Forwarded from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
O‘zDJTUda imzolangan memorandum amalda: sport yo‘nalishida navbatdagi tashabbus
Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Polo Federatsiyasi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida amaliy ishlar bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda.
Shu asosda, bugun universitet rahbariyati vakillari rektor Ilxomjon Tuxtasinov bilan birgalikda Jamoat xavfsizligi universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifdan asosiy maqsad — ot sporti (polo yo‘nalishi) bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar bilan tanishish va ushbu sport turini rivojlantirishga qaratilgan jarayonlarda ishtirok etishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida universitet vakillari ot sporti bilan shug‘ullanish jarayonlari, mashg‘ulotlar tartibi va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, amaliy mashg‘ulotlarda ham ishtirok etdilar.
Mazkur tadbir O‘zDJTUda haftaning juma kuni “Sport kuni” sifatida belgilanganligi munosabati bilan tashkil etilib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda memorandum doirasidagi hamkorlikni amalda mustahkamlashga qaratildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Uchrashuvda boshlang’ich tashkilot Yoshlar yetakchisi S.B. Islomova ishtirok etib, yoshlarning fikr-mulohazalarini tingladi, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirdi hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍4❤2🔥2🥰2👏2❤🔥1⚡1🎉1🏆1🍓1💋1
O‘zDJTU talabalari maktab o‘quvchilari uchun navbatdagi to'garak mashg‘ulotini o‘tkazdilar!
2026-yil 1️⃣-may kuni Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasiga biriktirilgan 2525-guruh talabalari Xusanova Sogdiana va Abduxalilova Muslimaxon tomonidan Toshkent shahar Chilonzor tumani 168-maktab 1-sinf o‘quvchilari uchun “Nature around us” mavzusida to‘garak mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot ochiq havoda, ya'ni maktab hovlisida o‘tkazilgani o‘quvchilarga yangi so‘zlarni amaliy tarzda o‘rganish imkonini berdi. Bolalar tree, flower, bird, sky, sun, grass kabi inglizcha so‘zlarni o‘rgandilar.
Interfaol o‘yinlar, savol-javoblar orqali o‘quvchilar darsda faol ishtirok etdilar. Shuningdek, ularga tabiatni asrash, daraxt va gullarga mehr bilan munosabatda bo‘lish haqida ham tushunchalar berildi.
Mazkur mashg‘ulot bolalarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish bilan birga, ekologik madaniyatini shakllantirishga ham xizmat qildi. 💚

❤2❤🔥1🔥1🥰1