3rd English faculty
1.81K subscribers
12.6K photos
1.67K videos
198 files
1.94K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🧠 Zakovat — bilim va tafakkur maydoni! 🌟

Joriy yilning 15-aprel kuni Yunusobod tumanidagi 9-IDUMda Ingliz tili integrallashgan kursi №3 kafedrasi o‘qituvchisi Sh. Qulmamatova rahbarligida 2422-guruh talabalari tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil etildi. 🎓🇺🇿

Mazkur bellashuvda o‘quvchilar o‘zlarining bilim salohiyati, mantiqiy fikrlashi hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar. 🧠💡 Musobaqa davomida ishtirokchilar qiziqarli savollarga tezkor va aniq javob berib, faol ishtirok etdilar. ⏱️

Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, tafakkurini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi. 🚀📚

Bunday intellektual loyihalar yoshlar o‘rtasida bilimga intilish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🏆🤝
1
Joriy yilning 15-aprel sanasida Ingliz tili 3-fakulteti Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi” mutaxassisi N.Israilova va tyutor N.Mamazohirova tomonidan Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan profilaktik va o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🖍 Jarayon davomida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning yashash sharoitlari, ijtimoiy muhitga moslashuvi hamda kundalik hayotidagi muhim jihatlar muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish, o‘zaro hurmat va hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📍 Muloqotlar davomida talabalarning aksariyatida ijobiy kayfiyat va faol ijtimoiy muhit barqaror ekanligi kuzatildi.

📌 Mazkur tashrif talabalarni yaqindan bilish , ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
1
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟥🟥🟥

🗣“Munozara” respublika turniriga start berildi!

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Munozara” respublika turnirining 2026-yilgi mavsumiga start beradi.

☑️Turnirda barcha oliy ta’lim tashkilotlari talabalari 3 nafar ishtirokchidan iborat jamoa tuzgan holda ishtirok etishlari mumkin.
🔹“Munozara” respublika turniri uch bosqichda oliy ta'lim tashkiloti, hududiy va respublika bosqichi tartibida o‘tkaziladi. Birinchi oliy ta’lim tashkiloti bosqichi fakultetlar jamoalari o‘rtasida joriy yilning 20-aprel – 2-may oralig‘ida tashkil etiladi.

➡️Turnir nizomi va yo‘riqnomasi

➡️Tavsiya etilgan mavzular ro‘yxati

➡️Hududiy bosqich reja-grafigi

🏆 Turnirning respublika bosqichi g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari, diplom va quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
↪️1-o‘rin – 30 million so‘m;
↪️2-o‘rin – 20 million so‘m;
↪️3-o‘rin – 15 million so‘m.

⚫️Turnirda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O'zbekiston davlat Jahon Tillari Universiteti
🇬🇧 Ingliz tili nazariy fanlar 3 kafedrasi tomonidan 2026-yil 15-aprel sanasida

🇺🇿" ZAMONAVIY LINGVISTIKADA GLOBALIZATSIYA, TIL SIYOSATI VA LISONIY IDENTIKLIKKA OID MUAMMOLAR VA YECHIMLAR" mavzusida xalqaro ilmiy amaliy konferensiya tashkil etildi.

🇺🇿Konferensiyada ko'plab xalqaro miqyosdagi chet ellik mehmonlar ishtirok etib , bu sohadagi islohatlar , muammolar va yechimlar bilan o'zaro fikr almashdilar.

🇺🇿Tadbir yuqori saviyada tashkil etildi va tadbir yakunida mehmonlarga esdalik sovg'alar taqdim etildi.

#O'zDJTU
#Ingliztili3fakultet
#Konferensiya
#Zamonaviylingvistika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
🔻🔻🔻🔻🔻

15-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakultetida “Zamonaviy tilshunoslikda globallashuv muammolari va yechimlari, til siyosati hamda lingvistik identifikatsiya” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Mazkur konferensiya zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masalalariga bagʻishlanib, unda globallashuv jarayonida til siyosati va lingvistik identifikatsiya muammolari hamda ularning yechimlari keng muhokama qilindi.

Tadbirni universitet rektori Ilhomjon Tuxtasinov ochib berib, oʻz nutqida bugungi kunda tilshunoslik sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda yosh tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Konferensiyada xorijiy va mahalliy olimlar faol ishtirok etib, oʻz ilmiy maʼruzalari bilan qatnashdilar. Jumladan, Tony Liddicoat, Michelle Bedecker, Musa Yavuz Alptekin, Mahanbet Djusupov, Sedigheh Shakib Kotamjani, Ergasheva Guli Ismailovna hamda Rebecca Reel kabi mutaxassislar zamonaviy tilshunoslikdagi dolzarb muammolar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Konferensiya davomida til siyosati, madaniyatlararo kommunikatsiya, global muhitda lingvistik oʻzlikni saqlab qolish kabi masalalar atroflicha muhokama qilinib, ishtirokchilar oʻrtasida samarali fikr almashinuvi tashkil etildi.

Mazkur xalqaro konferensiya ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda tilshunoslik sohasida yangi ilmiy yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim ilmiy platforma sifatida e’tirof etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram   | Instagram  | Facebook  | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰3