3rd English faculty
1.81K subscribers
12.5K photos
1.67K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
15-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakultetida “Zamonaviy tilshunoslikda globallashuv muammolari va ularning yechimlari, til siyosati hamda lingvistik identifikatsiya” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Mazkur konferensiya doirasida bir qator shoʻba yigʻilishlari tashkil etilib, unda zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masalalari keng muhokama qilindi.

Jumladan, 1-shoʻba “Nazariy va sotsiolingvistik yondashuvlar” mavzusiga bagʻishlanib, unda lingvistik globallashuv va til xilma-xilligi, zamonaviy til siyosatining nazariy va amaliy asoslari, shuningdek, lingvistik hamda madaniy identifikatsiya masalalari yuzasidan ilmiy maʼruzalar tinglandi. Ushbu shoʻbaga Sonia Briget Baby moderatorlik qildi.

2-shoʻba esa “Amaliy tilshunoslik va til siyosatini amalga oshirish” yoʻnalishida tashkil etilib, unda qiyosiy va amaliy tilshunoslikning global yondashuvlari, xalqaro va milliy taʼlim tizimlarida til siyosatini joriy etish mexanizmlari muhokama qilindi. Mazkur shoʻbaga doktor Giuseppe Chiaramonte moderatorlik qildi.

Shoʻba yigʻilishlarida xalqaro va mahalliy olimlar, jumladan, Anthony J. Liddicoat, Michelle Bedeker, Sedigheh Shakib Kotamjani, Rebecca Reel, Shinoj Joy, Umida Boltayyeva hamda boshqa mutaxassislar oʻz ilmiy maʼruzalari bilan faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar oʻrtasida fikr almashinuvi tashkil etilib, zamonaviy tilshunoslik sohasidagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan muhim ilmiy xulosalar ishlab chiqildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram   | Instagram  | Facebook  | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰2🤩1😍1
🇺🇿Õzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti kengashi tomonidan


🎬 “1 KUNIM – 1 HIKOYA” TANLOVI YAKUNLANDI! 🎉

Bugun fakultetimizda o‘tkazilgan “1 kunim – 1 hikoya” videotanlovi muvaffaqiyatli yakunlandi. Tanlov davomida talabalar o‘zlarining kundalik hayoti, qiziqarli lahzalari va kreativ yondashuvlarini videoroliklar orqali namoyon etdilar.

Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan videolar o‘zining ijodkoronaligi, samimiyligi va mazmuni bilan ajralib turdi. Har bir video – bu alohida hikoya, alohida nigoh va ilhom manbai bo‘ldi.


🏆Tanlov g‘oliblari:

🎨 “Eng kreativ video” nominatsiyasi boʻyicha 1-oʻrin – Sindorova Husniobod
💡 “Eng motivatsion video” nominatsiyasi boʻyicha 2-oʻrin – Bekdurdiyeva Feruza
📝 “Eng yaxshi gʻoya” nominatsiyasi boʻyicha 3-oʻrin – Samandarova Intizor
🎥 “Eng yaxshi hikoya” nominatsiyasi boʻyicha – Umaraliyeva Mohinur
🏅 Tanlovda faol ishtiroki va iqtidori uchun - Eshmuratova Aysulu hamda Abdurahmonova Dilxumor


Tanlov doirasida eng yaxshi videolar fakultetimizning ijtimoiy tarmoqlarida yoritiladi va keng auditoriyaga taqdim etiladi.

🎥 Shuningdek, bugungi tadbirda barcha ishtirokchilarning videolari namoyish etilib, tomoshabinlarga unutilmas taassurot ulashildi.

👏Barcha ishtirokchilarga faol qatnashganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Sizlarning ijodingiz va faolligingiz – fakultetimiz faxri!

Yangi loyihalar va tanlovlarda ham faol bo‘lishingizni kutib qolamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2🤩2🥰1🎉1😍1
Eshitdingizmi? "WikiKitob II" tanlovi boshlandi

📚 Eh, qanday ajoyib: sizning shaxsiy kutubxonangizda hech kimda yo‘q kitoblar bo‘lsa. Bir emas, roppa-rosa 10 ta kitob. Yaqinroq keling, bu imkoniyat endi sizda ham bor!

📚"WikiKitob II" tanlovida ishtirok etib, 20 nafar g‘olibdan biriga aylaning hamda "1000KITOB" loyihasi doirasida chop etilgan kamyob kitoblarni qo‘lga kiriting.

📚 Barchasi juda oddiy: hoziroq @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting va bu haqida do‘stlaringizga xabar bering. Qabul 26-aprelgacha davom etadi. Shundan so‘ng sizga 40 ta test yuboriladi.

