3rd English faculty
1.81K subscribers
12.5K photos
1.67K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti
🇺🇿Fakultet tyutorlari
Z. Xolmurodova va M. Avazovalar boshchiligid
a talabalar uchun mazmunli va maroqli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida talabalar Adiblar xiyobonidagi Alexander Fainberg haykali oldiga tashrif buyurishdi. Ushbu maskan talabalarda adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

Sayohat davomida talabalar o‘rtasida milliy sport o‘yinlari tashkil etilib, ular yuqori kayfiyat va faol ishtirok bilan o‘tdi.

Tadbirda fakultetning FING-2513 guruh talabalari ayniqsa faol qatnashib, jamoaviylik va hamjihatlik namunasini ko‘rsatishdi.

Bunday tadbirlar talabalarning nafaqat bilimini, balki ularning madaniy dunyoqarashi va jismoniy faolligini ham rivojlantirishga xizmat qiladi.

#UzDJTU
#madaniytadbir
#InglizTili3fakulteti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1🥰1🤩1💋1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti
🇺🇿Fakultet tyutorlari Z. Xolmurodova va
M. Avazova
tashabbusi bilan talaba-yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida “Biznes marafon” motivatsion treningi tashkil etildi.

Tadbir davomida muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar faoliyati haqida ma’lumotlar berilib, ularning tajribasi asosida talabalar uchun foydali tavsiyalar taqdim etildi.

Shuningdek, tadbirkorlikka qiziqish bildirgan yoshlar ro‘yxati shakllantirilib, ularni qo‘llab-quvvatlash va yo‘naltirish ishlari olib borildi.

Trening jarayonida ishtirokchilar o‘z biznes g‘oyalarini ishlab chiqish, rejalashtirish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.


Mazkur tadbir talabalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning tashabbuskorligini oshirish va kelgusida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari uchun muhim qadam bo‘ldi.

#UzDJTU
#StudyAbroad
#InglizTili3Fakultet
#TalabalarImkoniyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🤩2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hemis #ijtimoiyfaollik

HEMIS axborot tizimida “Ijtimoiy faollik indeksi” modulidan foydalanish yo‘riqnomasi (videoda)

📌Tizimdan foydalanish tartibi juda oddiy:

1️⃣ my.hemis.uz platformasi yoki HEMIS mobil ilovasiga kiring;
2️⃣ Menyudan “Ijtimoiy faollik” bo‘limini tanlang;
3️⃣ Ariza yaratish tugmasini bosing va faoliyatingizni tasdiqlovchi hujjatlarni yuklang.

‼️ Ijtimoiy faollik indeksi uchun maksimal 20 ball beriladi. Talabaning faoliyati quyidagi 9 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ballik mezon asosida baholanadi:

Kitobxonlik madaniyati, “5 muhim tashabbus” doirasidagi ishtirok, volontyorlik ishlari, fan olimpiadalari va tanlovlar, teatr va muzeylarga tashriflar, sport va sog‘lom turmush tarzi, o‘quv darslariga to‘liq qatnashish, akademik tartib-intizomga rioya qilish, “Ma’rifat darslari” va boshqa tadbirlar.


Siz kiritgan ma’lumotlar universitet tyutori tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Davomat va o‘zlashtirish natijalari esa HEMIS tizimi orqali avtomatik tarzda shakllanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🤩1😍1
❗️❗️❗️❗️❗️

👾Sun’iy intellekt bilan til o‘rganish va ilmiy ishlarda yuksal!

🇺🇿O‘zDJTUda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan maxsus dars!

📌Mavzu: Sun’iy intellekt yordamida til o‘rganish, maqola yozish va akademik ishlarda qo‘llash
Vaqt: 17:40 Bugun
📍Joy: O‘zDJTU, asosiy bino

💡Darsda siz:
— AI orqali tez va samarali til o‘rganishni
— maqola, referat va ilmiy ishlarni to‘g‘ri yozishni
— akademik ishlarda AI’dan samarali foydalanishni o‘rganasiz

🚀Kelajak texnologiyasini bugundan o‘rganing!
🎯Bilimingizni yangi bosqichga olib chiqing!

