3rd English faculty
1.81K subscribers
12.5K photos
1.67K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
2026-yil 25-aprel sanasida Toshkent shahar Chilonzor tumani joylashgan 164-sonli umumta’lim maktabida navbatdagi "Present Perfect " mavzusidagi qiziqarli va mazmunli ingliz tili to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

🎓 Mashg‘ulotni Ingliz tili -3 fakulteti dotsent P.Omanov rahbarligida 2-kurs iqtidorli talabasi N. Zafarova olib bordi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga mavzu sodda va tushunarli usulda izohlandi, doskada misollar asosida tushuntirishlar berildi hamda savol-javoblar orqali bilimlar mustahkamlandi. O‘quvchilar dars jarayonida faol ishtirok etib, yangi mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini ingliz tilida ifodalashga harakat qildilar.

Bu kabi to‘garak mashg‘ulotlari o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, erkin fikrlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim аhamiyat kasb etadi.

#Chilonzor #164maktab #EnglishClass #TogarakMashguloti #InglizTili #PresentPerfect
3
📌 Adabiyotga bag‘ishlangan ma’naviy tadbir

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti 2405-guruh talabalari tomonidan sevimli shoirimiz Muhammad Yusuf tavallud ayyomi munosabati bilan mazmunli tadbir tashkil etildi.

Tadbir fakultet tyutori Israilova N. hamda faol talabalardan Rasuljonova Dilnoza tashabbusi bilan yuqori saviyada o‘tkazildi. Unda shoirning hayoti va ijodi, Vatanga muhabbat, insoniylik va sadoqatni madh etuvchi she’rlari keng yoritildi.

📖 Tadbir davomida: — Muhammad Yusufning mashhur she’rlari ifodali o‘qildi.
— talabalar o‘z ijodiy chiqishlari bilan ishtirok etdilar.
-Talabalar viktorina savollariga ham javob berdilar .

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar qalbida adabiyotga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
3🥰3👏1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥🔥🔥

Bugungi Muhammad Yusufga bag'ishlangan tadbirimizdan lavhalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰43😍3🤩2🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti 2506-guruh talabalari hamda o‘qituvchi Yo‘ldosheva M. tashabbusi bilan badiiy sahna ko‘rinishi tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘zbek adabiyotining mashhur sahna asarlaridan— “Suyunchi” talaba-yoshlar tomonidan mahorat bilan sahnalashtirildi.

Talabalar obrazlarni chuqur his etgan holda, sahnada yuqori darajadagi ijro namoyon etishdi.

🇺🇿Ushbu chiqishlar nafaqat ishtirokchilarning ijodiy salohiyatini ochib berdi, balki tomoshabinlarda ham unutilmas taassurot qoldirdi.

Bunday madaniy tadbirlar talabalarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish hamda sahna san’atiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🤩32🔥1🥰1🍓1
⛰️⛰️⛰️

2026-yili 26-aprel sanasida 3-ingliz kafedrasi o'qituvchi Kambarova D.M.rahbarligida 2505-guruh talabalari bilan "Xojikent"hududida sog‘lomlashtirish maqsadida sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida talabalar tabiat qo‘ynida mazmunli hordiq chiqardilar. Xojikentning so‘lim manzaralari, musaffo havosi va tog‘ etaklaridagi go‘zal tabiat ishtirokchilarga katta zavq bag‘ishladi. Talabalar o‘zaro jamoaviy o‘yinlar o‘ynab, turli qiziqarli mashg‘ulotlar orqali bir-birlariga yanada yaqinlashdilar.

Shuningdek, sayohat davomida piknik tashkil etilib, talabalar samimiy suhbatlar qurishdi. Bu jarayon ularning jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni oshirishga xizmat qildi.

Mazkur tadbir talabalarning nafaqat jismoniy, balki ruhiy dam olishlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Ular kundalik o‘quv jarayonidan biroz chetlanib yangi kuch bilan qaytdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥11👍1🔥1💯1
🎯🎯🎯🎯🎯

🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida ZAMONAVIY VA MILLIY RAQS TO‘GARAGI start oladi!

🗓Har dushanba | 15:00

👑 Bu oddiy to‘garak emas!

2 yillik tajribaga ega, diplom va sertifikatlar sohibi bo‘lgan universitetimiz talabasi tomonidan olib boriladi — ya’ni siz ishonchli qo‘llardasiz!

Sizni nimalar kutmoqda?
🔥 Sahna chiqishlari va universitet tadbirlarida ishtirok
🎓 Sertifikat olish imkoniyati
🎁 Yakunda sovg‘alar
😀 Yangi, energiyaga boy do‘stlar
😀 Kayfiyat +100%

😀 Raqs — bu shunchaki harakat emas, bu o‘ziga ishonch, stil va energiya!
Ayniqsa qizlar uchun — bu o‘zini namoyon qilishning eng chiroyli yo‘li!

🌐 Joylar cheklangan! Kech qolmang — hoziroq qo‘shiling!

Murojaat uchun: @sndrvaa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🤩3🥰2
3rd English faculty pinned «🎯🎯🎯🎯🎯 🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida ZAMONAVIY VA MILLIY RAQS TO‘GARAGI start oladi! 🗓Har dushanba | 15:00 👑 Bu oddiy to‘garak emas! 2 yillik tajribaga ega, diplom va sertifikatlar sohibi bo‘lgan universitetimiz talabasi tomonidan olib boriladi — ya’ni…»
TTJda navbatdagi ma’naviyat soatlari o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalar turar joyida navbatdagi ma’naviyat soatlari tashkil etildi.

Mazkur tadbir 1-TTJda IPMBIB boshlig‘i F. Xabiyeva hamda Ingliz tili 3-fakulteti tutori N. Israilova tomonidan o‘tkazildi.

Ma’naviyat soati davomida talaba-yoshlar bilan dolzarb mavzular yuzasidan suhbat olib borildi, ularning fikr-mulohazalari tinglandi hamda foydali tavsiyalar berildi.

Bunday uchrashuvlar talabalarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish va sog‘lom muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5😍2🥰1