3rd English faculty
1.81K subscribers
12.5K photos
1.67K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🏢Chilonzor tuman 79-maktabda 2437-guruh talabalari tomonidan 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual tadbiri tashkil etildi. Tadbir Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi o‘qituvchisi Abdullayeva Iroda rahbarligida yuqori saviyada o‘tkazildi.
📘Mazkur intellektual o‘yin davomida o‘quvchilar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, mantiqiy fikrlash, tezkor javob berish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Tadbir qizg‘in va mazmunli bahslarga boy tarzda o‘tib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
📉Bunday tadbirlar yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularni intellektual jihatdan rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📆 Oʻtkazilgan sana:15.04.2026y
🏢Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi o‘qituvchisi Niyadillayeva Sabrina boshchiligida 2434-guruh talabalari tomonidan 317-maktabda 6–7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Spelling Bee” mavzusida tadbir tashkil etildi.
📚Mazkur tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilarning ingliz tilidagi talaffuz ko‘nikmalarini rivojlantirish, so‘z boyligini oshirish hamda to‘g‘ri yozish va o‘qish malakalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
📉Tadbir davomida ishtirokchilar turli bosqichlarda ingliz tilidagi so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va harflab aytish bo‘yicha bellashdilar.
O‘quvchilar berilgan so‘zlarni nafaqat to‘g‘ri yozish, balki ularning to‘g‘ri talaffuziga ham alohida e’tibor qaratdilar. Har bir bosqich qiziqarli va interaktiv tarzda tashkil etilib, o‘quvchilarning faolligi va qiziqishini yanada oshirdi.
📘Tadbir yakunida faol ishtirok etgan va yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi. Ushbu “Spelling Bee” musobaqasi o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirib, ularning talaffuz va savodxonlik ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
📆 Oʻtkazilgan sana:15.04.2026.
4
Forwarded from Omina Mirboboyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
15-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakultetida “Zamonaviy tilshunoslikda globallashuv muammolari va ularning yechimlari, til siyosati hamda lingvistik identifikatsiya” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
2🔥2
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakultetida "Yurak-qon tomir hamda serebrovaskulyar kasalliklarning xavf omillarini aniqlash, ularning oldini olish va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish"ga qaratilgan profilaktik tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur tadbir fakultet yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari M. Jakbarov, Med punkt hamshirasi Amanbayeva Kamola hamda tutorlar Avazova M. va Xolmurodova Z. tomonidan tashkil etildi.

Tadbir doirasida talaba-yoshlar uchun infarkt va insultning dastlabki belgilarini erta aniqlash, sogʻlom turmush tarziga qatʼiy rioya qilish hamda kasalliklarning oldini olish boʻyicha amaliy treninglar, ilmiy-maʼrifiy maʼruzalar va interaktiv seminarlar oʻtkazildi.

Ushbu tadbirlar talaba-yoshlar ongida sogʻlom hayot falsafasini shakllantirish, ularning tibbiy savodxonligini oshirish hamda kelgusida sogʻlom jamiyatni barpo etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
1
📢 ❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️

🏛 Professor o'qituvchilar hamda barcha talabalar uchun ajoyib imkoniyat!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oliy ta’lim muassasalari professor o'qituvchilar hamda talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi ixtirochisi” respublika tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlovning asosiy shartlari va talablari:

Davlat oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va tahsil olayotgan talabalar.
Talabgor aniq bir ixtiroga yoki foydali modelga ega bo‘lishi lozim. Ilgari ushbu tanlovda qatnashgan loyihalar qayta qabul qilinmaydi.
Sun’iy intellekt, IT, muhandislik, qayta ishlash, tabiiy fanlar, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, arxitektura va transport logistikasi.
Tanlov uch bosqichda (OTM ichki saralashi —> Hududiy bosqich —> Respublika bosqichi) bo‘lib o‘tadi.
Energotejamkorlik, ekologik tozalik, ijtimoiy ahamiyat, tayyorlik darajasi (maket/prototip), eksportboplik va patent mavjudligi.


📌 Tanlov quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
1️⃣ Saralash (OTM bosqichi)
2️⃣ Hududiy bosqich
3️⃣ Respublika bosqichi

📅 Hujjatlar topshirish muddati: Arizalar 2026-yil 11-mayga qadar qabul qilinadi.
Saralash bosqichi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir kun muddatda g‘olib bo‘lgan talabgorlar arizalarni elektron platforma (ixtiro.ilmiy.uz) orqali hududiy bosqichga yuboradilar.

📍 Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar belgilangan tartibda ariza topshirishlari lozim.

NIZOM BILAN TANISHING

🌐 Batafsil ma’lumot:
https://gov.uz/oz/edu/news/context/view/152136

Murojat uchun: @IIITB714

📣 Barchani faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Yangi g‘oyalar, innovatsion loyihalar va ixtirolaringiz bilan qatnashing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1👏1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿Õzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultet
tyutori S. Berdiyeva boshchiligida 2504-guruh
talabalari bilan birgalikda uy sharoitida samimiy yig‘ilish tashkil etildi.

🇺🇿 Tadbir davomida ustoz va talabalar birgalikda milliy taomimiz — osh tayyorlab, iliq va do‘stona muhitda maroqli vaqt o‘tkazishdi.

Bu jarayon talabalarning yanada yaqinlashishiga, jamoaviy ruhning mustahkamlanishiga xizmat qildi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni kuchaytirish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.

Bunday samimiy uchrashuvlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda, ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🥰3❤‍🔥2🤩2🔥1👏1😍1🆒1
Registration for 22 April Session.