3rd English faculty
1.81K subscribers
12.5K photos
1.67K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Ma’naviyat maskaniga tashrif — adabiyotga ehtirom ifodasi

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti tutori Uzoqova R. hamda 2425-2426-guruh talabalari tomonidan poytaxtimizdagi Adiblar xiyoboniga ma’naviy-ma’rifiy tashrif amalga oshirildi.

🇺🇿Tashrif davomida talabalar XX asrning zabardast shoiri va mohir tarjimoni Aleksandr Faynberg xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirib, uning serqirra ijodiy merosi, she’riyatdagi betakror uslubi hamda milliy va jahon adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida atroflicha mulohaza yuritdilar.

🇺🇿Mazkur tashrif talabalarda adabiyotga bo‘lgan yuksak hurmatni shakllantirish, ma’naviy tafakkurni boyitish hamda milliy qadriyatlarga sadoqat ruhini mustahkamlashda muhim omil bo‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🥰2😍1
🇺🇿 Ma’naviyat maskaniga tashrif — adabiyotga ehtirom ifodasi

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti tyutori S.Berdiyeva hamda 2503-guruh talabalari bilan poytaxtimizdagi Adiblar xiyoboniga ma’naviy-ma’rifiy tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida talabalar XX asrning zabardast shoiri Muhammad Yusuf xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirib, uning serqirra ijodiy merosi, she’riyatdagi betakror uslubi hamda milliy va jahon adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida atroflicha mulohaza yuritdilar.

Mazkur tashrif talabalarda adabiyotga bo‘lgan yuksak hurmatni shakllantirish, ma’naviy tafakkurni boyitish hamda milliy qadriyatlarga sadoqat ruhini mustahkamlashda muhim omil bo‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
2026-yil 28-aprel kuni Chilonzor tumanidagi 164-maktabda ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularni erkin muloqotga jalb etish maqsadida “English Speaking Day” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbir 4-sinf o‘quvchilari ishtirokida yuqori saviyada o‘tkazildi.

🇬🇧Mazkur tadbirni Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili integrallashgan kurs 3-kafedra mudiri Omonov P.X. hamda kafedra katta o‘qituvchisi Ismoilova Z.A. olib bordi.

Tadbir davomida o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va bilim darajasi inobatga olingan holda turli interaktiv usullardan samarali foydalanildi.
Jarayon davomida o‘quvchilarning ingliz tilida erkin fikr bildirish, tinglash va tushunish ko‘nikmalari yaqqol namoyon bo‘ldi. Ular topshiriqlarni qiziqish va faollik bilan bajarib, jamoada ishlash hamda muloqot madaniyatini ko‘rsatdilar.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantirilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu esa o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamladi.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 KATTA YANGILIK ‼️

🎓 Hurmatli talabalar! Sizlar uchun mutlaqo noyob imkoniyat — hali bunday uchrashuv bo‘lmagan!

🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 😊Ingliz tili ikkinchi fakulteti 🇺🇿"Qizlarjon " va "Lider qizlar" klublari tomonidan "Level up: Bahor mavsumi" doirasida styuardessa Aziza Vafoyeva bilan eksklyuziv master-klass bo‘lib o‘tadi! ✈️


🌍Aziza Vafoyeva — aviatsiya sohasida katta tajribaga ega mutaxassis:

— 2018-yildan buyon ushbu sohada faoliyat yuritadi
— Faoliyatini Uzbekistan Airways kompaniyasida boshlagan
— 2023-yildan Centrum Air tarkibida ishlagan
— Hozirda esa 2025-yildan boshlab DC Aviation Al-Futtaim kompaniyasida biznes jetlarda parvoz qilmoqda ✈️


💬 Master-klass davomida siz:
— Styuardessa kasbining sir-asrorlari
— Aviatsiya hayoti va real tajribalar
— Xalqaro darajadagi imkoniyatlar haqida bilib olasiz!

🗓 Sana: 5-may
Vaqt: 11:00
📍 Manzil: Ingliz tili ikkinchi fakulteti

📨Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot uchun: @dilfuzka_n

🔥 Orzularingizni osmonga ko‘taring! Balki keyingi parvoz aynan sizniki bo‘lar…

📲 Bizni kuzatishda davom eting:
💬Telegram | Telegram
😀Instagram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🥰3🤩1
🇬🇧 29.04.2026 yil Ingliz tili 3-fakultetida fakultet dekani I. Xaydarov va yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M. Jakbarov tomonidan "Moliyaviy havfsizlik" mavzusida fakultet talabalari uchun darslar tashkil qilindi.

Darslar jarayonida kiberxavfsizlik, bank tizimi, plastik kartadan foydalanish huquqlari, hozirda fuqarolar moliyaviy huquqlarini himoya qilish bo'yicha banklar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar borasida qiziqarli va foydali ma'lumotlar berildi.

Darslar juda qizg'in muhokama tarzida o'tkazildi. "Moliyaviy havfsizlik' mavzusidagi materiallar barcha kurs talabalariga yetkazildi.
Ushbu tadbirda fakultet tyutorlari faol ishtirok etishdi.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2