3rd English faculty
1.82K subscribers
12.4K photos
1.66K videos
198 files
1.93K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
#Fakultet_yangiliklari
#Madaniy_tashrif

♻️ Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni milliy tarix va san’atga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida Ingliz tili 3-fakulteti tyutori R. Uzoqova o‘ziga biriktirilgan 2418-guruh talabalari bilan O‘zbekiston davlat tarixiy muzeyi hamda Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik teatriga ma’naviy-ma’rifiy tashrif uyushtirdi.


🏛 Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston davlat tarixiy muzeyi Markaziy Osiyodagi eng yirik va qadimiy muzeylardan biri bo‘lib, unda xalqimizning boy tarixi, qadimiy madaniyati va nodir eksponatlari jamlangan. Muzey tashrif buyuruvchilarga ajdodlarimizning hayot tarzi, urf-odatlari va tarixiy taraqqiyot bosqichlari haqida keng tasavvur beradi.
🎭 Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik teatri mamlakatimizning eng nufuzli san’at maskanlaridan biri hisoblanib, unda milliy va jahon sahna asarlari namoyish etiladi. Teatr binosi o‘zining betakror me’morchiligi va boy ijodiy an’analari bilan alohida e’tiborga sazovordir.
3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti tyutori Tursunboboyev Jaloliddin va fakultet talabalari bilan buyuk tariximiz aks etgan Amir Temur muzeyiga tashrif buyurdilar.

🇺🇿Mazkur tashrif davomida talabalar Sohibqiron Amir Temur hayoti, harbiy yurishlari hamda boy tarixiy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

Muzeydagi noyob eksponatlar, tarixiy manbalar va qadimiy ashyolar yoshlar qalbida milliy g‘urur va tarixga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar talabalarning bilimini kengaytirish, ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb tashlaydi

Tarixni bilgan yosh – kelajakka dadil qadam tashlaydi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🥰4😍3
🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida
🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti va fakultet tyutori S. Berdiyeva tomonidan qatag‘on qurbonlaridan biri — Mulla Abduvahhob Ibodiy xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda 2502-guruh talabalari faol ishtirok etib, ajdodlarimizning murakkab tarixiy taqdiri, ularning ilm-fan va jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida fikr almashdilar.

Tadbir davomida Mulla Abduvahhob Ibodiyning hayoti va faoliyati yodga olinib, uning ilmiy merosi va ibratli hayot yo‘li yoshlarga chuqur ta’sir ko‘rsatdi.

Bunday tadbirlar yoshlar qalbida tarixga hurmat, milliy xotiraga sadoqat va ajdodlar merosiga ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌐Bizni tarmoqlarda kuzatib boring!
📱Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🥰1🤩1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti tyutorlari — Xolmurodova Z. Avazova M. hamda Sadullayev F. tashabbusi bilan “Shon-sharaf muzeyiga tashrif tashkil etildi.

Ushbu tashrif davomida Millat fidoyilari xiyoboniga borilib, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

Mazkur maskan – mardlik va fidoyilik timsoli bo‘lib, u yerda har bir yodgorlik va haykal buyuk ajdodlarimizning hayoti va jasoratidan so‘zlaydi.

Bu muhit inson qalbida chuqur o‘y uyg‘otib, o‘z tariximizni anglash va kelajak oldidagi burchimizni his etishga undaydi.

Ajdodlarimizning jasorati va fidoyiligi biz uchun doimo ilhom manbai bo‘lib qoladi. Ularning yorqin xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi.

🌐 Batafsil: https://t.me/thirdEnglishfaculty⁠�
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🤩2❤‍🔥1
“Moziyga qaytib” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri yuzasidan rasmiy axborot

2026-yil 2-may kuni Abdulla Qodiriy uy-muzeyida “Moziyga qaytib” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida o‘tkazilgan intellektual kviz musobaqasi ishtirokchilarning bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazuvchi muhim maydon vazifasini o‘tadi.

Bellashuvda asosiy e’tibor o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriyning hayot yo‘li hamda adibning “O‘tkan kunlar” asari mazmun-mohiyatiga qaratildi. Talabalar o‘zlarining nazariy bilimlarini namoyish etish bilan birga, tahliliy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va jamoada samarali ishlash ko‘nikmalarini amalda qo‘lladilar. Mazkur intellektual loyiha yoshlar orasida milliy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish va mutolaa madaniyatini targ‘ib qilishni maqsad qilgan.

Tadbir Ingliz tili 3-fakulteti, Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi katta o‘qituvchilari F. Mannonova, G. Hushnazarova hamda loyiha muallifi M. Qodiriy tomonidan yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazildi.
2👏1
📚 4-may kuni Ingliz tili 3-fakultetining tyutorlari Mamazohirova N Avazova M va Mamatova M tashabbusi bilan “Mulla Abduvaxxob Ibodiy” hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi.

📌Tadbir davomida buyuk adibning hayot yo‘li, ilmiy merosi hamda adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan hissasi haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan chiqishlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari kechaga alohida ruh bag‘ishladi.

📚Bunday tadbirlar yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy merosimizni chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
2