📚Test savollari "1000KITOB" loyihasi asosida chop etilgan kitoblar haqidagi maqolalar asosida tuzilgan. Mazkur maqolalar ham tez orada e’lon qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

Batafsil — WikiKitob II

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2🥰1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Bugun Oʻzbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti va 123-maktab hamkorligida,
🇬🇧Ingliz tili uchinchi fakulteti 2402 va 2403-guruh talabalari hamda ularning amaliyot rahbari Yoqut Sharipova tashabbusi bilan Yoshlar Forumi boʻlib oʻtdi.⭐️

📚 Forum doirasida maktab oʻquvchilari oʻrtasida:
📚Zakovat intellektual oʻyini
Shashka musobaqasi
⚡️Spelling Bee musobaqasi
oʻtkazildi va gʻoliblar esdalik sovgʻalari hamda sertifikatlar bilan taqdirlandilar🥇🏆

🎶 Tadbirda milliy raqslar, milliy kiyimlar podiumi va cholgʻu asboblaridagi chiqishlar xorijlik va mahalliy mehmonlarga katta taassurot qoldirdi. Milliy qadriyatlarimizni namoyon etgan bu sahnalar forumga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

🎁🎟 Forum davomida kichik lotereya ham oʻtkazilib, omadli raqam egalariga sovgʻalar topshirildi.

⭐️Bugungi Yoshlar Forumi yuqori ruhda, koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazildi va ishtirokchilarga unutilmas xotiralar ulashdi.

15.04.2026
5🔥3❤‍🔥2
🏢Chilonzor tuman 79-maktabda 2437-guruh talabalari tomonidan 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual tadbiri tashkil etildi. Tadbir Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi o‘qituvchisi Abdullayeva Iroda rahbarligida yuqori saviyada o‘tkazildi.
📘Mazkur intellektual o‘yin davomida o‘quvchilar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, mantiqiy fikrlash, tezkor javob berish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Tadbir qizg‘in va mazmunli bahslarga boy tarzda o‘tib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
📉Bunday tadbirlar yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularni intellektual jihatdan rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📆 Oʻtkazilgan sana:15.04.2026y
🏢Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi o‘qituvchisi Niyadillayeva Sabrina boshchiligida 2434-guruh talabalari tomonidan 317-maktabda 6–7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Spelling Bee” mavzusida tadbir tashkil etildi.
📚Mazkur tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilarning ingliz tilidagi talaffuz ko‘nikmalarini rivojlantirish, so‘z boyligini oshirish hamda to‘g‘ri yozish va o‘qish malakalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
📉Tadbir davomida ishtirokchilar turli bosqichlarda ingliz tilidagi so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va harflab aytish bo‘yicha bellashdilar.
O‘quvchilar berilgan so‘zlarni nafaqat to‘g‘ri yozish, balki ularning to‘g‘ri talaffuziga ham alohida e’tibor qaratdilar. Har bir bosqich qiziqarli va interaktiv tarzda tashkil etilib, o‘quvchilarning faolligi va qiziqishini yanada oshirdi.
📘Tadbir yakunida faol ishtirok etgan va yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi. Ushbu “Spelling Bee” musobaqasi o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirib, ularning talaffuz va savodxonlik ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
📆 Oʻtkazilgan sana:15.04.2026.
4
Forwarded from Omina Mirboboyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
15-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakultetida “Zamonaviy tilshunoslikda globallashuv muammolari va ularning yechimlari, til siyosati hamda lingvistik identifikatsiya” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
2🔥2
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakultetida "Yurak-qon tomir hamda serebrovaskulyar kasalliklarning xavf omillarini aniqlash, ularning oldini olish va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish"ga qaratilgan profilaktik tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur tadbir fakultet yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari M. Jakbarov, Med punkt hamshirasi Amanbayeva Kamola hamda tutorlar Avazova M. va Xolmurodova Z. tomonidan tashkil etildi.

Tadbir doirasida talaba-yoshlar uchun infarkt va insultning dastlabki belgilarini erta aniqlash, sogʻlom turmush tarziga qatʼiy rioya qilish hamda kasalliklarning oldini olish boʻyicha amaliy treninglar, ilmiy-maʼrifiy maʼruzalar va interaktiv seminarlar oʻtkazildi.

Ushbu tadbirlar talaba-yoshlar ongida sogʻlom hayot falsafasini shakllantirish, ularning tibbiy savodxonligini oshirish hamda kelgusida sogʻlom jamiyatni barpo etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
1