3rd English faculty
1.82K subscribers
12.4K photos
1.66K videos
198 files
1.93K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
📚 🇺🇿
2026-yil 6-may sanasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, 3-fakulteti 2422-guruh talabalari tomonidan 9-IDUMda pedagogik amaliyot doirasida boshlangʻich sinflarda “Fruits” mavzusida qiziqarli toʻgarak mashgʻuloti tashkil etildi.

Mashg'ulot Ingliz tili integrallashgan kursi 3 oʻqituvchisi Qulmamatova Sh. rahbarligida oʻtkazildi. Oʻquvchilar mavzu boʻyicha yangi soʻzlarni oʻrganib, interaktiv mashgʻulotlarda faol ishtirok etdilar. 🍎🍌

Dars yakunida esa bolalar nafaqat yangi bilimlarga ega boʻlishdi, balki oʻyinlar va jamoaviy faoliyat orqali darsni yanada qiziqarli va esda qolarli tarzda oʻtkazishdi. Dars ularga quvonch, motivatsiya va yangi bilimlarga boʻlgan qiziqishni yanada oshirdi.
3
📤Ingliz tili – 3 fakultetida “Amaliy fanlar”-3 kafedrasi o‘qituvchisi Bahronova Maftuna Farhodovna tomonidan “Internetda ekstremizm g’oyalari targ’ibotidan ehtiyot bo’lish ” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taskil etildi.

📊Tadbirda talabalarga turli yod gʻoyalar taʼsiriga tushib qolmaslik, internet olamidagi maʼlumot va axborotlardan toʻgʻri foydalanish hamda terroristik guruhlar aldoviga uchmaslik kabi dolzarb masalalarni tushuntirib o'tildi.

📃Talabalar bilan muloqot:
O'qituvchi talabalarga quyidagi savollar bilan murojaat qildi:
Internetda shubhali xabarlarni ko'rganda qanday yo'l tutish kerak?
Noma'lum shaxslardan kelgan diniy mazmundagi audio/video fayllarni tarqatish oqibati nima?

👩🏻‍💻Muhokama natijalari:
Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish — eng muhim himoya chorasi.
Internetdagi ekstremistik g'oyalarga bag'rikenglik va an'anaviy qadriyatlar orqali qarshi kurashish.

📚Huquqiy savodxonlik:
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremistik yoki terroristik, deb topilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manbalar (Telegram kanallar, guruhlar) haqida ma'lumot berildi.

📜Tadbir iliq va mazmunli muhitda o‘tib, talabalarning ma’naviy-axloqiy rivojlanishiga xizmat qildi.
3
🇺🇿Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti 2523-guruh talabalari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.

Ushbu tashrif davomida talabalar buyuk ajdodlarimizning boy tarixiy merosi, Temuriylar davrining ilm-fan, madaniyat va davlat boshqaruvidagi yutuqlari bilan yaqindan tanishdilar.

Muzeydagi noyob eksponatlar orqali talabalar tarixni nafaqat o‘qib, balki his qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tashrif jarayonida ular o‘z bilimlarini mustahkamlab, milliy tariximizga bo‘lgan qiziqish va hurmatlarini yanada oshirdilar.

Bunday tashriflar talabalarda tarixiy tafakkur, milliy g‘urur va jamoaviylik ruhini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan uchrashuv yuqori saviyada va mazmunli tarzda bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Mazkur uchrashuv Iqtidorli talabalar bo'lim boshlig'i Ismatova Sh. tashabbuslari bilan tashkil etilib, unda fakultetning eng faol, izlanuvchan va iqtidorli talabalari jam bo‘ldi.

Ayniqsa, nomdor davlat stipendiyalari sohiblarining ishtiroki tadbirga alohida ruh va motivatsiya bag‘ishladi.

Uchrashuv davomida stipendiya sohiblari o‘zlarining muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘llari, ilmiy va ijodiy faoliyatlari, erishgan yutuqlari hamda duch kelgan qiyinchiliklari haqida samimiy fikrlar bildirdilar.

Shuningdek, ular talabalarga vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, maqsad qo‘yish, izchil harakat qilish va imkoniyatlardan unumli foydalanish borasida qimmatli tavsiyalar berdilar.
Tadbirning eng qiziqarli qismi savol-javob jarayoni bo‘lib, unda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar. Berilgan javoblar esa ko‘plab yoshlarga yangi maqsadlar sari dadil qadam tashlash uchun ilhom bag‘ishladi.

Mazmunli va samimiy muhitda o‘tgan ushbu uchrashuv yoshlarning bilimga chanqoqligini oshirish, ularni yanada yuqori marralarni zabt etishga undash hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladigan muhim motivatsion maydonga aylandi.


#UzDJTU
#Grantlar
#TalabalarImkoniyati
#InglizTili3Fakultet
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3😍3❤‍🔥1🥰1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida
🇺🇿9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan fakultet dekani I. Xaydarov tomonidan mazmunli ma’rifat darsi tashkil etildi.

Dars davomida xalqimizning mardlik va matonat timsoliga aylangan ajdodlari xotirasini e’zozlash, ularning Vatan ravnaqi va tinchligi yo‘lidagi fidokorona xizmatlarini yod etish haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Ayniqsa, urushda qatnashgan vatandoshlarimiz xotirasi yodga olinib, ular haqidagi hujjatli videolavhalar namoyish etildi va bu lahzalar talabalarda chuqur taassurot qoldirdi.

Shuningdek, yosh avlod qalbida tarixiy xotiraga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarga ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Mazkur ma’rifat darsi talabalarda ajdodlar xotirasiga chuqur hurmat ruhini uyg‘otib, ularni yurt ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shishga undovchi muhim va mazmunli uchrashuv bo‘ldi.

#UzDJTU
#TalabalarImkoniyati
#InglizTili3Fakultet
#Stipendiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩2😍21🥰1