3rd English faculty
1.81K subscribers
12.4K photos
1.67K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
2026-yil 28-aprel kuni Chilonzor tumanidagi 164-maktabda ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularni erkin muloqotga jalb etish maqsadida “English Speaking Day” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbir 4-sinf o‘quvchilari ishtirokida yuqori saviyada o‘tkazildi.

🇬🇧Mazkur tadbirni Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili integrallashgan kurs 3-kafedra mudiri Omonov P.X. hamda kafedra katta o‘qituvchisi Ismoilova Z.A. olib bordi.

Tadbir davomida o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va bilim darajasi inobatga olingan holda turli interaktiv usullardan samarali foydalanildi.
Jarayon davomida o‘quvchilarning ingliz tilida erkin fikr bildirish, tinglash va tushunish ko‘nikmalari yaqqol namoyon bo‘ldi. Ular topshiriqlarni qiziqish va faollik bilan bajarib, jamoada ishlash hamda muloqot madaniyatini ko‘rsatdilar.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantirilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu esa o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamladi.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 KATTA YANGILIK ‼️

🎓 Hurmatli talabalar! Sizlar uchun mutlaqo noyob imkoniyat — hali bunday uchrashuv bo‘lmagan!

🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 😊Ingliz tili ikkinchi fakulteti 🇺🇿"Qizlarjon " va "Lider qizlar" klublari tomonidan "Level up: Bahor mavsumi" doirasida styuardessa Aziza Vafoyeva bilan eksklyuziv master-klass bo‘lib o‘tadi! ✈️


🌍Aziza Vafoyeva — aviatsiya sohasida katta tajribaga ega mutaxassis:

— 2018-yildan buyon ushbu sohada faoliyat yuritadi
— Faoliyatini Uzbekistan Airways kompaniyasida boshlagan
— 2023-yildan Centrum Air tarkibida ishlagan
— Hozirda esa 2025-yildan boshlab DC Aviation Al-Futtaim kompaniyasida biznes jetlarda parvoz qilmoqda ✈️


💬 Master-klass davomida siz:
— Styuardessa kasbining sir-asrorlari
— Aviatsiya hayoti va real tajribalar
— Xalqaro darajadagi imkoniyatlar haqida bilib olasiz!

🗓 Sana: 5-may
Vaqt: 11:00
📍 Manzil: Ingliz tili ikkinchi fakulteti

📨Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot uchun: @dilfuzka_n

🔥 Orzularingizni osmonga ko‘taring! Balki keyingi parvoz aynan sizniki bo‘lar…

📲 Bizni kuzatishda davom eting:
💬Telegram | Telegram
😀Instagram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🥰3🤩1
🇬🇧 29.04.2026 yil Ingliz tili 3-fakultetida fakultet dekani I. Xaydarov va yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M. Jakbarov tomonidan "Moliyaviy havfsizlik" mavzusida fakultet talabalari uchun darslar tashkil qilindi.

Darslar jarayonida kiberxavfsizlik, bank tizimi, plastik kartadan foydalanish huquqlari, hozirda fuqarolar moliyaviy huquqlarini himoya qilish bo'yicha banklar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar borasida qiziqarli va foydali ma'lumotlar berildi.

Darslar juda qizg'in muhokama tarzida o'tkazildi. "Moliyaviy havfsizlik' mavzusidagi materiallar barcha kurs talabalariga yetkazildi.
Ushbu tadbirda fakultet tyutorlari faol ishtirok etishdi.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🇺🇿 Ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi

🇺🇿2026-yil 29-aprel kuni 🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakultetida navbatdagi ma’rifat darsi yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur dars fakultet dekani I. Xaydarov tomonidan “Innovatsion fikrlash” mavzusida mazmunli va dolzarb ma’ruza qilindi.

Unda zamonaviy dunyoda innovatsion yondashuvning ahamiyati, kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yangi g‘oyalarni ilgari surishning istiqbollari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, ma’ruza davomida yoshlarning ilm-fan, texnologiya va ta’lim sohalarida innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, yangicha qarashlarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Dars davomida talaba-yoshlar faol ishtirok etib, o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar hamda mavzu yuzasidan savol-javoblar tashkil etildi

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🔻🔻🔻🔻🔻

O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov “Qalb diplomatiyasi” konferensiyasining ikkinchi kunida nutq so‘zladi

2026-yil 27–29-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “Diplomacy of the Heart: Language, Literature, and Law as Pathways to Intercultural Dialogue and Peacebuilding” (“Qalb diplomatiyasi: til, adabiyot va huquq orqali madaniyatlararo muloqot va tinchlikni mustahkamlash yo‘llari”) mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ikkinchi kuni mazmunli va muhokamalarga boy tarzda davom etdi. Tadbir Baskerville Institute, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda qator xalqaro va mahalliy oliy ta’lim muassasalari hamkorligida tashkil etilgan.

Konferensiyaning ikkinchi kuni doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, til, adabiyot va huquqning jamiyatlar o‘rtasida o‘zaro tushunish va tinchlikni mustahkamlashdagi o‘rni haqida nutq so‘zladi.

Shuningdek, tadbirda xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nosirov va universitet talabalari ham ishtirok etdi.

U globallashuv sharoitida til ta’limi madaniyatlar o‘rtasida muhim ko‘prik bo‘lib xizmat qilishini, yoshlarni xalqaro maydonda faol va mas’uliyatli ishtirok etishga tayyorlash zarurligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgani bois tarixan turli tillar va madaniyatlar tutashgan hudud bo‘lib kelgani qayd etildi. Ta’lim orqali ushbu merosni davom ettirish, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamkorlikni mustahkamlash muhim ekani alohida urg‘ulandi.

Kun davomida til va adabiyotning empatiya va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishdagi roli, ko‘p tilli huquqiy tizimlarning adolatni ta’minlashdagi ahamiyati, yoshlarning fuqarolik mas’uliyati hamda oliy ta’limning axloqiy yetakchilikni shakllantirishdagi o‘rni keng muhokama qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👏2🤩1