3rd English faculty
1.81K subscribers
12.5K photos
1.67K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🇬🇧17-aprel kuni Ingliz tili 3-ingliz fakulteti ingliz tili nazariy aspektlar-3 kafedrasi o’qituvchilari Anarbekova Gulzodabegim va Yakupova Zuhra Chilonzor tumanida joylashgan 195-maktabga tashrif buyurdilar va maktab o’qituvchilariga mahorat darsi o’tkazdilar.
Dars “Shaxmat va shashka musobaqasi haqida bo’ldi. Musobaqa orqali biz nafaqat o'yinlarni o'ynadik, balki yangi do'stliklar o'rnatdik, bilim va tajriba almashdik. Har bir ishtirokchi o'zining qobiliyatlarini namoyish etishda, g'alaba qozonishda yoki mag'lubiyatni qabul qilishda haqiqiy sport ruhini ko'rsatdi.

Biz bunday musobaqalarni kelajakda ham davom ettirishni rejalashtirmoqdamiz, chunki bu nafaqat yoshlarimizni sportga jalb qiladi, balki ularning intellektual rivojlanishiga ham katta hissa qo'shadi.


Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
📣 E’LON – KASTING!
🇺🇿O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti
🇬🇧3-fakulteti tomonidan
🎭QVZ (Quvnoqlar va Zukkolar) jamoasiga iqtidorli talabalarni saralash maqsadida kasting e’lon qilinadi.

Agar siz:
— hazilkash va ijodkorsiz
— sahnada erkin chiqish qila olsangiz
— aktyorlik va improvizatsiyaga qiziqsangiz

unda sizni aynan biz izlayapmiz!

🗓 Sana: 20.06.2026
Vaqt: 13:10
📍Manzil: Ingliz tili 3-fakulteti Yoshlar ittifoqi xonasi

📱Kastingga ro'yxatdan o'tish uchun : @sayliyeva_jasminabonu ga murojaat qiling!

Eng faol va iste’dodli talabalar jamoaga qabul qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🥰1🤩1
🗓Bugun 17.06.2026
🇺🇿O'zbekiston davlat Jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti tyutorlari S. Berdiyeva va N. Mamazohirova boshchiligida talabalar ga ekskursiya tashrifini amalga oshirishdi.

Ekskursiya davomida talabalar buyuk sarkarda Amir Temur hayoti, faoliyati hamda boy tarixiy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ushbu tashrif yoshlarning tarixga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir talabalarning har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4😍2🥰1
🟦🟦🟦🟦🟦

🏆 O‘zDJTUda har juma — SPORT KUNI etib belgilandi

2026-yil 7-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholini ommaviy sportga keng jalb etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida har hafta juma kuni “Sport kuni” etib belgilandi.

🏐🏓 Endilikda har juma kuni universitetda professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar ishtirokida futbol, voleybol, tennis, stol tennisi, shaxmat-shashka hamda boshqa sport turlari bo‘yicha sport o‘yinlari tashkil etib boriladi.

Ushbu tashabbus sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoada faollik, hamjihatlik va ijobiy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.

🙌 Barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar faol ishtirok etishga taklif etiladi.

Sog‘lom hayot — bardam ruhiyat va yuqori kayfiyat garovi!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🥰2👏2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📺 🗞️🟦🟦

15-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakultetida “Zamonaviy tilshunoslikda globallashuv muammolari va yechimlari, til siyosati hamda lingvistik identifikatsiya” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Axborot 24 informatsion dasturining rus tilidagi sonida ham batafsil yoritildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram   | Instagram  | Facebook  | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3🥰1🤩1
🇬🇧2026-yil 17-aprel kuni ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan uchrashuvlardan biri Sultan Idris Education University universiteti o‘qituvchisi Muhammad Amirul Fahmi bin Azmi bilan tashkil etildi.

Mazkur muloqot davomida Malayziya va O‘zbekiston ta’lim tizimlaridagi o‘xshash va farqli jihatlar, o‘quv jarayonining zamonaviy yondashuvlari, shuningdek, talabalar hayotining akademik hamda ijtimoiy jihatlari atroflicha muhokama qilindi.

