3rd English faculty
1.82K subscribers
12.4K photos
1.66K videos
198 files
1.93K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🤩ENGLISH MIND QUEST🤩 – Zakovat ruhidagi mantiqiy-intellektual💡 tadbir muvaffaqiyatli o‘tkazildi 🎓

🔎2026-yil 5-may sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 3-fakulteti 3-bosqich 2327 guruh  talabalari hamda ustoz Anarbekova G. boshchiligida 128-sonli o‘rta ta’lim maktabi ingliz tiliga yo‘naltirilgan, mantiqiy savollar bilan boyitilgan “ENGLISH MIND QUEST” nomli intellektual 💡Zakovat tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida maktab o‘quvchilari katta qiziqish va ishtiyoq bilan qatnashib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Ingliz tilida berilgan qiziqarli va mantiqiy savollar orqali o‘quvchilar nafaqat til ko‘nikmalarini, balki mantiqiy fikrlash, tezkor tahlil qilish va to‘g‘ri xulosa chiqarish qobiliyatlarini ham rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar 💡📚

Tadbir jarayonida ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib "Kings", "leaders", "Stars" jamoalarini tashkil etib sog‘lom raqobat muhiti yaratildi. Jamoa bo'lib ishlash orqali o'quvchilar o'zaro jamoaviy hamkorlik (kollaboratsiya) ko‘nikmalarini shakllantirildi 🤝. Har bir guruh faol qatnashib, savollarga topqirlik bilan javob qaytardi hamda sog‘lom raqobat muhitini yuzaga keltirdi.
Tadbirda qatnashgan jamoalar fahrli o'rinlarni egalladilar:
🥇1- o'rin "Stars" jamoasi"🏅
🥈2- o'rin "Kings" jamoasi🎖
🥉3- o'rin "Leaders" jamoasi🎖

🏆 Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar sertifikatlar🧾 va 🏅esdalik sovg‘alari🎓 bilan taqdirlandilar. Bu esa ularning kelajakdagi bilim olishga bo‘lgan motivatsiyasini yanada oshirdi.

Ushbu kabi tadbirlar yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va ularni zamonaviy fikrlashga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
3🤩2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇬🇧Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti 2408-guruh talabalari tomonidan pedagogik amaliyot jarayonida 6-may kuni 173-maktabda “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.

Tadbir maktab direktori Z. Kamolova hamda Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi katta o‘qituvchisi Umarov Bobur ishtirokida o‘tkazildi.

Oʻyin yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:

1-oʻrin — “Bilimdonlar”
2-oʻrin — “Zukkolar”
3-oʻrin — “Burgutlar”

Gʻolib jamoalar sertifikatlar bilan taqdirlandi.

O‘yin davomida o‘quvchilar bilimlari, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🤩74👏2❤‍🔥1🔥1🥰1🏆1
🇬🇧 Ingliz tili – 3 fakultetida “Amaliy fanlar”-3 kafedrasi o‘qituvchisi Sitora Yusupova tomonidan “Butun jahon ijtimoiy adolat kuni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalarga ijtimoiy adolat, teng huquqlilik, inson qadr-qimmati va jamiyatdagi hamjihatlik haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘qituvchi tomonidan talaba-yoshlarda adolat tuyg‘usi, inson huquqlariga hurmat va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan mazmunli suhbat olib borildi.

Tadbir iliq va mazmunli muhitda o‘tib, talabalarning ma’naviy-axloqiy rivojlanishiga xizmat qildi.
3
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣 “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” Respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi.

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.

↪️Tanlovlarda oliy ta’lim tashkilotlarining barcha talaba-yoshlari 10 nafar ishtirokchidan iborat jamoa tuzib ishtirok etishi mumkin.
↪️Tanlovda jamoalar 4 shart (insho yozish, rasm chizish, qisqa videoroliklar hamda sahna ko‘rinishi) bo‘yicha bellashadilar.
↪️Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi: oliy ta’lim tashkiloti, hududiy saralash bosqichi va Respublika bosqichi.

➡️Tanlov nizomini o‘qish

🏆 Tanlov gʻoliblari Termiz iqtisodiyot va servis universiteti mablagʻlari hisobidan quyidagi tartibda pul mukofotlari, shuningdek, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi:
🥇1-oʻrin – 200 million soʻm;
🥈2-oʻrin – 150 million soʻm;
🥉3-oʻrin – 100 million soʻm;
🥉3-oʻrin – 100 million soʻm.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar oʻzi tahsil; olayotgan taʼlim tashkilotining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegramv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3