3rd English faculty
1.8K subscribers
12.6K photos
1.67K videos
198 files
1.95K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
📢 🟦🟦🟦🟦🟦

2026-yil 13-kuni Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi o‘qituvchisi Bahronova Maftuna Farhodovna tomonidan 2515-guruh talabalari ishtirokida “Gigiyena: yotoqxonada tozalik va salomatlik ” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalar bilan gigiyenaning ahamiyati va yotoqxonada tozalikka rioya etish, salomatlikka uning ahamiyati haqida so‘z olib borildi. Xususan, gigiyenani to‘g‘ri tashkil etishda sog‘lom yeguliklar, tartib va tozalikning o‘rni alohida yoritildi. Ayniqsa, yotoqxonaning asosan qizlar istiqomat qilganligi sababli tozalik haftaligi tashkil etishning muhimligi va bu borada kerakli ma’lumotlar berildi.


Ushbu tadbirda yotoqxonada gigiyena qoidalariga amal qilishning sog‘lik uchun muhimligi haqida ma’lumot berildi. Yotoqxonaning toza va tartibli bo‘lishi infeksion kasalliklar tarqalishini oldini olishda asosiy omil ekanligi tushuntiriladi. Tadbir davomida yotoqxonada shaxsiy gigiyena, kiyim-kechak va xonalarni tozalash, xona havosini yangilash, axloqsizlikni kamaytirish kabi jihatlar ko‘rib chiqiladi. Ishtirokchilar gigiyena qoidalariga rioya qilish orqali o‘z sog‘lig‘ini mustahkamlash va farovon yashash uchun zarur choralarni o‘rgandilar.

Tadbir yakuni:
Yakunda tashkilotchilar bunday uchrashuvlar gigiyena  sog‘lom turmush tarzining muhim bir bo‘lagi ekanligini va bu kabi tadbirlar salomatlik haqidagi qarashlarni shakllantirishda katta yordam berishini ta’kidladilar.
2
1
🟦🟦🟦

📚Adabiyotga ehtirom – qalblarda aks etgan kecha ✒️

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida tyutorlar
Z. Xolmurodova va M. Avazova
tashabbusi bilan talaba-yoshlar ishtirokida yuksak saviyada adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

🇺🇿Ushbu mazmunli tadbir:
Aziz Qayumov tavalludining 100 yilligi
Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligi
hamda Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlandi.

Kecha davomida talaba-yoshlar tomonidan ijodkorlarning boy merosi chuqur yoritilib, ularning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan chiqishlar, ifodali she’rlar hamda ta’sirchan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Har bir chiqish tomoshabin qalbida iliq taassurot qoldirdi.

Ayniqsa, Abdulla Oripov she’rlari yangragan onlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishlab, milliy adabiyotimizning beqiyos go‘zalligini yana bir bor namoyon etdi.

Bunday kechalar yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va adabiyotga cheksiz mehr tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

#UzDJTU
#InglizTili3Fakulteti #TalabalarHayoti #AbdullaOripov #SaidaZunnunova #AzizQayumov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🥰2😍2
🇺🇿Joriy yilning 15-aprel kuni 3-ingliz tili fakulteti tyutori S.Berdiyeva tomonidan Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligiga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda talabalar Saida Zunnunova she’rlaridan namunalar o‘qildi hamda ijodining mazmun-mohiyati chuqur tahlil qilindi, talaba-yoshlar shoiraning hayoti, ijod yo‘li hamda uning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar. Shoiraning dilga yaqin she’rlari ifodali tarzda o‘qildi

Mazkur tadbirning o’tkazilishidan asosiy yoshlar qalbida kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish, milliy adabiyotimizga hurmat ruhini mustahkamlash, yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish hamda adabiyotga bo‘lgan muhabbatini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
👍32
🔈🔈🔈
COMPUTER-BASED MOCK IELTS
📍Endi Jahon Tillarida

✔️IDP IELTS
☄️EDU-ACTION EXAM CENTER. 🔔JAHON TILLARI UNIVERSITETI HAMKORLIKDA NOMZODLAR UCHUN HAQIQIY IELTS PLATFORMASIDA MOCK TESTLARIDA QATNASHISH IMKONIYATINI TAQDIM QILADI.

