3rd English faculty
1.81K subscribers
12.5K photos
1.67K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
3rd English faculty pinned «🎯🎯🎯🎯🎯 🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida ZAMONAVIY VA MILLIY RAQS TO‘GARAGI start oladi! 🗓Har dushanba | 15:00 👑 Bu oddiy to‘garak emas! 2 yillik tajribaga ega, diplom va sertifikatlar sohibi bo‘lgan universitetimiz talabasi tomonidan olib boriladi — ya’ni…»
TTJda navbatdagi ma’naviyat soatlari o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalar turar joyida navbatdagi ma’naviyat soatlari tashkil etildi.

Mazkur tadbir 1-TTJda IPMBIB boshlig‘i F. Xabiyeva hamda Ingliz tili 3-fakulteti tutori N. Israilova tomonidan o‘tkazildi.

Ma’naviyat soati davomida talaba-yoshlar bilan dolzarb mavzular yuzasidan suhbat olib borildi, ularning fikr-mulohazalari tinglandi hamda foydali tavsiyalar berildi.

Bunday uchrashuvlar talabalarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish va sog‘lom muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5😍2🥰1
Joriy yilning 27-aprel sanasida

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida “Guruhning psixologik muhiti” mavzusida psixoprofilaktik tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida IPMBIB psixologi Z. Xayrullayeva, IPMBIB Ingliz tili 3-fakulteti mutaxassisi N. Israilova hamda Ingliz amaliy fanlar 3 kafedra katta oʻqitivchisi A.Talibjonova ishtirokida 1-bosqich talabalari bilan guruhiy suhbat o‘tkazildi.

Suhbat jarayonida guruh ichidagi ijtimoiy-psixologik iqlim, interpersonal munosabatlar, kommunikativ kompetensiya hamda talabalarning emotsional holatini optimallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni psixokorreksion trening mashg‘ulotiga taklif etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🥰1🤩1
🤩 “Share Care” loyihasiga start berildi!

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida “Share Care — bu oddiy kitob almashinuvi emas, bu bilim ulashish, yangi tanishuvlar va kitobxonlikni birga rivojlantiruvchi” tamoyili asosida yangi loyiha ishga tushirildi.

🇺🇿Mazkur loyiha Ingliz tili 3-fakulteti iqtidorli talabasi Abdullayeva Xurshida tomonidan tashkil etildi.

📒Loyiha doirasida talabalar faol ishtirok etib, o‘zaro kitob almashishdi, yangi asarlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishdi.

📓Share Care” loyihasi nafaqat kitob almashinuvi, balki bilim va do‘stlikni ulashuvchi muhim tashabbus sifatida e’tirof etilmoqda.

#UzDJTU
#InglizTili3Fakultet
#ShareCare
#TalabalarImkoniyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12🥰1🤩1
🎬 TANLOV E’LON QILINADI!

OʻzDJTU 3-ingliz fakulteti iqtidorli talabasi Esonaliyeva Xusnida tashabbusi bilan munosabati bilan “Eng yaxshi videorolik” tanlovi start oladi!

Agar siz ijodkor bo‘lsangiz, bu aynan siz uchun imkoniyat Videongiz orqali tarix, hurmat va qadriyatlarni yurakdan his qildiring.

🎥 Talablar: — Video mazmuni xotira va qadrlash g‘oyasini chuqur yoritishi kerak.
— Kreativ yondashuv, original g‘oya va ta’sirchanlik muhim.

📅 So‘nggi muddat: 6-may.

🏅 G‘oliblar 3-ingliz fakulteti tomonidan rasmiy sertifikat bilan taqdirlanadi.

📍 Tanlov quyidagi kanalda o‘tkaziladi: https://t.me/faynberghayoti
📩 Tayyor videolarni bu yerga yuborishingiz mumkin: @Husnida_25

💡 Eng yaxshi ishlar albatta e’tibordan chetda qolmaydi!

Shoshiling va o‘z iste’dodingizni namoyon qiling!
1
♻️ Joriy yilning 28-aprel sanasida talabar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni adabiy merosga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida Ingliz tili 3-fakulteti tyutori Sh.Kadirova o'ziga biriktirilgan 2-bosqich talabalarini O'zbek adabiyotining yorqin namoyondasi bo'lmish Abdulla Qodiriyning uy-muzeyiga ma'naviy-ma'rifiy tashrif uyushtirdi.

📖 Ma’lumot oʻrnida, Abdulla Qodiriy yashagan ikki qavatli uy va shiypon 1928 yili adibning o‘zi va ustalar yordamida qurilgan. Abdulla Qodiriy u yerda 1937 yilgacha yashagan.

📚
Adib hayotining eng mazmunli yillari o‘tgan qutlug‘ maskan endilikda yozuvchi-shoirlar, adabiyot muxlislari, madaniyat va san'at namoyandalari, muzeyshunoslar, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, yozuvchining qarindoshlari, avlodlari, talabalar, mahalliy va xorijiy sayyohlar keladigan ajoyib maskanga aylandi.


♻️ Tashrif davomida talabalar yozuvchining hayoti, ijodi, tarixiy shaxsi hamda adabiy merosi bilan yaqindan tanishdilar.
4🔥2👍1👏1