3rd English faculty
1.82K subscribers
12.4K photos
1.66K videos
198 files
1.93K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida
🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti va fakultet tyutori S. Berdiyeva tomonidan qatag‘on qurbonlaridan biri — Mulla Abduvahhob Ibodiy xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda 2502-guruh talabalari faol ishtirok etib, ajdodlarimizning murakkab tarixiy taqdiri, ularning ilm-fan va jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida fikr almashdilar.

Tadbir davomida Mulla Abduvahhob Ibodiyning hayoti va faoliyati yodga olinib, uning ilmiy merosi va ibratli hayot yo‘li yoshlarga chuqur ta’sir ko‘rsatdi.

Bunday tadbirlar yoshlar qalbida tarixga hurmat, milliy xotiraga sadoqat va ajdodlar merosiga ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌐Bizni tarmoqlarda kuzatib boring!
📱Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🥰1🤩1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti tyutorlari — Xolmurodova Z. Avazova M. hamda Sadullayev F. tashabbusi bilan “Shon-sharaf muzeyiga tashrif tashkil etildi.

Ushbu tashrif davomida Millat fidoyilari xiyoboniga borilib, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

Mazkur maskan – mardlik va fidoyilik timsoli bo‘lib, u yerda har bir yodgorlik va haykal buyuk ajdodlarimizning hayoti va jasoratidan so‘zlaydi.

Bu muhit inson qalbida chuqur o‘y uyg‘otib, o‘z tariximizni anglash va kelajak oldidagi burchimizni his etishga undaydi.

Ajdodlarimizning jasorati va fidoyiligi biz uchun doimo ilhom manbai bo‘lib qoladi. Ularning yorqin xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi.

🌐 Batafsil: https://t.me/thirdEnglishfaculty⁠�
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🤩2❤‍🔥1
“Moziyga qaytib” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri yuzasidan rasmiy axborot

2026-yil 2-may kuni Abdulla Qodiriy uy-muzeyida “Moziyga qaytib” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida o‘tkazilgan intellektual kviz musobaqasi ishtirokchilarning bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazuvchi muhim maydon vazifasini o‘tadi.

Bellashuvda asosiy e’tibor o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriyning hayot yo‘li hamda adibning “O‘tkan kunlar” asari mazmun-mohiyatiga qaratildi. Talabalar o‘zlarining nazariy bilimlarini namoyish etish bilan birga, tahliliy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va jamoada samarali ishlash ko‘nikmalarini amalda qo‘lladilar. Mazkur intellektual loyiha yoshlar orasida milliy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish va mutolaa madaniyatini targ‘ib qilishni maqsad qilgan.

Tadbir Ingliz tili 3-fakulteti, Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi katta o‘qituvchilari F. Mannonova, G. Hushnazarova hamda loyiha muallifi M. Qodiriy tomonidan yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazildi.
2👏1
📚 4-may kuni Ingliz tili 3-fakultetining tyutorlari Mamazohirova N Avazova M va Mamatova M tashabbusi bilan “Mulla Abduvaxxob Ibodiy” hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi.

📌Tadbir davomida buyuk adibning hayot yo‘li, ilmiy merosi hamda adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan hissasi haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan chiqishlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari kechaga alohida ruh bag‘ishladi.

📚Bunday tadbirlar yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy merosimizni chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
2
2026-yil 4-may kuni Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi o‘qituvchisi Bahronova Maftuna Farhodovna tomonidan 2508-guruh talabalari ishtirokida “Group working skills” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
O‘quvchilarga guruhda ishlash haqida savollar berildi va ularning fikrlari tinglandi. O‘quvchilar faol ishtirok etdi.
Asosiy qismda o‘qituvchi guruhda ishlash ko‘nikmalari haqida tushuncha berdi. Jumladan, muloqot qilish, hamkorlik, mas’uliyatni bo‘lishish, muammoni birgalikda hal qilish va liderlik ko‘nikmalari tushuntirildi.