📎Imtihondan oldin o'z darajangizni bilish va aniq reja asosida tayyorgarlik ko'rishda Mock Test muhim rol o'ynaydi.

Universitetimiz hududida tashkillashtirilayotgan
⬇️ Test jarayonlarida qatnashing
⭐️ Real Exam muhitini his qiling.

🗓APRIL SESSION UCHUN QABUL OCHIQ

ACADEMIC LISTENING, READING, WRITING Skillaridan test savollari beriladi.
Testlar authentic exam testlari formatida tuziladi.
➡️Platformadan foydalanish uchun login-parol beriladi
➡️Natijalar saytda yoki e-mailga jo'natish orqali e'lon qilinadi.

📣📣📣
ENG MUHIMI!
🥇Registratsiyadan o'tgan 30-50-70-raqamli nomzodlarga qatnashish uchun FREE SEAT BERILADI!
🥈Shuningdek, Instagram sahifadagi oxirgi videoga izoh yozgan, 3ta do'stini belgilagan random 3ta nomzodga FREE SEAT beriladi
🥉Keyingi 3ta FREE SEAT Telegram Kanaldagi a'zolar o'rtasida tanlov asosida beriladi.
MOCK TESTda eng yaxshi natija ko'rsatgan 1ta Candidate keyingi Mock testni FREE topshirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Biz bilan aloqa:
✏️Telefon: 91 875 42 22
✏️Telegram: @farhod_shavkatov1ch
✏️Instagram: @farhod_shavkatov1ch
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰1🤩1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti


Ingliz tili 3-fakultet tyutorlari
N.Mamazohirova M.Avazova Z.Xolmurodova va F.Sadullayev
tomonidan ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olindi.

📍Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, kundalik turmush tarzi, o‘zaro munosabatlari va psixologik holati o‘rganildi.

Suhbatlar jarayonida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:
✔️yashash sharoitlari va qulaylik darajasi
✔️xonadoshlar o‘rtasidagi munosabatlar
✔️yuzaga kelayotgan muammo va qiyinchiliklar
✔️talabalarning emotsional holati va kayfiyati

O‘rganishlar natijasida ayrim talabalar moslashuv jarayoni bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelayotgani, ba’zilarida esa uy sog‘inchi va ichki kechinmalar mavjudligi aniqlandi.

Shu bilan birga, ko‘plab xonadonlarda o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlash muhiti mavjudligi ijobiy holat sifatida qayd etildi.

Talabalarga zarur tavsiyalar berilib, ularning murojaatlari tinglandi.
1
Bugun 14-Aprel 2026 yil sanasida “LOST IN TRANSLATION” to‘garagining 24-navbatdagi “Environment & Ecology – ekologiyaga oid tarjimalar” mavzusida mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. To‘garak Ingliz tili amaliy fanlar 3 kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Agzamxodjayeva rahbarligida o‘tdi.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar ekologiya va atrof-muhit muammolariga oid asosiy terminlar (masalan, climate change, biodiversity, pollution, sustainability) haqida o‘zaro firk almashtilar va ushbu atamalarni o‘zbek tiliga tarjima qilish hamda ularning mazmunini izohlash bo‘yicha mashqlar bajardilar.

Keyingi bosqichda talabalar kichik guruhlarga bo‘linib, ekologiyaga oid matnlar ustida ishladilar. Har bir guruhga turli mavzularda (global isish, suv resurslari, chiqindilarni qayta ishlash va boshqalar) qisqa matnlar berildi. Talabalar matnlarni tarjima qilish bilan birga, undagi asosiy g‘oyalarni muhokama qildilar.

Mashg‘ulot so‘ngida
• Talabalar ekologiyaga oid asosiy terminlarni o‘zlashtirdilar;
• Ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda aniqlik va to‘g‘rilikni ta’minlash ko‘nikmalari rivojlandi;
• Guruhda ishlash va fikr almashish orqali kommunikativ kompetensiya oshdi;
• Ekologik muammolar haqida kengroq tushuncha hosil qilindi.