3rd English faculty
1.82K subscribers
12.4K photos
1.66K videos
198 files
1.93K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
Forwarded from UzSWLU travel
📣Hurmatli talabalar tayyormisiz?!

🇺🇿UzSWLU travel sizga Buxoro shahriga sayohat imkoniyatini taqdim etadi…🎁
🗓: 09.05.2026 (shanba)
Juma kuni yo’lga chiqiladi (mehmonxonada qolinmaydi)


📍Sayohatimiz davomida tashrif buyuriladigan asosiy joylar:

Eski shahar
Minorai kalon
Zindon
Ark qoʻrgʻoni
Ismoil Somoniy maqbarasi
Sayid Amir Kulol ziyoratgohi
Bahouddin Naqshband ziyoratgohi
Sitorai Mohi Xosa saroyi.

Tashrif buyuriladigan joylar kengaytilgan versiyada:

1.Koʻkaldosh madrasasi
2.Nodir devonbegi xonaqohi
3 Nasriddin Afandi haykali
4.Toqi sarrofon bozori
5.Eski maktab
doʻkon

6.Xoʻja kalon minorasi
7.Magʻoki Attor masjidi
8.Toqi telpakfurushon bozori
9.Ulug‘bek madrasasi
10.Abdulazizxon madrasasi
11.Toqi zargaron bozori
12.Mir arab madrasi
restavratsiya

13.Minorai kalon
14.Kalon masjidi
15.Zindon
16.Ark qoʻrgʻoni
17.Bolo Hovuz masjidi
18.Ismoil Somoniy maqbarasi
19.Sayid Amir Kulol ziyoratgohi
20.Bahouddin Naqshband ziyoratgohi
21.Sitorai Mohi Xosa saroyi


💵Sayohat narxi: 399.000 soʻm

🤝Xizmat ichiga transport, yo'l boshlovchilik va gid xizmati kiradi. Buxoroni aylanish shanba kuni kun bo’yi!

Jo'nab ketish vaqti: Juma kuni 20:00
Qaytib kelish vaqti: Yakshanba 8:00
📍Jo'nash manzili: UzSWLU asosiy bino

💬Roʻyxatdan oʻtish va qo’shimcha ma’lumotlar uchun: @uzswlu_travel_admin bilan yoki
+998933701909 raqamlari bilan bog’laning❗️

Shoshiling joylar soni cheklangan‼️

📱Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👍1🥰1🤩1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti 2403-guruh talabalari tyutor N. Isroilova boshchiligida buyuk adib Abdulla Qodiriyning uy-muzeyiga tashrif buyurishdi.

🇺🇿 Ushbu tashrif davomida talabalar adibning boy ijodiy merosi, hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Muzeydagi eksponatlar, tarixiy qoʻlyozmalar va muhit yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

🇺🇿Bunday maʼnaviy-maʼrifiy tashriflar talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿 Tashrif barcha ishtirokchilar uchun unutilmas va mazmunli boʻldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5😍2🥰1🤩1
📚Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi katta o‘qituvchisi Mannonova Feruza rahbarligida 2414-guruh talabalari ishtirokida “Bir asar ichida” nomli ma’rifiy-badiiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talabalarni o‘zbek mumtoz adabiyoti bilan yanada yaqindan tanishtirish, ularning badiiy tafakkurini rivojlantirish hamda mustaqil ijodiy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
📘Tadbir davomida talabalar tomonidan o‘zbek mumtoz asarlari asosida tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi. Har bir videorolikda asarning mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi, qahramonlari hamda tarixiy-adabiy ahamiyati keng yoritib berildi. Shuningdek, talabalar sahna ko‘rinishlari, ifodali nutq va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda asarlarni jonlantirishga harakat qildilar.
📑Ushbu ma’rifiy tadbir nafaqat talabalar bilimini mustahkamlash, balki ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.
📆Tadbir 2026-yil 4-may kuni o‘tkazildi.
2🔥1
🇺🇿Fakultetning eng kuchli jamoasi kim?