Amaliy mashg‘ulot davomida talabalar kichik guruhlarga bo‘lindi. Har bir guruhga alohida topshiriq berildi va guruh ichida rollar (lider, kotib, taqdimotchi) taqsimlandi. O‘quvchilar berilgan vazifalarni hamkorlikda bajarishdi.
Taqdimot bosqichida har bir guruh o‘z ishini sinf oldida himoya qildi. Boshqa guruhlar tomonidan savollar berildi va muhokama olib borildi.
Yakuniy qismda o‘qituvchi darsni umumlashtirdi, o‘quvchilarning faoliyati baholandi va faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi.


Dars samarali tashkil etildi. O‘quvchilar guruhda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishdi. Ular o‘zaro hamkorlikda ishlash, fikr almashish va muammolarni birgalikda hal qilishni o‘rgandi.

Ochiq dars yuqori saviyada, aniq reja asosida va metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etildi. Talabalar tomonidan mavzu yaxshi o‘zlashtirildi. Bizni kuzatishda davom eting. t.me/thirdEnglishfaculty
2
🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakultetida
🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Dancing Club” faoliyati davom etmoqda

Klubning 2-kuni ham yuqori kayfiyatda o‘tdi. Faol qizlarimiz mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, bugun raqsning asosiy 8 ta harakatini o‘rganishdi. Eng quvonarlisi, ular o‘zlashtirgan harakatlarini bir-biriga o‘rgatib, jamoaviy muhitni yanada mustahkamlashdi

Raqsga qiziqasizmi? Siz ham safimizga qo‘shilib, o‘z iste’dodingizni rivojlantirmoqchimisiz?
Unda shoshiling!

😀Qo‘shilmoqchi bo‘lganlar: @sndrvaa ga murojaat qiling

Biz bilan birga harakatda bo‘ling!

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

📱Telegram 📱 Telegram
📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🥰1😍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🎬 “Eng yaxshi hujjatli film” tanlovi e’lon qilinadi!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari diqqatiga!

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan universitetimizda “Eng yaxshi hujjatli film” tanlovi o‘tkaziladi.

🗓️ Taqdim etish muddati: 2026-yil 14 - mayga qadar

🎯 Tanlov maqsadi:

• Yoshlar o‘rtasida tarixiy xotirani mustahkamlash
Vatan himoyachilariga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish
• Talabalarning kino va media sohasidagi ijodiy salohiyatini rivojlantirish
Milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhini targ‘ib qilish

🎥 Tanlov yo‘nalishlari:

• Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari hayoti
• Vatan himoyachilari haqida hikoyalar
• Tarixiy xotira va milliy qadriyatlar
• Yoshlar tarbiyasida vatanparvarlik g‘oyalari

Tanlovda qatnashish:

• Bakalavriat va magistratura talabalari
• Yakka tartibda yoki jamoa (5 kishigacha)
• 5–15 daqiqalik hujjatli film taqdim etiladi.

Nizom bilan tanishing

📥 Murojaat qilish tartibi:

• Tayyorlangan filmlar fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlariga topshiriladi

🧾 Baholash mezonlari:

• Mavzuning dolzarbligi
• Film mazmuni va g‘oyasi
• Ssenariy va rejissura
• Tasvir va montaj sifati
Ijodiy yondashuv

🏆 Mukofotlar:

Yakka ishtirokchilar uchun:
🥇1-o‘rin – bazaviy stipendiyaning 2 barobari + diplom
🥈2-o‘rin – 1,5 barobari + diplom
🥉3-o‘rin – 1 barobari + diplom

Jamoaviy ishtirokchilar uchun:
• Har bir a’zoga mos ravishda bazaviy stipendiya miqdorida rag‘batlantirish

Barcha faol ishtirokchilar diplom yoki tashakkurnoma bilan taqdirlanadi

📞 Tanlovga murojaat va ijodiy ishlarni topshirish uchun:
99-096-37-80
@javoxfx

📌 Eslatma:
Filmlar mustaqil tayyorlangan, sifatli va plagiatsiz bo‘lishi shart.

🗓 Natijalar: Universitet rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰1🤩1