📞Aloqa: @humoyun_AI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🤩3👏2👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti 🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti 2501–2502-guruh talabalari hamda o‘qituvchi Yo‘ldosheva M. tashabbusi bilan badiiy sahna ko‘rinishlari tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘zbek adabiyotining mashhur asarlari — “Kelinlar qo‘zg‘oloni” va “Jaydari kelin” talaba-yoshlar tomonidan mahorat bilan sahnalashtirildi.

Talabalar obrazlarni chuqur his etib, sahnada yuqori darajadagi ijro namoyon etishdi. Ushbu sahna chiqishlari nafaqat ishtirokchilarning ijodiy salohiyatini ochib berdi, balki tomoshabinlarga ham katta taassurot qoldirdi.


Bunday madaniy tadbirlar talabalarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish va sahna san’atiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩96🥰4🔥1👏1
📚SHARE CARE | KITOB ALMASHINUVI LOYIHASI

Javoningizda o‘qib bo‘lingan, lekin yana kimlargadir ilm ulasha oladigan kitoblar bormi? Unda bu loyiha aynan siz uchun

Share Care — bu oddiy kitob almashinuvi emas.
Bu bilim ulashish, yangi tanishuvlar va kitobxonlikni birga rivojlantiruvchi loyiha.

- Shartlarimiz juda oddiy:

📚 o‘qib bo‘lgan kitobingizni olib kelasiz
📚 o‘rniga yangi kitob olib ketasiz

Loyihada ishtirok etish orqali siz:

- @kalibr_books’dan 10% chegirma kuponi
- Shirinliklar
- Sertifikat
- Tilaklar yozilgan mitti maktubchalar
- Networking va iliq xotiralarga ega bo'lasiz

Joylar soni cheklangan. O'rningizni band qilish uchun hoziroq @abdullayeva_xa ga “kitob” deb yozing.

🗓Sana: 27-aprel
Soat: 13:30
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🤩2🥰1🎉1
🇺🇿 Milliy o‘zlik — kelajak poydevori

🇺🇿2026-yil 21-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakultetida talaba-yoshlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan navbatdagi “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi.

🇬🇧Mazkur darsda Ingliz tili 3-fakulteti kafedra mudiri, dotsent Pulatjon Omonov tomonidan “Milliy o‘zlik” mavzusida ma’ruza qilindi.

Ma’ruza davomida 2-bosqich talabalari bilan milliy qadriyatlarni e’zozlash, ona tiliga hurmat hamda globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni anglashning ahamiyati yuzasidan mazmunli fikr almashildi.

Shuningdek, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, ajdodlar merosiga sodiqlik masalalari hayotiy misollar asosida yoritib berildi.

Ta’kidlash joizki, “Ma’rifat darslari” talabalarning dunyoqarashini kengaytirish va ularni har tomonlama barkamol shaxs sifatida kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰1🤩1😍1
🎭 SAHNADA YANGI TALQIN — “OLTIN DEVOR” SPEKTAKLI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, 3-Ingliz fakulteti 2503-guruh talabalari tomonidan Oltin devor spektakli sahnalashtirildi.

📖 Muallif: Erkin Vohidov
🎭 Janri: Komediya (ichki mazmunida unsurlari mavjud)
🕰 Yaratilgan davr: XX asr 70 -yillari
👩‍🏫 O‘qituvchi: Yoʻldasheva Maftuna

🌟 Faol ishtirokchilar:
Toʻlqinboy — Z.Maftuna
Mastura— Sh.Laziza
Shokir— R.Saida
Usta Parfi — O.Guli
Qoʻshni— N.Mashhura

Boshlovchi — I.Parvina

"Oltin devor" komediyasining mazmuni inson tabiatidagi murakkab jihatlarini,ayniqsa,boylikka boʻlgan munosabatni hajviy bòyoqlarda ochib berishga qaratilgan.
👏 Talabalarimizning ijodiy yondashuvi va sahnadagi mahorati tahsinga loyiq!
2🥰2🤩1😍1