3rd English faculty
1.8K subscribers
12.6K photos
1.67K videos
198 files
1.95K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
Bugun 14-Aprel 2026 yil sanasida “LOST IN TRANSLATION” to‘garagining 24-navbatdagi “Environment & Ecology – ekologiyaga oid tarjimalar” mavzusida mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. To‘garak Ingliz tili amaliy fanlar 3 kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Agzamxodjayeva rahbarligida o‘tdi.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar ekologiya va atrof-muhit muammolariga oid asosiy terminlar (masalan, climate change, biodiversity, pollution, sustainability) haqida o‘zaro firk almashtilar va ushbu atamalarni o‘zbek tiliga tarjima qilish hamda ularning mazmunini izohlash bo‘yicha mashqlar bajardilar.

Keyingi bosqichda talabalar kichik guruhlarga bo‘linib, ekologiyaga oid matnlar ustida ishladilar. Har bir guruhga turli mavzularda (global isish, suv resurslari, chiqindilarni qayta ishlash va boshqalar) qisqa matnlar berildi. Talabalar matnlarni tarjima qilish bilan birga, undagi asosiy g‘oyalarni muhokama qildilar.

Mashg‘ulot so‘ngida
• Talabalar ekologiyaga oid asosiy terminlarni o‘zlashtirdilar;
• Ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda aniqlik va to‘g‘rilikni ta’minlash ko‘nikmalari rivojlandi;
• Guruhda ishlash va fikr almashish orqali kommunikativ kompetensiya oshdi;
• Ekologik muammolar haqida kengroq tushuncha hosil qilindi.
SPEAKING CLUB
Topic: Fame
When: April 15th Wednesday
Where: English 3-Faculty
Room No: Lecture Room N7
Time: 8:30
JOIN US TO SHARE YOUR IDEAS!

📱@asror_fakhridinov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🥰2👏1
🟦🟦🟦🟦🟦

2026-yil 14-aprel kuni Ingliz tili amaliy fanlar-3 kafedrasi mudiri Isaqulova B.X. boshchiligida 1-kurs talabalari ishtirokida “Kitobxonlik” mavzusida ma’rifat soati yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur darsning asosiy maqsadi talabalarda kitobga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytirish, ularning mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda badiiy tafakkurini boyitishdan iborat bo‘ldi. Dars davomida kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, uning ma’naviy kamolot sari yetaklovchi kuch ekanligi alohida ta’kidlandi.


Ma'rifat soati darsi iliq va samimiy muhitda boshlandi. Unda talabalar tomonidan o‘qilgan asarlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi, sevimli adiblar va ularning ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Ayrim talabalar o‘zlari mutolaa qilgan badiiy asarlar asosida chiqishlar qilib, kitob orqali olgan hayotiy saboqlari bilan o‘rtoqlashdilar. Bu esa o‘ziga xos ruh va mazmun bag‘ishladi.

Shuningdek, dars jarayonida kitobxonlikning inson tafakkuri, nutqi va dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni haqida chuqur mulohazalar yuritildi. Talabalar faol ishtirok etib, savol-javoblar, kichik muhokamalar orqali o‘z bilim va qarashlarini namoyon etdilar.

Ma'rifat soati yakunida Isaqulova B.X. tomonidan talabalarga kitob mutolaasini muntazam davom ettirish, har bir o‘qilgan asardan xulosa chiqarish va uni hayotda qo‘llash zarurligi haqida muhim tavsiyalar berildi.


Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mazkur “Kitobxonlik” ga bag'ishlangan ma'rifat soati darsi talabalarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularda kitobga nisbatan mehr uyg‘otish hamda intellektual salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Dars yuqori saviyada, mazmunan boy va tarbiyaviy jihatdan samarali tarzda o‘tkazildi.
3
Forwarded from UzSWLU sports club
🏆🏆🏆🏆🏆GʻALABA🏆🏆🏆🏆

🏓 13-14-aprel kunlari Toshkent shahar transport universiteti sport zalida sportning stol tennisi turi boʻyicha talabalar oʻrtasida "TALABALAR LIGASI" sport musobaqalarining Toshkent shahar birinchiligi boʻlib oʻtdi.

Mazkur musobaqada poytaxtimizning 50 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari murosasiz bahslarga kirishishdi.

🔥Yakunda OʻzDJTU terma jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib faxrli 1-oʻrinni egallashdi hamda RESPUBLIKA FINAL BOSQICHIga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi!

Sportchilarimizga Respublika bosqichida ham omad tilab qolamiz!
3🤩3🥰1
Forwarded from UzSWLU sports club
🏆🏆🏆GʻALABA🏆🏆🏆

🏐 13-14 aprel kunlari OʻzDJTU sport majmuasida voleybol boʻyicha talaba-qizlar oʻrtasida "TALABALAR LIGASI" sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.

Ushbu musobaqada poytaxtimizdan tashrif buyurgan 60 dan ortiq jamoalar 3 ta hududga boʻlingan holda bahs olib borishdi. Mazkur guruhlardagi 1-oʻrinni olgan eng yaxshi 3 ta jamoa RESPUBLIKA FINAL bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishi bilan ahamiyatli boʻldi.

Yakunda oʻz guruhlarida yakka peshqadamlik qilgan quyidagi jamoalar Respublika final bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi:

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (OʻzDJTU)
Oʻzbekiston milliy universiteti (OʻzMU)
Toshkent davlat tibbiyot universiteti (ToshMI)

Talaba-qizlarimizga Respublika final bosqichida omad tilab qolamiz🔥🔥🔥
2🥰1👏1
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

Lider talabalar diqqatiga❗️ 🔺 Sizda:
🔺 yetakchilik,
🔻 bolalar bilan ishlash,
🔹 mas'uliyatlilik xususiyatlari
bormi?! 🔻Tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobiliyatlarichi?!

🔹 Unda biz sizga yozgi ta'tilni Oqtosh bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida yetakchi sifatida o‘tkazish imkoniyatini taklif qilamiz

🔸 Talabgorlar suhbat asosida tanlab olinadi.

🔹Talabgorlar rus, ingliz va o'zbek tillarida erkin muloqot qila olishlari shart

📍Suhbatda ishtirok etish istagida boʻlgan talabgorlarni roʻyxatdan oʻtish uchun Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimida kutib qolamiz
( Asosiy bino, 6-etaj)

🗓Suhbat 17.04.2025 kuni soat 17:30da bo'lib o'tadi.

📞 Murojaat uchun:
@Mrilkhomjon

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
📱@yoshlarittifoqi_uzdjtu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍43🥰1