3rd English faculty
1.8K subscribers
12.6K photos
1.67K videos
198 files
1.95K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
Forwarded from UzSWLU sports club
🏆🏆🏆🏆🏆GʻALABA🏆🏆🏆🏆

🏓 13-14-aprel kunlari Toshkent shahar transport universiteti sport zalida sportning stol tennisi turi boʻyicha talabalar oʻrtasida "TALABALAR LIGASI" sport musobaqalarining Toshkent shahar birinchiligi boʻlib oʻtdi.

Mazkur musobaqada poytaxtimizning 50 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari murosasiz bahslarga kirishishdi.

🔥Yakunda OʻzDJTU terma jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib faxrli 1-oʻrinni egallashdi hamda RESPUBLIKA FINAL BOSQICHIga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi!

Sportchilarimizga Respublika bosqichida ham omad tilab qolamiz!
3🤩3🥰1
Forwarded from UzSWLU sports club
🏆🏆🏆GʻALABA🏆🏆🏆

🏐 13-14 aprel kunlari OʻzDJTU sport majmuasida voleybol boʻyicha talaba-qizlar oʻrtasida "TALABALAR LIGASI" sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.

Ushbu musobaqada poytaxtimizdan tashrif buyurgan 60 dan ortiq jamoalar 3 ta hududga boʻlingan holda bahs olib borishdi. Mazkur guruhlardagi 1-oʻrinni olgan eng yaxshi 3 ta jamoa RESPUBLIKA FINAL bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishi bilan ahamiyatli boʻldi.

Yakunda oʻz guruhlarida yakka peshqadamlik qilgan quyidagi jamoalar Respublika final bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi:

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (OʻzDJTU)
Oʻzbekiston milliy universiteti (OʻzMU)
Toshkent davlat tibbiyot universiteti (ToshMI)

Talaba-qizlarimizga Respublika final bosqichida omad tilab qolamiz🔥🔥🔥
2🥰1👏1
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

Lider talabalar diqqatiga❗️ 🔺 Sizda:
🔺 yetakchilik,
🔻 bolalar bilan ishlash,
🔹 mas'uliyatlilik xususiyatlari
bormi?! 🔻Tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobiliyatlarichi?!

🔹 Unda biz sizga yozgi ta'tilni Oqtosh bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida yetakchi sifatida o‘tkazish imkoniyatini taklif qilamiz

🔸 Talabgorlar suhbat asosida tanlab olinadi.

🔹Talabgorlar rus, ingliz va o'zbek tillarida erkin muloqot qila olishlari shart

📍Suhbatda ishtirok etish istagida boʻlgan talabgorlarni roʻyxatdan oʻtish uchun Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimida kutib qolamiz
( Asosiy bino, 6-etaj)

🗓Suhbat 17.04.2025 kuni soat 17:30da bo'lib o'tadi.

📞 Murojaat uchun:
@Mrilkhomjon

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
📱@yoshlarittifoqi_uzdjtu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍43🥰1
14-aprel kuni Ingliz tilini óqitish metodikasi 3 kafedrasi óqituvchilari Chilonzor tumani 181-maktab bitirivchi óquvchilari uchun "Xalqaro va milliy til sertifikatlari – kelajak cho‘qqilariga yól" mavzusida amaliy mashğulot tashkil etdi.
​Mashğulotdan ko‘zlangan maqsad-óquvchilarga xalqaro (IELTS) va milliy (CEFR) til sertifikatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, ​Oliy ta’lim muassasalariga kirishda til sertifikatlarining imtiyozlari haqida ma’lumot berish hamda óquvchilarda chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish va motivatsiyani oshirish.
Universitet óqituvchilari tomonidan zamonaviy smart-doska yordamida til imtihonlarining tuzilishi (Listening, Reading, Writing, Speaking) haqida batafsil ma’lumot berildi. Óquvchilarga maxsus test topshiriqlari namunalari ko‘rsatilib, ularni yechish texnikalari o‘rgatildi.
​O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, xususan, imtihon topshirish jarayoni, ro‘yxatdan o‘tish va tayyorgarlik ko‘rish muddatlari bo‘yicha Universitet óqituvchilaridan javob oldilar.
​Mashğulot yakunida o‘quvchilar chet tili sertifikatiga ega bo‘lish nafaqat imtiyoz, balki zamon talabi ekanligini anglab yetdilar. Ishtirokchilar o‘quv yili yakuniga qadar o‘z bilim darajalarini aniqlash va sertifikat olish uchun imtihon topshirishga qiziqish bildirdilar.