Suhbat jarayonida xalqaro ta’lim tajribasining ahamiyati, innovatsion pedagogik metodlarning qo‘llanilishi hamda talabalar kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan qimmatli fikr va tavsiyalar berildi.

Mazkur uchrashuv 2416-guruh talabalari tashabbusi bilan, Anarkulova Zubayda rahbarligida yuqori saviyada tashkil etildi.

Bunday uchrashuvlarning kelgusida ham davom ettirilishi ta’lim sifatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
📣 E’LON – KASTING!
🇺🇿O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti
🇬🇧3-fakulteti tomonidan
🎭QVZ (Quvnoqlar va Zukkolar) jamoasiga iqtidorli talabalarni saralash maqsadida kasting e’lon qilinadi.

Agar siz:
— hazilkash va ijodkorsiz
— sahnada erkin chiqish qila olsangiz
— aktyorlik va improvizatsiyaga qiziqsangiz

unda sizni aynan biz izlayapmiz!

🗓 Sana: 20.06.2026
Vaqt: 13:10
📍Manzil: Ingliz tili 3-fakulteti Yoshlar ittifoqi xonasi

📱Kastingga ro'yxatdan o'tish uchun : @sayliyeva_jasminabonu ga murojaat qiling!

Eng faol va iste’dodli talabalar jamoaga qabul qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

30-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining “Rektor kubogi” bahorgi mavsumiga start beriladi.

Bahorgi mavsum shartlariga ko‘ra, har bir jamoa chiqishlari davomida yulduzli mehmon bilan birgalikda ishtirok etishlari talab etiladi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘olib jamoalar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin — 20 million so‘m
🥈2-o‘rin — 15 million so‘m
🥉3-o‘rin — 10 million so‘m

Barcha talabalar va qiziquvchilarni ushbu ko‘tarinki kayfiyat ulashuvchi tadbirga taklif etamiz.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🥰1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli talabalar tayyormisiz?!

Sessiyalardan oldin madaniy hordiq olmoqchimisiz? Unda 🇺🇿Tarjimonlik fakulteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi jamoasi sizga ushbu imkoniyatni taklif etadi.

📍Sayohatimiz davomida tashrif buyuriladigan joylar:

Registon tarixiy majmuasi;
Islom Karimov uy muzeyi va haykali;
Islom Karimov maqbarasi;
Bibi Xonim masjidi;
Siyob bozori;
Shohi Zinda majmuasi
"Imom al Buxoriy " majmuasi

💳 Xizmat narxi: atigi 199 000

🗓Sana: 25.04.2026

Jo'nab ketish vaqti: 05:30
Qaytib kelish vaqti: 22:30(taxminan)

📍Jo'nash manzili:
Jahon tillari universiteti (rektorat)


😀 Roʻyxatdan oʻtish uchun:
@Azimjon1013
📞 +998956301013
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🥰3🤩3👍2👏1
🌐 Psixoprofilaktik tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 20-aprel sanasida
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakultetida “Kiberzo‘ravonlik: tahdidlar va himoya choralari” mavzusida psixoprofilaktik tadbir tashkil etildi.

🇺🇿Mazkur tadbir universitet psixologi Z. Xayrullayeva, IPMBIB boshlig‘i F. Xabiyeva, Ingliz tili 3-fakulteti mutaxassisi N. Israilova hamda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi 3-bosqich kursanti Muxsinov Axrorjon Akmaljon o‘g‘li va Chilonzor tumani IIO FMB ATS JOOB leytenanti Xo‘jaqulova Sarvinoz Rustam qizi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir davomida kiberzo‘ravonlikning zamonaviy ko‘rinishlari, uning huquqiy asoslari, psixologik ta’siri hamda internet tarmog‘ida uchraydigan tahdidlar va ulardan himoyalanish usullari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ishtirokchilarga ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va media savodxonlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.

📱 Telegram 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🥰3🤩1