3rd English faculty
1.81K subscribers
12.5K photos
1.67K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🤩 “Share Care” loyihasiga start berildi!

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida “Share Care — bu oddiy kitob almashinuvi emas, bu bilim ulashish, yangi tanishuvlar va kitobxonlikni birga rivojlantiruvchi” tamoyili asosida yangi loyiha ishga tushirildi.

🇺🇿Mazkur loyiha Ingliz tili 3-fakulteti iqtidorli talabasi Abdullayeva Xurshida tomonidan tashkil etildi.

📒Loyiha doirasida talabalar faol ishtirok etib, o‘zaro kitob almashishdi, yangi asarlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishdi.

📓Share Care” loyihasi nafaqat kitob almashinuvi, balki bilim va do‘stlikni ulashuvchi muhim tashabbus sifatida e’tirof etilmoqda.

#UzDJTU
#InglizTili3Fakultet
#ShareCare
#TalabalarImkoniyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12🥰1🤩1
🎬 TANLOV E’LON QILINADI!

OʻzDJTU 3-ingliz fakulteti iqtidorli talabasi Esonaliyeva Xusnida tashabbusi bilan munosabati bilan “Eng yaxshi videorolik” tanlovi start oladi!

Agar siz ijodkor bo‘lsangiz, bu aynan siz uchun imkoniyat Videongiz orqali tarix, hurmat va qadriyatlarni yurakdan his qildiring.

🎥 Talablar: — Video mazmuni xotira va qadrlash g‘oyasini chuqur yoritishi kerak.
— Kreativ yondashuv, original g‘oya va ta’sirchanlik muhim.

📅 So‘nggi muddat: 6-may.

🏅 G‘oliblar 3-ingliz fakulteti tomonidan rasmiy sertifikat bilan taqdirlanadi.

📍 Tanlov quyidagi kanalda o‘tkaziladi: https://t.me/faynberghayoti
📩 Tayyor videolarni bu yerga yuborishingiz mumkin: @Husnida_25

💡 Eng yaxshi ishlar albatta e’tibordan chetda qolmaydi!

Shoshiling va o‘z iste’dodingizni namoyon qiling!
1
♻️ Joriy yilning 28-aprel sanasida talabar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni adabiy merosga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida Ingliz tili 3-fakulteti tyutori Sh.Kadirova o'ziga biriktirilgan 2-bosqich talabalarini O'zbek adabiyotining yorqin namoyondasi bo'lmish Abdulla Qodiriyning uy-muzeyiga ma'naviy-ma'rifiy tashrif uyushtirdi.

📖 Ma’lumot oʻrnida, Abdulla Qodiriy yashagan ikki qavatli uy va shiypon 1928 yili adibning o‘zi va ustalar yordamida qurilgan. Abdulla Qodiriy u yerda 1937 yilgacha yashagan.

📚
Adib hayotining eng mazmunli yillari o‘tgan qutlug‘ maskan endilikda yozuvchi-shoirlar, adabiyot muxlislari, madaniyat va san'at namoyandalari, muzeyshunoslar, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, yozuvchining qarindoshlari, avlodlari, talabalar, mahalliy va xorijiy sayyohlar keladigan ajoyib maskanga aylandi.


♻️ Tashrif davomida talabalar yozuvchining hayoti, ijodi, tarixiy shaxsi hamda adabiy merosi bilan yaqindan tanishdilar.
4🔥2👍1👏1
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

Vazirlar mahkamasining 2025-yil 10-martdagi Qayta taqsimlash boʻyicha 149-sonli qaroriga muvofiq

Talabalarga o‘qish uchun tavsiya etiladigan eng sаrа KITOBLAR RO‘YXATI bilan tanishing

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Joriy yilning 28-aprel sanasida
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti tyutorlari Uzoqova R. va Mamazohirova N. 2417-guruh talabalari bilan birgalikda

🇺🇿Adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdi. Tashrif mashhur o‘zbek shoiri Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan tashkil etildi.

🇺🇿Tadbir davomida talabalar shoir ijodi, hayoti va adabiy merosi bilan yaqindan tanishdilar hamda uning she’rlaridan namunalar o‘qib berdilar.

🇺🇿Mazkur tashrif talabalarda adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7😍2❤‍🔥1🥰1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 Ma’naviyat maskaniga tashrif — adabiyotga ehtirom ifodasi

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti tutori Uzoqova R. hamda 2425-2426-guruh talabalari tomonidan poytaxtimizdagi Adiblar xiyoboniga ma’naviy-ma’rifiy tashrif amalga oshirildi.

🇺🇿Tashrif davomida talabalar XX asrning zabardast shoiri va mohir tarjimoni Aleksandr Faynberg xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirib, uning serqirra ijodiy merosi, she’riyatdagi betakror uslubi hamda milliy va jahon adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida atroflicha mulohaza yuritdilar.

🇺🇿Mazkur tashrif talabalarda adabiyotga bo‘lgan yuksak hurmatni shakllantirish, ma’naviy tafakkurni boyitish hamda milliy qadriyatlarga sadoqat ruhini mustahkamlashda muhim omil bo‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🥰2😍1