3rd English faculty
1.81K subscribers
12.4K photos
1.66K videos
198 files
1.93K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🟦🟦🟦

O‘zDJTUda imzolangan memorandum amalda: sport yo‘nalishida navbatdagi tashabbus

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Polo Federatsiyasi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida amaliy ishlar bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda.

Shu asosda, bugun universitet rahbariyati vakillari rektor Ilxomjon Tuxtasinov bilan birgalikda Jamoat xavfsizligi universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifdan asosiy maqsad — ot sporti (polo yo‘nalishi) bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar bilan tanishish va ushbu sport turini rivojlantirishga qaratilgan jarayonlarda ishtirok etishdan iborat bo‘ldi.

Tashrif davomida universitet vakillari ot sporti bilan shug‘ullanish jarayonlari, mashg‘ulotlar tartibi va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, amaliy mashg‘ulotlarda ham ishtirok etdilar.

Mazkur tadbir O‘zDJTUda haftaning juma kuni “Sport kuni” sifatida belgilanganligi munosabati bilan tashkil etilib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda memorandum doirasidagi hamkorlikni amalda mustahkamlashga qaratildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “Yetakchi va yoshlar uchrashuvi” yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur uchrashuv yoshlar va rahbariyat o‘rtasida ochiq va samimiy muloqot maydoniga aylandi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, murojaatlar hamda takliflari bilan faol ishtirok etib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

💬 Har bir bildirilgan fikr e’tibor bilan tinglanib, yoshlarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanayotgani uchrashuvning eng muhim jihatlaridan biri bo‘ldi. Bu esa talaba-yoshlarning faolligini oshirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash hamda kelajak rejalari uchun muhim zamin yaratadi.

Uchrashuvda boshlang’ich tashkilot Yoshlar yetakchisi S.B. Islomova ishtirok etib, yoshlarning fikr-mulohazalarini tingladi, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirdi hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

🤝 Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammolariga yechim topish hamda faol va tashabbuskor yoshlar safini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍42🔥2🥰2👏2❤‍🔥11🎉1🏆1🍓1💋1
O‘zDJTU talabalari maktab o‘quvchilari uchun navbatdagi to'garak mashg‘ulotini o‘tkazdilar!

2026-yil 1️⃣-may kuni Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasiga biriktirilgan 2525-guruh talabalari Xusanova Sogdiana va Abduxalilova Muslimaxon tomonidan Toshkent shahar Chilonzor tumani 168-maktab 1-sinf o‘quvchilari uchun “Nature around us” mavzusida to‘garak mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot ochiq havoda, ya'ni maktab hovlisida o‘tkazilgani o‘quvchilarga yangi so‘zlarni amaliy tarzda o‘rganish imkonini berdi. Bolalar tree, flower, bird, sky, sun, grass kabi inglizcha so‘zlarni o‘rgandilar.

Interfaol o‘yinlar, savol-javoblar orqali o‘quvchilar darsda faol ishtirok etdilar. Shuningdek, ularga tabiatni asrash, daraxt va gullarga mehr bilan munosabatda bo‘lish haqida ham tushunchalar berildi.

Mazkur mashg‘ulot bolalarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish bilan birga, ekologik madaniyatini shakllantirishga ham xizmat qildi. 💚
2❤‍🔥1🔥1🥰1
🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti kengashi tomonidan navbatdagi ma’rifiy va motivatsion uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti
🇺🇿Lider qizlar koordinatori Norboyeva Laylo tomonidan “5 yildan keyingi men — bugungi qarorlar mahsuli” mavzusida qiziqarli munozara tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar o‘z kelajak rejalari, shaxsiy rivojlanish yo‘llari hamda bugungi kun qarorlarining ertangi natijalarga ta’siri haqida fikr almashdilar.

Munozara interaktiv ruhda o‘tib, ishtirokchilarda mas’uliyat, maqsad sari intilish va ongli tanlov qilish kabi muhim tushunchalarni shakllantirishga xizmat qildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning o‘z ustida ishlashi, aniq maqsad qo‘yishi va kelajagini ongli ravishda qurishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1🥰1😍1