3rd English faculty
1.81K subscribers
12.6K photos
1.67K videos
198 files
1.95K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
📚"Oilaviy munosabatlar psixologiyasi "mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
🏢 2433-guruh talabalari ishtirokida “Oilaviy munosabatlar psixologiyasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbir Ingliz tili integrallashgan kursi 3 kafedrasi katta o‘qituvchisi Ismoilova Z. A. rahbarligida o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida sog‘lom oilaviy munosabatlarni shakllantirish, o‘zaro hurmat, ishonch va tushunish kabi muhim qadriyatlarni targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
📉Davra suhbati davomida talabalar oiladagi psixologik muhit, er-xotin munosabatlari, ota-ona va farzand o‘rtasidagi muloqot madaniyati haqida fikr almashdilar. Shuningdek, hayotiy misollar orqali turli vaziyatlarga to‘g‘ri yondashish yo‘llari muhokama qilindi.
📈Tadbir interaktiv tarzda tashkil etildi va talabalarning faol ishtiroki ta’minlandi. Savol-javoblar hamda munozaralar orqali mavzu yanada chuqur yoritildi.
📑Davra suhbati yakunida ishtirokchilar oilaviy munosabatlarda sabr-toqat, o‘zaro tushunish va mas’uliyatning ahamiyati katta ekanligini yana bir bor anglab yetdilar
🗓Oʻtkazilgan sana:14.04.2026
Speaking Club Continues!

Our latest session was full of energy, creativity, and great speaking! 🎭

We explored fame through roleplays, quick-fire questions, and fun discussions.

Big thanks to everyone who joined—you made it amazing!
More exciting sessions coming soon… stay tuned

@asror_fakhridinov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🥰1🤩1🏆1
#Master-klass

2026-yil 15-aprel kuni Ingliz tili amaliy fanlar 3 kafedrasi o‘qituvchisi M.Bahronova tomonidan "Innovatsion metodlardan foydalanish va video darslik yaratish" mavzusida master-klass tashkil etildi. Mazkur tadbir kafedra professor-o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy dars jarayonida samarali kommunikativ metodlardan foydalanishga bag‘ishlandi.

O‘qituvchi Bahronova M.F. tomonidan innovatsion metodlarni o‘quv jarayoniga joriy etish masalalari ko‘rib chiqilib, professor-o‘qituvchilarga zamonaviy innovatsion ta’lim metodlarini tushuntirib o‘tdi, ularni amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rgatish hamda o‘quv jarayonida samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat video roliklar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.


Master-klass jarayonida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:
•Professor-o‘qituvchilarni innovatsion ta’lim metodlari bilan tanishtirish;
•Tanlangan metodning nazariy asoslarini tushuntirib berish;
•Metodni amaliy mashg‘ulotlar orqali qo‘llash usullarini ko‘rsatish;
•O‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish;
•Ta’lim jarayonida interfaol va samarali metodlardan foydalanishni rag‘batlantirish.

Shuningdek, ishtirokchilarga ushbu metodni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi, darsdan olingan namunalar asosida muhokamalar olib borildi va o‘qituvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Yakunda, mazkur master-klass o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan foydali va samarali tadbir sifatida baholandi.
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

🇺🇿O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti
🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti kengashi tomonidan
“Tabaqalashtirilgan stipendiya sifatli ta’lim olishga sabab bo‘ladi” mavzusida munozara tashkil etilmoqda.

Munozara jamoa tarzida bo‘lib o‘tadi. Har bir jamoa 3 nafar ishtirokchidan iborat bo‘lishi lozim.

Barcha talabalarni ushbu qiziqarli va dolzarb mavzudagi bahs-munozarada faol ishtirok etishga chorlaymiz!

🗓 Sana: 16.04.2026
Vaqt: 13:30
📱 @Qurbonova_Oydinoy
📍 Manzil: 3-ingliz fakultet Yoshlar ittifoqi xonasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰1🤩1
📅 2026-yil 15-aprel kuni “TEXT TITANS” to‘garagining navbatdagi qiziqarli va interaktiv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi 🔥

👨‍🏫 Mashg‘ulot Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi o‘qituvchisi Nizomov Feruzbek Raxmon o‘g‘li rahbarligida “Writing Reflections” mavzusida tashkil etildi ✍️

🧠 Dars davomida talabalar o‘z o‘quv tajribalarini tahlil qilish, his-tuyg‘ularini ifodalash va kelajakdagi rivoj yo‘llarini aniqlash bo‘yicha faol ishtirok etdilar.

🎭 Shuningdek, mashg‘ulot davomida “First Impression” mavzusida suhbat va interaktiv o‘yinlar tashkil etilib, talabalar bir-birlarida qoldirgan ilk taassurotlari haqida fikr almashdilar

🔍 Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar “experience → feelings → evaluation → future action” modeli asosida refleksiya yozdilar ✍️

💬 Mashg‘ulot yuqori energiya , jonli munozaralar 🗣️ va ijodiy yondashuvlar 🎨 bilan boy bo‘ldi. Talabalar nafaqat yozish, balki tanqidiy fikrlash va o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini ham rivojlantirdilar 📈

“TEXT TITANS” — fikr 💡, tahlil 🔍 va rivoj 🚀 maydoni
2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti tyutorlari N. Israilova va
Z. Xolmurodova
tomonidan 1-sonli talabalar turar joyiga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar, xonalar holati, sanitariya-gigiyena talablari hamda xavfsizlik masalalari batafsil o‘rganildi.

Shuningdek, talabalarning yashash jarayoni, ularning kundalik ehtiyojlari va muammolari yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.

Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilashdan iboratdir.

Tashrif yakunida mas’ul xodimlarga tegishli tavsiyalar berilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan zarur ko‘rsatmalar bildirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🥰1🤩1