3rd English faculty
1.81K subscribers
12.4K photos
1.67K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🔻🔻🔻🔻🔻

O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov “Qalb diplomatiyasi” konferensiyasining ikkinchi kunida nutq so‘zladi

2026-yil 27–29-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “Diplomacy of the Heart: Language, Literature, and Law as Pathways to Intercultural Dialogue and Peacebuilding” (“Qalb diplomatiyasi: til, adabiyot va huquq orqali madaniyatlararo muloqot va tinchlikni mustahkamlash yo‘llari”) mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ikkinchi kuni mazmunli va muhokamalarga boy tarzda davom etdi. Tadbir Baskerville Institute, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda qator xalqaro va mahalliy oliy ta’lim muassasalari hamkorligida tashkil etilgan.

Konferensiyaning ikkinchi kuni doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, til, adabiyot va huquqning jamiyatlar o‘rtasida o‘zaro tushunish va tinchlikni mustahkamlashdagi o‘rni haqida nutq so‘zladi.

Shuningdek, tadbirda xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nosirov va universitet talabalari ham ishtirok etdi.

U globallashuv sharoitida til ta’limi madaniyatlar o‘rtasida muhim ko‘prik bo‘lib xizmat qilishini, yoshlarni xalqaro maydonda faol va mas’uliyatli ishtirok etishga tayyorlash zarurligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgani bois tarixan turli tillar va madaniyatlar tutashgan hudud bo‘lib kelgani qayd etildi. Ta’lim orqali ushbu merosni davom ettirish, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamkorlikni mustahkamlash muhim ekani alohida urg‘ulandi.

Kun davomida til va adabiyotning empatiya va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishdagi roli, ko‘p tilli huquqiy tizimlarning adolatni ta’minlashdagi ahamiyati, yoshlarning fuqarolik mas’uliyati hamda oliy ta’limning axloqiy yetakchilikni shakllantirishdagi o‘rni keng muhokama qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👏2🤩1
2026-yil 29-aprel kuni “TEXT TITANS” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti “Review and Certificate Day” mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulot Ingliz tili amaliy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi A.L. Talibjanova rahbarligida tashkil etildi.
Dars davomida talabalar o‘tgan mashg‘ulotlarda egallagan bilim va ko‘nikmalarini umumlashtirib, o‘zaro muhokama va tahlil jarayonlarida faol ishtirok etdilar. Mashg‘ulot yakunida faol qatnashgan talabalar rag‘batlantirilib, sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Mashg‘ulot jarayonida:
• Talabalar o‘z ishlari va erishgan natijalarini tahlil qildilar
• O‘zaro fikr almashish orqali bilimlar mustahkamlandi
• Eng faol ishtirokchilar aniqlanib, sertifikatlar topshirildi
• O‘quv jarayonidagi yutuqlar sarhisob qilindi
Mashg‘ulot davomida talabalar erkin muloqot olib borib, o‘z fikrlarini asosli tarzda ifoda etdilar hamda bir-birining yutuqlarini e’tirof etdilar.
“TEXT TITANS” — bilim, tahlil va hamkorlik maydoni!
5😍2❤‍🔥1👏1
5
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠❗️

🇺🇿Joriy yilning 29-aprel sanasida

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti IPMBIB psixologi Z. Xayrullayeva hamda
🇬🇧Uchinchi ingliz fakulteti faol talabalari hamkorligida psixologik trening mashg‘ulotlari tashkil qilindi.

Mazkur trening guruhning psixologik iqlimini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, unda stressni boshqarish, emotsional holatni regulyatsiya qilish, hamda o‘z fikrlarini erkin ifoda etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Trening jarayoni “Men-konsepsiyasi” tamoyili asosida tashkil etilib, ishtirokchilarning shaxsiy identifikatsiyasi, o‘z-o‘zini anglash va guruh ichidagi interpersonal munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

📱Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🥰2😍2🔥1💯1💋1🆒1
🌐 XALQARO TAJRIBA — YANGI IMKONIYATLAR!

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti talabalari
🇺🇿Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan “Diplomatiya mohiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyada munosib ishtirok etdi.

🗓2026-yil 29-aprel kuni bo‘lib o‘tgan ushbu nufuzli anjuman davomida talabalar diplomatiyaning zamonaviy yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlik va global muloqot masalalari yuzasidan o‘z bilim va fikrlarini boyitdilar.

Shuningdek, ular turli davlatlardan kelgan ishtirokchilar bilan fikr almashib, amaliy tajriba orttirdilar.

Mazkur konferensiya nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, balki talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash va xalqaro maydonda o‘z o‘rnini topishga xizmat qildi.

Ingliz tili 3-fakulteti talabalari yana bir bor o‘z faolligi, intilishi va salohiyatini namoyon etib, universitetimiz nufuzini munosib himoya qildilar.

#XalqaroKonferensiya #Diplomatiya
#UzDJTU
#Yoshlar
#InglizTili3Fakultet
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🥰1😍1