3rd English faculty
1.81K subscribers
12.5K photos
1.67K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🔻🔻🔻🔻🔻

15-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakultetida “Zamonaviy tilshunoslikda globallashuv muammolari va yechimlari, til siyosati hamda lingvistik identifikatsiya” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Mazkur konferensiya zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masalalariga bagʻishlanib, unda globallashuv jarayonida til siyosati va lingvistik identifikatsiya muammolari hamda ularning yechimlari keng muhokama qilindi.

Tadbirni universitet rektori Ilhomjon Tuxtasinov ochib berib, oʻz nutqida bugungi kunda tilshunoslik sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda yosh tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Konferensiyada xorijiy va mahalliy olimlar faol ishtirok etib, oʻz ilmiy maʼruzalari bilan qatnashdilar. Jumladan, Tony Liddicoat, Michelle Bedecker, Musa Yavuz Alptekin, Mahanbet Djusupov, Sedigheh Shakib Kotamjani, Ergasheva Guli Ismailovna hamda Rebecca Reel kabi mutaxassislar zamonaviy tilshunoslikdagi dolzarb muammolar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Konferensiya davomida til siyosati, madaniyatlararo kommunikatsiya, global muhitda lingvistik oʻzlikni saqlab qolish kabi masalalar atroflicha muhokama qilinib, ishtirokchilar oʻrtasida samarali fikr almashinuvi tashkil etildi.

Mazkur xalqaro konferensiya ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda tilshunoslik sohasida yangi ilmiy yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim ilmiy platforma sifatida e’tirof etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram   | Instagram  | Facebook  | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰3👏2🤩2
15-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakultetida “Zamonaviy tilshunoslikda globallashuv muammolari va ularning yechimlari, til siyosati hamda lingvistik identifikatsiya” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Mazkur konferensiya doirasida bir qator shoʻba yigʻilishlari tashkil etilib, unda zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masalalari keng muhokama qilindi.

Jumladan, 1-shoʻba “Nazariy va sotsiolingvistik yondashuvlar” mavzusiga bagʻishlanib, unda lingvistik globallashuv va til xilma-xilligi, zamonaviy til siyosatining nazariy va amaliy asoslari, shuningdek, lingvistik hamda madaniy identifikatsiya masalalari yuzasidan ilmiy maʼruzalar tinglandi. Ushbu shoʻbaga Sonia Briget Baby moderatorlik qildi.

2-shoʻba esa “Amaliy tilshunoslik va til siyosatini amalga oshirish” yoʻnalishida tashkil etilib, unda qiyosiy va amaliy tilshunoslikning global yondashuvlari, xalqaro va milliy taʼlim tizimlarida til siyosatini joriy etish mexanizmlari muhokama qilindi. Mazkur shoʻbaga doktor Giuseppe Chiaramonte moderatorlik qildi.

Shoʻba yigʻilishlarida xalqaro va mahalliy olimlar, jumladan, Anthony J. Liddicoat, Michelle Bedeker, Sedigheh Shakib Kotamjani, Rebecca Reel, Shinoj Joy, Umida Boltayyeva hamda boshqa mutaxassislar oʻz ilmiy maʼruzalari bilan faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar oʻrtasida fikr almashinuvi tashkil etilib, zamonaviy tilshunoslik sohasidagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan muhim ilmiy xulosalar ishlab chiqildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram   | Instagram  | Facebook  | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰2🤩1😍1
🇺🇿Õzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti kengashi tomonidan


🎬 “1 KUNIM – 1 HIKOYA” TANLOVI YAKUNLANDI! 🎉

Bugun fakultetimizda o‘tkazilgan “1 kunim – 1 hikoya” videotanlovi muvaffaqiyatli yakunlandi. Tanlov davomida talabalar o‘zlarining kundalik hayoti, qiziqarli lahzalari va kreativ yondashuvlarini videoroliklar orqali namoyon etdilar.

Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan videolar o‘zining ijodkoronaligi, samimiyligi va mazmuni bilan ajralib turdi. Har bir video – bu alohida hikoya, alohida nigoh va ilhom manbai bo‘ldi.


🏆Tanlov g‘oliblari:

🎨 “Eng kreativ video” nominatsiyasi boʻyicha 1-oʻrin – Sindorova Husniobod
💡 “Eng motivatsion video” nominatsiyasi boʻyicha 2-oʻrin – Bekdurdiyeva Feruza
📝 “Eng yaxshi gʻoya” nominatsiyasi boʻyicha 3-oʻrin – Samandarova Intizor
🎥 “Eng yaxshi hikoya” nominatsiyasi boʻyicha – Umaraliyeva Mohinur
🏅 Tanlovda faol ishtiroki va iqtidori uchun - Eshmuratova Aysulu hamda Abdurahmonova Dilxumor


Tanlov doirasida eng yaxshi videolar fakultetimizning ijtimoiy tarmoqlarida yoritiladi va keng auditoriyaga taqdim etiladi.

🎥 Shuningdek, bugungi tadbirda barcha ishtirokchilarning videolari namoyish etilib, tomoshabinlarga unutilmas taassurot ulashildi.

👏Barcha ishtirokchilarga faol qatnashganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Sizlarning ijodingiz va faolligingiz – fakultetimiz faxri!

Yangi loyihalar va tanlovlarda ham faol bo‘lishingizni kutib qolamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2🤩2🥰1🎉1😍1