli va samarali tarzda olib borilmoqda.
1
🇺🇿O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari-3 kafedrasi o’qituvchilari Rashidova Gulshoda, Sultonova Maftuna va Rahmatova E'zoza tomonidan olib boriladigan “Step by step” to’garagi

🔖Mavzu: C1/C2 Vocabularies: Useful for Speaking


📌Mavzu yuzasidan mas’ul o’qituvchilar:
Rahmatova E’zoza


📌O’tkazish vaqti va joyi:

📅08.05.2026

13:20

📍108 xona
2
🇺🇿Xotira bor ekan — millat barhayot, qadriyatlar esa abadiydir...”

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakultetida 9-may — "Xotira va qadrlash kuni"
munosabati bilan tyutor S. Berdiyevaning 2504-guruh talabalari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ruhdagi “Eng yaxshi sahna asari” namoyish etildi.

Mazkur sahna ko‘rinishi orqali Ikkinchi jahon urushi yillaridagi xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir sinovlar, front ortidagi mashaqqatli mehnat, ota-bobolarimizning Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbati hamda jasorati chuqur badiiy talqin etildi. Talabalar o‘zlarining mahoratli ijrosi, obrazlarga chuqur kirib bora olgani va sahnadagi yuqori emotsional chiqishlari bilan tomoshabinlarda katta taassurot uyg‘otdi.

Bunday ma’naviy tadbirlar yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, ajdodlar xotirasiga hurmat hamda tinchlikning qadriga yetish tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
7❤‍🔥1👍1
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultet
o'qituvchisi Otamurodova Y. boshchiligida Kechki taʼlim 1- kurs talabalari bilan "Gʻalaba bogʻi"ga tashrif buyurishdi.Tashrif "Xotira abadiy- qadrlash ezgu qadriyat" mavzusida amalga oshirildi.

Ushbu tashrif davomida talabalar yurtimiz tarixidagi muhim sahifalar, ajdodlarimiz urush davri hayoti tarzi va qiyinchilik, ocharchilik kunlari tasvirlaridan qanchalik tinch va osoyishta zamonda va makonda  yashayotganimizga shukronalik bildirishdi.

🇺🇿Bog‘ning betakror muhitida ular nafaqat bilimlarini boyitdilar, balki vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga erishdilar.

🇺🇿Mazkur tashrif talabalarda ajdodlarimizga yuksak  hurmat, milliy qadriyatlarni ardoqlash va  kelajak avlod uchun asrab avaylash  muhimligini anglab qaytishdi.
6
🟦🟦🟦
07.05.2026 Ingliz tili amaliy fanlar Nº3 kafedrasi ŏqituvchisi Salixova N.I. tominidan "Improving students' reading skills through short stories" mavzusida master-klass o'tdi.

Universitet o‘qituvchilari uchun hikoyalar yordamida talabalar o‘qish qobiliyatini rivojlantirish mavzusida master-klass juda dolzarb va amaliy mavzu hisoblanadi.
Ayniqsa, talabalarning reading comprehension, critical thinking va vocabulary ko‘nikmalarini bir vaqtda rivojlantirish uchun storytelling kuchli metod hisoblanadi.

Solixova N darsni hikoyalarning afzalliklarini ta'kidlash bilan boshladi:
1) Hikoyalar:
talabani emotsional jalb qiladi;
2) kontekst orqali vocabulary o‘rgatadi;
3) reading motivationni oshiradi;
4) inference va prediction ko‘nikmalarini rivojlantiradi;
5) talabani faol fikrlashga majbur qiladi.


Hikoyalar orqali ingliz tilini o‘qitish zamonaviy ta’limdagi eng samarali metodlardan biri hisoblanadi. Chunki hikoya insonning hissiyotiga, tasavvuriga va fikrlashiga ta’sir qiladi. Oddiy grammatik mashqlar ko‘pincha talabani charchatsa, hikoyalar ularni dars jarayoniga tabiiy ravishda jalb qiladi. Hikoyalarda yangi so‘zlar va grammatik strukturalar real vaziyatda qo‘llanadi.
Talaba alohida qoidani emas, balki tilning qanday ishlashini ko‘radi. Natijada talabalar:
vocabularyni tezroq eslab qoladi;
grammarni kontekst orqali tushunadi;
tarjima qilishga kamroq ehtiyoj sezadi.

O'qituvchilar o'zlarini talabalar o'rniga qo'yishdi va kontekst orqali o'qitish metodlari va texnikalariga doir o'yin va mashqlarda faol ishtirok etishdi.
Master klass juda qiziqarli va samarali o'tkazildi.
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

🏛 Professor o'qituvchilar hamda barcha talabalar uchun ajoyib imkoniyat!

🇺🇿Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oliy ta’lim muassasalari professor o'qituvchilar hamda talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi ixtirochisi” respublika tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlovning asosiy shartlari va talablari:

Davlat oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va tahsil olayotgan talabalar.
Talabgor aniq bir ixtiroga yoki foydali modelga ega bo‘lishi lozim. Ilgari ushbu tanlovda qatnashgan loyihalar qayta qabul qilinmaydi.
Sun’iy intellekt, IT, muhandislik, qayta ishlash, tabiiy fanlar, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, arxitektura va transport logistikasi.
Tanlov uch bosqichda (OTM ichki saralashi —> Hududiy bosqich —> Respublika bosqichi) bo‘lib o‘tadi.
Energotejamkorlik, ekologik tozalik, ijtimoiy ahamiyat, tayyorlik darajasi (maket/prototip), eksportboplik va patent mavjudligi.


📍 Tanlov quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
1️⃣ Saralash (OTM bosqichi)
2️⃣ Hududiy bosqich
3️⃣ Respublika bosqichi

🗓Hujjatlar topshirish muddati: Arizalar 2026-yil 11-mayga qadar qabul qilinadi.
Saralash bosqichi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir kun muddatda g‘olib bo‘lgan talabgorlar arizalarni elektron platforma (ixtiro.ilmiy.uz) orqali hududiy bosqichga yuboradilar.

📍 Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar belgilangan tartibda ariza topshirishlari lozim.

NIZOM BILAN TANISHING

🌐 Batafsil ma’lumot:
https://gov.uz/oz/edu/news/context/view/152136

📍Murojat uchun: @IIITB714

🌐 Barchani faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Yangi g‘oyalar, innovatsion loyihalar va ixtirolaringiz bilan qatnashing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1🥰1