3rd English faculty
1.81K subscribers
12.5K photos
1.67K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
Bugun, 2026-yil 25-aprel kuni Chilonzor tumanidagi 164-sonli umumta’lim maktabida navbatdagi qiziqarli va mazmunli ingliz tili to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

🎓 Mashg‘ulotni o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan, izlanuvchan va faol Ingliz tili -3 fakultetining 2-kurs talabasi N. Zafarova olib bordi.

📝 Dars mavzusi: Present Perfect

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga mavzu sodda va tushunarli usulda izohlandi, doskada misollar asosida tushuntirishlar berildi hamda savol-javoblar orqali bilimlar mustahkamlandi. O‘quvchilar dars jarayonida faol ishtirok etib, yangi mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini ingliz tilida ifodalashga harakat qildilar.

Bunday to‘garak mashg‘ulotlari o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, erkin fikrlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim аhamiyat kasb etadi.

#Chilonzor #164maktab #EnglishClass #TogarakMashguloti #InglizTili #PresentPerfect
2🥰1
🎯🎯🎯🎯🎯

🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida ZAMONAVIY VA MILLIY RAQS TO‘GARAGI start oladi!

🗓Har dushanba | 14:00

👑 Bu oddiy to‘garak emas!

2 yillik tajribaga ega, diplom va sertifikatlar sohibi bo‘lgan universitetimiz talabasi tomonidan olib boriladi — ya’ni siz ishonchli qo‘llardasiz!

Sizni nimalar kutmoqda?
🔥 Sahna chiqishlari va universitet tadbirlarida ishtirok
🎓 Sertifikat olish imkoniyati
🎁 Yakunda sovg‘alar
😀 Yangi, energiyaga boy do‘stlar
😀 Kayfiyat +100%

😀 Raqs — bu shunchaki harakat emas, bu o‘ziga ishonch, stil va energiya!
Ayniqsa qizlar uchun — bu o‘zini namoyon qilishning eng chiroyli yo‘li!

🌐 Joylar cheklangan! Kech qolmang — hoziroq qo‘shiling!

Murojaat uchun: @sndrvaa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🤩2🥰1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿Õzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultet
2505-guruh ta
labalari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar oʻqituvchi Yoʻldosheva M. boshchiligida Abdulla Qodiriy qalamiga mansub "Oʻtkan kunlar" asaridan sahna koʻrinishini namoyish etdilar.

Mazkur chiqish orqali talabalar oʻzlarining ijodiy yondashuvi, sahna madaniyati hamda milliy adabiyotimizga boʻlgan hurmatini namoyon etdilar.

Tadbir barcha ishtirokchilar uchun katta taassurot qoldirdi.

Bunday tashabbuslar yoshlarimizning ma’naviy dunyosini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰2🤩21❤‍🔥1🔥1🍓1
3rd English faculty pinned «🎯🎯🎯🎯🎯 🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida ZAMONAVIY VA MILLIY RAQS TO‘GARAGI start oladi! 🗓Har dushanba | 14:00 👑 Bu oddiy to‘garak emas! 2 yillik tajribaga ega, diplom va sertifikatlar sohibi bo‘lgan universitetimiz talabasi tomonidan olib boriladi — ya’ni…»
🗓2026-yil 25-aprel sanasida Chilonzor tumani 164-maktabda ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Ushbu dars “Present Continuous” mavzusiga bag‘ishlandi.

📚Mashg‘ulotni ingliz tili-3 fakulteti katta o'qituvchisi Zarifa Ismoilova rahbarligida 2-kurs iqtidorli talabasi Jumabayeva Nilufar Tojiboy qizi olib bordi. Dars jarayonida o‘quvchilar "Present continuous zamoni"ning kundalik nutqda qo‘llanishi, ularning o‘ziga xos jihatlari hamda to‘g‘ri gap tuzish usullari bilan tanishdilar.

📝Mashg‘ulot davomida turli interfaol topshiriqlar, kichik guruh ishlari va savol-javoblar orqali mavzu yanada batafsil tushuntirildi.

Dars davomida o‘quvchilar o‘z faolliklari bilan ajralib turdilar va amaliy mashqlar orqali yangi bilimlarini mustahkamlashga muvaffaq bo‘ldilar. Bu kabi to‘garak mashg‘ulotlari nafaqat grammatik bilimlarni oshirish, balki o‘quvchilarning erkin fikrlashi va ingliz tilida muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.



#EnglishClub #PresentContinuous#164maktab #InglizTili #JumabayevaNilufar
4
2026-yil 25-aprel sanasida Toshkent shahar Chilonzor tumani joylashgan 164-sonli umumta’lim maktabida navbatdagi "Present Perfect " mavzusidagi qiziqarli va mazmunli ingliz tili to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

🎓 Mashg‘ulotni Ingliz tili -3 fakulteti dotsent P.Omanov rahbarligida 2-kurs iqtidorli talabasi N. Zafarova olib bordi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga mavzu sodda va tushunarli usulda izohlandi, doskada misollar asosida tushuntirishlar berildi hamda savol-javoblar orqali bilimlar mustahkamlandi. O‘quvchilar dars jarayonida faol ishtirok etib, yangi mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini ingliz tilida ifodalashga harakat qildilar.

Bu kabi to‘garak mashg‘ulotlari o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, erkin fikrlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim аhamiyat kasb etadi.

#Chilonzor #164maktab #EnglishClass #TogarakMashguloti #InglizTili #PresentPerfect
3
📌 Adabiyotga bag‘ishlangan ma’naviy tadbir

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti 2405-guruh talabalari tomonidan sevimli shoirimiz Muhammad Yusuf tavallud ayyomi munosabati bilan mazmunli tadbir tashkil etildi.

Tadbir fakultet tyutori Israilova N. hamda faol talabalardan Rasuljonova Dilnoza tashabbusi bilan yuqori saviyada o‘tkazildi. Unda shoirning hayoti va ijodi, Vatanga muhabbat, insoniylik va sadoqatni madh etuvchi she’rlari keng yoritildi.

📖 Tadbir davomida: — Muhammad Yusufning mashhur she’rlari ifodali o‘qildi.
— talabalar o‘z ijodiy chiqishlari bilan ishtirok etdilar.
-Talabalar viktorina savollariga ham javob berdilar .

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar qalbida adabiyotga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
3🥰3👏1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥🔥🔥

Bugungi Muhammad Yusufga bag'ishlangan tadbirimizdan lavhalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰43😍3🤩2🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti 2506-guruh talabalari hamda o‘qituvchi Yo‘ldosheva M. tashabbusi bilan badiiy sahna ko‘rinishi tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘zbek adabiyotining mashhur sahna asarlaridan— “Suyunchi” talaba-yoshlar tomonidan mahorat bilan sahnalashtirildi.

Talabalar obrazlarni chuqur his etgan holda, sahnada yuqori darajadagi ijro namoyon etishdi.

🇺🇿Ushbu chiqishlar nafaqat ishtirokchilarning ijodiy salohiyatini ochib berdi, balki tomoshabinlarda ham unutilmas taassurot qoldirdi.

Bunday madaniy tadbirlar talabalarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish hamda sahna san’atiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🤩32🔥1🥰1🍓1