3rd English faculty
1.81K subscribers
12.5K photos
1.67K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti 2513-guruh talabalari hamda o‘qituvchi Yo‘ldosheva M. tashabbusi bilan badiiy sahna ko‘rinishlari tashkil etildi.

Tadbir davomida “Jaydari kelin” spektakli talaba-yoshlar tomonidan mahorat bilan sahnalashtirildi.

Ushbu sahna chiqishi barcha talabalarda katta taassurot qoldirdi va ularning mahoratini ochib bera oldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰75🤩3👏2
🚀 Hamkorlik davom etmoqda!
18.04.2026 kuni 195-maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun 2301-guruh talabalari — Baxtiyorova M., Raxmatullayeva G., Yangiboyeva R., Mirzakarimova M. tomonidan ingliz tili yo‘nalishida yakuniy imtihon mashg‘uloti tashkil etildi.

📊 Ushbu imtihon o‘quvchilarning yil davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini aniqlash maqsadida 3 bosqichda o‘tkazildi: • Vocabulary (og‘zaki baholash)
• Dictation (yozma savodxonlik)
• Testing (umumiy bilim sinovi)

💡 O‘quvchilar har bir bosqichda faol ishtirok etib, o‘z bilimlarini ishonch bilan namoyon etdilar. Natijalar esa ularning yil davomida qilgan mehnatlari bejiz emasligini ko‘rsatdi.
🏆 Eng yuqori natija ko‘rsatgan 5 nafar o‘quvchi alohida taqdirlandi.
🌟 Ushbu imtihon nafaqat bilimlarni baholash, balki o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishi, ishonchi va motivatsiyasi sezilarli darajada oshganini yana bir bor isbotladi.

👏 Kelajak egalari bilan ishlash — eng katta mas’uliyat va eng katta ilhom!
3❤‍🔥2🤩2🔥1
🇺🇿O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari-3 kafedrasi o’qituvchilari Rashidova Gulshoda, Sultonova Maftuna va Rahmatova E'zoza tomonidan olib boriladigan “Step by step” to’garagi

🔖Mavzu: Grammar: Complex structure: result clause


📌Mavzu yuzasidan mas’ul o’qituvchi:
Rashidova Gulshoda


📌O’tkazish vaqti va joyi:

📅 24.04.2026

13:30

📍206- xona
2🔥1
OʻzDJTU vakillari Turkiya Milliy suverenitet va bolalar bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etishdi.

23-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti Ikkinchi chet tillari kafedrasi mudiri E. Moydinova, ozarbayjon tili o‘qituvchisi S. Musaeva, turk tili o‘qituvchilari N. Abdurahimova va Z. Komilova, shuningdek ko‘ngilli o‘qituvchilar Uğur Tetik, Melike Bahar Tetik hamda Muhammed İkbal Güler Turkiya Elchixonasi va turk o‘rta maktablari hamkorligida tashkil etilgan 23-aprel — Turkiya Milliy suverenitet va bolalar bayramiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdilar.

Tadbir davomida bayramona muhit, turli madaniy chiqishlar hamda bolalarning ijodiy namoyishlari namoyish etildi. Ishtirokchilar ushbu jarayon bilan yaqindan tanishib, bolalar ijodkorligi va ularning xalqaro miqyosdagi madaniy faolligiga guvoh bo‘ldilar.

Mazkur tadbir ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, shuningdek, yosh avlod tarbiyasida xalqaro hamkorlikning ahamiyatini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🥰1🤩1
📚SHARE CARE | KITOB ALMASHINUVI LOYIHASI

Javoningizda o‘qib bo‘lingan, lekin yana kimlargadir ilm ulasha oladigan kitoblar bormi? Unda bu loyiha aynan siz uchun

Share Care — bu oddiy kitob almashinuvi emas.
Bu bilim ulashish, yangi tanishuvlar va kitobxonlikni birga rivojlantiruvchi loyiha.

- Shartlarimiz juda oddiy:

📚 o‘qib bo‘lgan kitobingizni olib kelasiz
📚 o‘rniga yangi kitob olib ketasiz

Loyihada ishtirok etish orqali siz:

- @kalibr_books’dan 10% chegirma kuponi
- Shirinliklar
- Sertifikat
- Tilaklar yozilgan mitti maktubchalar
- Networking va iliq xotiralarga ega bo'lasiz

Joylar soni cheklangan. O'rningizni band qilish uchun hoziroq @abdullayeva_xa ga “kitob” deb yozing.

🗓27. 04.2026
13:30 da
📍 Rektoratda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3😍2🔥1🥰1
🎨25-aprel kuni Uchtepa tumani 123-umumta’lim maktabida 2424-guruh talabalari tashabbusi bilan 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

🇬🇧Tadbir Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi o‘qituvchisi Axmedova Nodira Rustamovna rahbarligida yuqori saviyada o‘tkazildi.

Intellektual bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilim darajalari, mantiqiy fikrlash qobiliyati hamda tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Savollarga javob berish jarayoni jamoaviy hamkorlik, faollik va sog‘lom raqobat muhitida kechdi.

Mazkur tadbir ishtirokchilarga nafaqat yangi bilimlarni egallash, balki o‘z fikrini erkin ifoda etish, tahliliy yondashuv va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash imkonini berdi.

Bunday intellektual o‘yinlar yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni keng dunyoqarashli va izlanuvchan shaxs sifatida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindor sinflar maxsus sertifikatlar hamda universitet logotipi tushirilgan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥4👏41🥰1😍1🏆1🍓1🆒1
Bugun, 2026-yil 25-aprel kuni Chilonzor tumanidagi 164-sonli umumta’lim maktabida navbatdagi qiziqarli va mazmunli ingliz tili to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

🎓 Mashg‘ulotni o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan, izlanuvchan va faol Ingliz tili -3 fakultetining 2-kurs talabasi N. Zafarova olib bordi.

📝 Dars mavzusi: Present Perfect

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga mavzu sodda va tushunarli usulda izohlandi, doskada misollar asosida tushuntirishlar berildi hamda savol-javoblar orqali bilimlar mustahkamlandi. O‘quvchilar dars jarayonida faol ishtirok etib, yangi mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini ingliz tilida ifodalashga harakat qildilar.

Bunday to‘garak mashg‘ulotlari o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, erkin fikrlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim аhamiyat kasb etadi.

#Chilonzor #164maktab #EnglishClass #TogarakMashguloti #InglizTili #PresentPerfect
2🥰1