3rd English faculty
1.82K subscribers
12.4K photos
1.66K videos
198 files
1.93K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🔊O'zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti 1-bosqich talabalari uchun “LOST IN TRANSLATION” to‘garagi o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli yakunladi!

Joriy yilning 5️⃣-may sanasida Ingliz tili amaliy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchilari Agzamxodjayeva Saodat, Shukurova Shohsanam va Shukurova Nodira tomonidan "Final project & presentation - student projects” mavzusida to‘garakning so'nggi mashg‘uloti o'tkazildi.

Mashg‘ulotning asosiy maqsadi talabalar tomonidan semestr davomida bajarilgan tarjima loyihalari taqdimotini o'tkazish, ularning tarjima ko‘nikmalari va taqdimot mahoratini baholashdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulot davomida talabalar o‘zlarining individual va guruh loyihalarini taqdim etdilar. Loyihalar asosan badiiy matnlarni o‘z ichiga oldi. Talabalar tarjima jarayonida duch kelgan muammolar, qo‘llagan metodlar hamda tanlangan leksik va uslubiy yechimlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Taqdimotlar interaktiv tarzda o‘tkazilib, tinglovchilar tomonidan savol-javoblar tashkil etildi. Bu jarayon talabalar o‘rtasida fikr almashish, tahliliy yondashuvni rivojlantirish hamda o‘zaro o‘rganishga xizmat qildi. Mas’ullar tomonidan har bir loyiha yuzasidan konstruktiv fikr-mulohazalar va tavsiyalar berildi.

Mashg‘ulot yakunida eng faol va yuqori natija ko‘rsatgan 2501 hamda 2504-guruh talabalari alohida e’tirof etildi. Shuningdek, umumiy xatolar tahlil qilinib, kelgusida tarjima faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🤩42🔥1
🤩ENGLISH MIND QUEST🤩 – Zakovat ruhidagi mantiqiy-intellektual💡 tadbir muvaffaqiyatli o‘tkazildi 🎓

🔎2026-yil 5-may sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 3-fakulteti 3-bosqich 2327 guruh  talabalari hamda ustoz Anarbekova G. boshchiligida 128-sonli o‘rta ta’lim maktabi ingliz tiliga yo‘naltirilgan, mantiqiy savollar bilan boyitilgan “ENGLISH MIND QUEST” nomli intellektual 💡Zakovat tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida maktab o‘quvchilari katta qiziqish va ishtiyoq bilan qatnashib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Ingliz tilida berilgan qiziqarli va mantiqiy savollar orqali o‘quvchilar nafaqat til ko‘nikmalarini, balki mantiqiy fikrlash, tezkor tahlil qilish va to‘g‘ri xulosa chiqarish qobiliyatlarini ham rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar 💡📚

Tadbir jarayonida ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib "Kings", "leaders", "Stars" jamoalarini tashkil etib sog‘lom raqobat muhiti yaratildi. Jamoa bo'lib ishlash orqali o'quvchilar o'zaro jamoaviy hamkorlik (kollaboratsiya) ko‘nikmalarini shakllantirildi 🤝. Har bir guruh faol qatnashib, savollarga topqirlik bilan javob qaytardi hamda sog‘lom raqobat muhitini yuzaga keltirdi.
Tadbirda qatnashgan jamoalar fahrli o'rinlarni egalladilar:
🥇1- o'rin "Stars" jamoasi"🏅
🥈2- o'rin "Kings" jamoasi🎖
🥉3- o'rin "Leaders" jamoasi🎖

🏆 Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar sertifikatlar🧾 va 🏅esdalik sovg‘alari🎓 bilan taqdirlandilar. Bu esa ularning kelajakdagi bilim olishga bo‘lgan motivatsiyasini yanada oshirdi.

Ushbu kabi tadbirlar yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va ularni zamonaviy fikrlashga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
3🤩2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇬🇧Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti 2408-guruh talabalari tomonidan pedagogik amaliyot jarayonida 6-may kuni 173-maktabda “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.

Tadbir maktab direktori Z. Kamolova hamda Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi katta o‘qituvchisi Umarov Bobur ishtirokida o‘tkazildi.

Oʻyin yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:

1-oʻrin — “Bilimdonlar”
2-oʻrin — “Zukkolar”
3-oʻrin — “Burgutlar”

Gʻolib jamoalar sertifikatlar bilan taqdirlandi.

O‘yin davomida o‘quvchilar bilimlari, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🤩74👏2❤‍🔥1🔥1🥰1🏆1