3rd English faculty
1.81K subscribers
12.4K photos
1.66K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🇬🇧 Ingliz tili – 3 fakulteti “Ingliz tili integrallashgan kursi – 3” kafedrasi o‘qituvchisi Yulianna Zemlyankina tomonidan haftada 2 marotaba 2405-guruh talabalari ishtirokida “Keep Fit” raqs to‘garagi olib borilmoqda.

Mashg‘ulotlar darsdan tashqari vaqtda tashkil etilib, talabalar uchun mazmunli hordiq, jismoniy faollik va ijobiy kayfiyat ulashmoqda.

Jarayon davomida talabalar turli raqs turlarini o‘rganib, o‘z iste’dodlarini namoyon etish, sahnada erkin harakatlanish va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10❤‍🔥3🔥2🥰1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti talabalari tyutorlar
S. Berdiyeva va N. Mamazohirova boshchiligida Amir Temur haykaliga tashrif buyurishdi.

🇺🇿Ekskursiya davomida talabalar buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida yaqindan tanishib, tarixiy bilimlarini yanada mustahkamlashdi.

🇺🇿Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning tarixga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

#UzDJTU
#InglizTili3Fakultet
#Talabalartashrif
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🥰2🔥1😍1
🏢2416-guruh talabalari tomonidan o‘zbek xalqining sevimli va ardoqli shoiri Muhammad Yusuf tavallud ayyomiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
📚Tadbir Toshkent shahar, Chilonzor tumani 79-maktabda Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi tashabbusi hamda ustoz Ismoilova Zarifa rahbarligida o‘tkazildi. Unda shoirning hayoti va sermazmun ijodiga oid muhim ma’lumotlar keng yoritilib, uning yuraklarga yaqin she’rlari talabalar tomonidan ifodali va mahorat bilan ijro etildi.
📑Shuningdek, sahnalashtirilgan badiiy chiqishlar, jonli ijrolar va ijodiy namoyishlar tadbirga alohida ruh, samimiyat va badiiy joziba bag‘ishladi. Talabalarning sahnadagi faolligi, ijodkorligi va nutq madaniyati tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur tadbir yoshlar qalbida adabiyotga muhabbatni yanada kuchaytirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish hamda ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani yuksaltirishga xizmat qildi.
📆O‘tkazilgan sana: 29.04.2026
2
🟦🟦🟦

Kengash davomida ilmiy unvon olganlar taqdirlandi

2026-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashi yig‘ilishi davomida ilmiy-pedagogik faoliyatda yuqori natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilar munosib e’tirof etildi.

PROFESSOR ilmiy unvoni bilan:
Shamshetova Anjim Karamaddinovna
Petruxina Natalya Mixaylovna

DOTSENT ilmiy unvoni bilan:
Radjabova Gulnoza G‘iyosiddinovna
Moydinova Elmira Kamariddinovna
Bakirova Hilolaxon Botiraliyevna
Rasulova Nilufar Abduvossiyevna
Miliyeva Muattar Gaffarovna
Xalillayev Adilbek Kurambayevich

Ularning ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirof etilib, ilmiy unvon beruvchi diplomlar bilan tabriklandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🥰1😍1
1