🇺🇿O'zDJTUning bаrcha intellektual salohiyat egalari va bilimdonlari uchun haqiqiy sinov! O‘z do‘stlaringizni yig‘ing va
📚 "ZAKOVAT" maydonida fakultetingiz sharafini himoya qiling! 🌟

🇺🇿​O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Yoshlar Ittifoqi barcha fakultet talabalarini murosasiz va hayajonli intellektual jangga chorlaydi.

🇺🇿 Jamoa tarkibi: 3 nafardan 6 nafargacha ishtirokchi.
Sizni nima kutmoqda?
​Mantiqiy savollar: Faqatgina faktlar emas, balki kuchli mantiq va tezkor fikrlash sinovi!

🌐​Haqiqiy drayv: Universitetning eng zukko talabalari bilan bir davrada "brainstorming" zavqi!

​G'oliblik e'tirofi: Eng kuchli deb topilgan jamoalar maxsus diplom hamda hay'at a'zolari tomonidan munosib taqdirlanadilar.

🗓 Sana: 06.05.2026 (Ertaga)
Vaqt: 15:00
📍 Manzil: Ingliz tili 3-fakulteti, 409-xona

📱 Ro‘yxatdan o‘tish: @zulfiqorovna_22
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4😍3🥰2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 “Faynberg merosi” – ilhom va tafakkur manbai

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti iqtidorli talabasi Karimbayeva Mardona (XT-3, 2402-guruh) tomonidan “Faynberg merosi” nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi.

Mazkur tadbir davomida kitobning mazmun-mohiyati, undagi chuqur falsafiy qarashlar hamda bugungi yoshlar tafakkurini boyitishdagi o‘rni haqida atroflicha fikr yuritildi.

Taqdimot ishtirokchilari asar orqali yangi bilim va ilhom olishdi.

Ushbu taqdimot nafaqat adabiy, balki ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lib, talabalar qalbida kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

#UzDJTU
#TalabalarImkoniyati
#InglizTili3Fakultet
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰2😍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultet tyutori Nurullayev D. boshchiligida Gʻalaba bogʻiga tashrif buyurishdi.

Ushbu tashrif davomida talabalar yurtimiz tarixidagi muhim sahifalar, ajdodlarimiz jasorati va fidoyiligi bilan yaqindan tanishdilar.

🇺🇿Bog‘ning betakror muhitida ular nafaqat bilimlarini boyitdilar, balki vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga erishdilar.

🇺🇿Mazkur tashrif talabalarda tarixga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat va jamoaviylik ruhini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

#OʻzDJTU
#InglizTili3
#TalabalarHayoti
#GʻalabaBogʻi
#TalabalarFaolligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🥰1😍1
📝 “Young Researchers Club”: Ilmiy Izlanishlar Sari Navbatdagi Qadam

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Young Researchers Club” to‘garagining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ilmiy maydon asosan 2-kurs talabalarini birlashtirgan holda, ularning ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini tizimli rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

🔍 Seminar Mavzusi va Tahlillar
Bu galgi uchrashuv “Literature and Media Analysis & International Thematic Seminar” mavzusiga bag‘ishlandi. Seminar davomida talabalar nafaqat nazariy bilim oldilar, balki ayollarning jamiyatdagi o‘rni va ularning turli sohalardagi tasviri yuzasidan media materiallarini tanlash hamda tahlil qilish vazifalarini amaliy tarzda bajardilar.

Tadbir doirasida quyidagi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilindi:

Yetakchilik va Ovoz: Ayollarning jamiyatdagi roli va ularning qaror qabul qilishdagi ishtiroki.

To‘siqlarni Yengish: Ijtimoiy stereotiplar, jamiyat bosimi va kutilmalar bilan kurashish.

Hayotiy Tajriba: Kundalik hayotdagi real tajribalarning ilmiy va adabiy tahlili.

🎓 Maqsadimiz — Xalqaro Darajadagi Tadqiqotchilar
Mazkur to‘garak talabalarning ilmiy salohiyatini oshirish bilan birga, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlashni shakllantirib, xalqaro miqyosdagi tadqiqot loyihalariga tayyorlashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qilmoqda.
2