3rd English faculty
1.81K subscribers
12.5K photos
1.67K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🟦🟦

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida Aleksandr Faynberg nomidagi maxsus stipendiya tanlovining navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtadi.

🗓 Sana: 23-aprel

🕙 Vaqt: soat 10:00

📍 Joy: Ingliz tili 1-fakulteti, 2-ma’ruzalar zali

✍️ Test sinovlari haqida:

Testlar 50 ta savoldan iborat bo‘ladi
Barcha talabgorlar belgilangan vaqtda yetib kelishlari so‘raladi
Nomzodlarning bilim darajasi va tayyorgarligi test sinovlari orqali baholanadi

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31🥰1🤩1
✴️Вниманию активных и целеустремлённых студентов!

У вас есть лидерские качества, вы умеете находить общий язык с детьми и отличаетесь ответственностью? А также обладаете инициативностью и организаторскими способностями?

➡️Тогда у вас есть отличная возможность провести летние каникулы с пользой и получить ценный опыт!

Мы приглашаем вас стать вожатым в детском оздоровительном лагере «Октoш».

👆 Отбор кандидатов проводится на основе собеседования.
👆 Обязательное требование — свободное владение русским, английским и узбекским языками.
👆Для участия в собеседовании необходимо пройти регистрацию — обращайтесь к @Mrilkhomjon


📣 Следите за нашими новостями в социальных сетях:
@yoshlarittifoqi_uzdjtu
1👍1
🇺🇿O'zbekiston davalat jahon tillar universiteti.
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti tyutorlari Xolmurodova Z va Avazova M hamda Sadullayev F tomonidan "Yoshlar kuni " munosabati bilan tashrif amalga oshirildi!

Bugunda millatimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan, Vatan ravnaqi yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida Millat fidoyilari xiyoboniga tashrif buyurdik.

Bu maskan – jasorat, matonat va fidoyilik timsoli. Har bir qadamda tarix nafasi, har bir haykalda esa buyuk insonlarning ibratli hayoti mujassam. Bu yerda bo‘lish insonni o‘ylantiradi, o‘zligini anglashga undaydi va kelajak oldidagi mas’uliyatni yana-da chuqur his etishga chorlaydi.

Ajdodlarimizning mardligi va fidoyiligi biz uchun doimo ibrat bo‘lib qoladi. Ularning yorqin xotirasi qalbimizda abadiy yashaydi.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🥰1🤩1😍1
🟦🟦🟦🟦🟦

🏆 O‘zDJTUda har juma — SPORT KUNI etib belgilandi

2026-yil 7-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholini ommaviy sportga keng jalb etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida har hafta juma kuni “Sport kuni” etib belgilandi.

🏐🏓 Endilikda har juma kuni universitetda professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar ishtirokida futbol, voleybol, tennis, stol tennisi, shaxmat-shashka hamda boshqa sport turlari bo‘yicha sport o‘yinlari tashkil etib boriladi.

Ushbu tashabbus sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoada faollik, hamjihatlik va ijobiy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.

🙌 Barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar faol ishtirok etishga taklif etiladi.

Sog‘lom hayot — bardam ruhiyat va yuqori kayfiyat garovi!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🤩1😍1
❗️❗️❗️❗️❗️

🤷‍♂️🧠AI VIDEO VA RASM MUSOBAQASI!

🇺🇿O‘zDJTUda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilayotgan ijodiy musobaqaga taklif etamiz!

🤖Yo‘nalish: Sun’iy intellekt yordamida video va tasvir yaratish
Vaqt: Juma, 15:00
📍Joy: O‘zDJTU, asosiy bino ( Kibersport va Sun'iy intellekt majmuasi)

Mazkur musobaqa yoshlar ijodkorligini rivojlantirish, zamonaviy AI texnologiyalaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish va eng yaxshi ishlarni aniqlashga qaratilgan.

💯💯Eng yaxshi ishlar hakamlar tomonidan baholanadi va g'oliblar sertifikat bilan taqdirlanadi!

📞 Aloqa: @humoyun_AI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩32🥰1
22-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti Ikkinchi chet tili kafedrasi mudiri Moydinova E.K. rahbarligida Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) mutaxassisligi bo‘yicha kafedraga biriktirilgan magistratura talabalari uchun dissertatsiya ishlarining dastlabki himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki himoyada magistrantlar Mirzamutova Sevara hamda Jo‘rabekova Nigora o‘z ilmiy tadqiqot ishlari bilan ishtirok etdilar.

Himoya jarayoni yuqori saviyada tashkil etilib, har bir magistrantga o‘z tadqiqotini batafsil taqdim etish imkoniyati yaratildi. Talabalar o‘z ishlarining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, maqsad va vazifalari hamda erishilgan natijalar yuzasidan mazmunli taqdimotlar qildilar.

Komissiya a’zolari tomonidan har bir ish bo‘yicha atroflicha savol-javoblar o‘tkazildi. Magistrantlar berilgan savollarga aniq va asosli javob berib, o‘z ilmiy izlanishlariga bo‘lgan yondashuvlarini namoyon etdilar. Ushbu jarayon ularning ilmiy fikrlash, tahlil qilish va mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

Dastlabki himoya yakunida magistrantlarning ilmiy ishlari yuzasidan muhim tavsiyalar berilib, ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab olindi. Mazkur bosqich magistrantlarning yakuniy himoyaga puxta tayyorgarlik ko‘rishida muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🥰1🤩1
🎬 YANGI TALQIN — “NOVDA” FILMI

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti 2514-guruh talabalari tomonidan “Novda” filmi asosida sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

📖Asar: “Novda”
🎬 Janri: Ijtimoiy-dramatik
🔜Yaratilgan davr: Zamonaviy davr
👩‍🏫 O‘qituvchi: Yoʻldasheva Maftuna

Faol ishtirokchilar:
2514-guruhning barcha talabalari

Novda” filmi mazmuni inson hayotidagi sinovlar, sabr-toqat va ichki kurashlarni chuqur yoritib beradi.

Ushbu sahna talqini orqali talabalar asarning g‘oyasini ta’sirchan va mazmunli tarzda yetkazishga muvaffaq bo‘lishdi

Talabalarimizning ijodiy yondashuvi va sahnadagi mahorati tahsinga loyiq!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥5👍32🥰2🤩2👏1🎉1😍1🏆1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti 2515–2516-guruh talabalari hamda o‘qituvchi Yo‘ldosheva M. tashabbusi bilan badiiy sahna ko‘rinishlari tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘zbek adabiyotining mashhur asarlari — “Suyunchi” va “Jaydari kelin” talaba-yoshlar tomonidan mahorat bilan sahnalashtirildi.

Talabalar obrazlarni chuqur his etib, sahnada yuqori darajadagi ijro namoyon etishdi.

Ushbu sahna chiqishlari nafaqat ishtirokchilarning ijodiy salohiyatini ochib berdi, balki tomoshabinlarga ham katta taassurot qoldirdi.

Bunday madaniy tadbirlar talabalarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish va sahna san’atiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👏6🥰4🎉1🤩1💯1🏆1🆒1