3rd English faculty
1.81K subscribers
12.4K photos
1.67K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠❗️

🇺🇿Joriy yilning 29-aprel sanasida

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti IPMBIB psixologi Z. Xayrullayeva hamda
🇬🇧Uchinchi ingliz fakulteti faol talabalari hamkorligida psixologik trening mashg‘ulotlari tashkil qilindi.

Mazkur trening guruhning psixologik iqlimini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, unda stressni boshqarish, emotsional holatni regulyatsiya qilish, hamda o‘z fikrlarini erkin ifoda etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Trening jarayoni “Men-konsepsiyasi” tamoyili asosida tashkil etilib, ishtirokchilarning shaxsiy identifikatsiyasi, o‘z-o‘zini anglash va guruh ichidagi interpersonal munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

📱Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🥰2😍2🔥1💯1💋1🆒1
🌐 XALQARO TAJRIBA — YANGI IMKONIYATLAR!

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti talabalari
🇺🇿Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan “Diplomatiya mohiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyada munosib ishtirok etdi.

🗓2026-yil 29-aprel kuni bo‘lib o‘tgan ushbu nufuzli anjuman davomida talabalar diplomatiyaning zamonaviy yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlik va global muloqot masalalari yuzasidan o‘z bilim va fikrlarini boyitdilar.

Shuningdek, ular turli davlatlardan kelgan ishtirokchilar bilan fikr almashib, amaliy tajriba orttirdilar.

Mazkur konferensiya nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, balki talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash va xalqaro maydonda o‘z o‘rnini topishga xizmat qildi.

Ingliz tili 3-fakulteti talabalari yana bir bor o‘z faolligi, intilishi va salohiyatini namoyon etib, universitetimiz nufuzini munosib himoya qildilar.

#XalqaroKonferensiya #Diplomatiya
#UzDJTU
#Yoshlar
#InglizTili3Fakultet
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🥰1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

30-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining “Rektor kubogi” bahorgi mavsumiga start beriladi.

Bahorgi mavsum shartlariga ko‘ra, har bir jamoa chiqishlari davomida yulduzli mehmon bilan birgalikda ishtirok etishlari talab etiladi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘olib jamoalar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin — 20 million so‘m
🥈2-o‘rin — 15 million so‘m
🥉3-o‘rin — 10 million so‘m

Barcha talabalar va qiziquvchilarni ushbu ko‘tarinki kayfiyat ulashuvchi tadbirga taklif etamiz.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🤩2🥰1
Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi katta oʻqituvchisi Mahzuna Qodiriy rahbarligida XTA3-2410-guruh talabalari tomonidan 2026-yil 29-aprel kuni Uchtepa tumanidagi "Orom" 38-maktabda Muhammad Yusufning tavalludi munosabati bilan "Zakovat "intellektual oʻyini tashkil etildi .

Tadbirda 6-"v" sinf oʻquvchilari faol ishtirok etishdi . Tadbir bir nechta bosqichlarda oʻtkazildi .Tadbir davomida oʻquvchilar tomonidan shoirning hayoti va ijodiga doir maʼlumotlar aytildi , she'rlar oʻqildi ,kuy-qoʻshiqlar ijro etildi .Intelektual bellashuv yakunida faol qatnashgan har bir oʻquvchiga esdalik sovgʻalari va sertifikatlar topshirildi .

Mazkur tadbir yoshlar oʻrtasida Muhammad Yusufning ijodiga boʻlgan qiziqishlarini oshirish bilan birgalikda bayram kayfiyatini ham mustahkamlashga xizmat qildi.
5👏1
2416-guruh talabalari tomonidan o‘zbek xalqining sevimli va ardoqli shoiri Muhammad Yusuf tavallud ayyomiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbir 2026-yil 29-aprel kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani 79-maktabda Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi tashabbusi hamda ustoz Ismoilova Zarifa rahbarligida o‘tkazildi. Unda shoirning hayoti va sermazmun ijodiga oid muhim ma’lumotlar keng yoritilib, uning yuraklarga yaqin she’rlari talabalar tomonidan ifodali va yuksak mahorat bilan ijro etildi.

Shuningdek, sahnalashtirilgan badiiy chiqishlar, jonli ijrolar va turli ijodiy namoyishlar tadbirga alohida ruh, samimiyat hamda badiiy joziba bag‘ishladi. Talabalarning sahnadagi faolligi, ijodkorligi va nutq madaniyati tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Mazkur tadbir yoshlar qalbida adabiyotga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytirish, milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish hamda ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani yuksaltirishga xizmat qildi.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
2👍2