3rd English faculty
1.82K subscribers
12.4K photos
1.66K videos
198 files
1.93K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan uchrashuv yuqori saviyada va mazmunli tarzda bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Mazkur uchrashuv Iqtidorli talabalar bo'lim boshlig'i Ismatova Sh. tashabbuslari bilan tashkil etilib, unda fakultetning eng faol, izlanuvchan va iqtidorli talabalari jam bo‘ldi.

Ayniqsa, nomdor davlat stipendiyalari sohiblarining ishtiroki tadbirga alohida ruh va motivatsiya bag‘ishladi.

Uchrashuv davomida stipendiya sohiblari o‘zlarining muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘llari, ilmiy va ijodiy faoliyatlari, erishgan yutuqlari hamda duch kelgan qiyinchiliklari haqida samimiy fikrlar bildirdilar.

Shuningdek, ular talabalarga vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, maqsad qo‘yish, izchil harakat qilish va imkoniyatlardan unumli foydalanish borasida qimmatli tavsiyalar berdilar.
Tadbirning eng qiziqarli qismi savol-javob jarayoni bo‘lib, unda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar. Berilgan javoblar esa ko‘plab yoshlarga yangi maqsadlar sari dadil qadam tashlash uchun ilhom bag‘ishladi.

Mazmunli va samimiy muhitda o‘tgan ushbu uchrashuv yoshlarning bilimga chanqoqligini oshirish, ularni yanada yuqori marralarni zabt etishga undash hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladigan muhim motivatsion maydonga aylandi.


#UzDJTU
#Grantlar
#TalabalarImkoniyati
#InglizTili3Fakultet
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3😍3❤‍🔥1🥰1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida
🇺🇿9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan fakultet dekani I. Xaydarov tomonidan mazmunli ma’rifat darsi tashkil etildi.

Dars davomida xalqimizning mardlik va matonat timsoliga aylangan ajdodlari xotirasini e’zozlash, ularning Vatan ravnaqi va tinchligi yo‘lidagi fidokorona xizmatlarini yod etish haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Ayniqsa, urushda qatnashgan vatandoshlarimiz xotirasi yodga olinib, ular haqidagi hujjatli videolavhalar namoyish etildi va bu lahzalar talabalarda chuqur taassurot qoldirdi.

Shuningdek, yosh avlod qalbida tarixiy xotiraga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarga ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Mazkur ma’rifat darsi talabalarda ajdodlar xotirasiga chuqur hurmat ruhini uyg‘otib, ularni yurt ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shishga undovchi muhim va mazmunli uchrashuv bo‘ldi.

#UzDJTU
#TalabalarImkoniyati
#InglizTili3Fakultet
#Stipendiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩2😍21🥰1
Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi o'qituvchisi Salixova Nasiba Ibadullayevna hamda ingliz tili 3-fakulteti talabalari.
06.05.2026.
Ushbu to’garakda o’zbek tilidagi adabiy merosning ahamiyati va uning ma’naviyatga ta’siri haqida so’z yuritildi. O’zbek adabiyoti nafaqat xalqning tilini, balki uning ijtimoiy va ma’naviy qadriyatlarini ham aks ettiradi.Talabalar bilan 4-tashabusning navbatdagi uchrashuvida o‘zbek adabiyoti boy merosga ega bo‘lib, mumtoz davrdan hozirgi kungacha Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, O‘tkir Hoshimov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov kabi yuzlab ijodkorlarning yorqin asarlarining yetib kelgani haqida suhbat yurutildi. “Vatanga muhabbat va uning taqdiriga fidoyilik hissini adabiyot orqali qaror toptirish” mavzusida mazmunli davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida talaba-yoshlarning o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalariga bo‘lgan qiziqishlari, kitobga mehrlari hamda mutolaaga bo‘lgan intilishlari yuksak darajada ekanligi kuzatildi.
Davra suhbati jarayonida talabalar o‘zlari qaysi mualliflarning asarlarini o‘qishni istashlarini, qaysi janrdagi kitoblarni mutolaa qilib muhokama qilishni xohlashlarini bayon etdilar. Shuningdek, ular shu kungacha o‘qigan kitoblari haqida bir-birlari bilan fikr almashdilar.
Bundan tashqari, talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, “Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyati”ni yuksaltirish yo‘nalishida targ‘ibot-tashviqot ishlari tizimli va samarali tarzda olib borilmoqda.
1
🇺🇿O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari-3 kafedrasi o’qituvchilari Rashidova Gulshoda, Sultonova Maftuna va Rahmatova E'zoza tomonidan olib boriladigan “Step by step” to’garagi

🔖Mavzu: C1/C2 Vocabularies: Useful for Speaking


📌Mavzu yuzasidan mas’ul o’qituvchilar:
Rahmatova E’zoza


📌O’tkazish vaqti va joyi:

📅08.05.2026

13:20

📍108 xona
2
🇺🇿Xotira bor ekan — millat barhayot, qadriyatlar esa abadiydir...”

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakultetida 9-may — "Xotira va qadrlash kuni"
munosabati bilan tyutor S. Berdiyevaning 2504-guruh talabalari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ruhdagi “Eng yaxshi sahna asari” namoyish etildi.

Mazkur sahna ko‘rinishi orqali Ikkinchi jahon urushi yillaridagi xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir sinovlar, front ortidagi mashaqqatli mehnat, ota-bobolarimizning Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbati hamda jasorati chuqur badiiy talqin etildi. Talabalar o‘zlarining mahoratli ijrosi, obrazlarga chuqur kirib bora olgani va sahnadagi yuqori emotsional chiqishlari bilan tomoshabinlarda katta taassurot uyg‘otdi.

Bunday ma’naviy tadbirlar yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, ajdodlar xotirasiga hurmat hamda tinchlikning qadriga yetish tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
7❤‍🔥1👍1