3rd English faculty
1.8K subscribers
12.6K photos
1.67K videos
198 files
1.95K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🌎Joriy yilning 11-aprel kuni 3-ingliz fakulteti tyutori S.Berdiyeva biriktirilgan 2505-guruh talabalari bilan birgalikda tabiat qo'ynida maroqli piknik tashkil etildi.

Mazkur tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad talabalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, jamoaviy muhitni mustahkamlash hamda ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat boʻldi. Tadbir davomida talabalar oʻzaro muloqot qilish, jamoaviy oʻyinlarda ishtirok etish hamda tabiat qoʻynida dam olish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Shuningdek, tadbir jarayonida talabalar oʻrtasida doʻstona muhitni yanada rivojlantirish, oʻzaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

🔷Bunday tadbirlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda hamda ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
🔥21👏1
🏢Chilonzor tumanidagi 79-maktabda 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu tadbir yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.

🖥Musobaqa ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.A. Ismoilova rahbarligida, 2416-guruh talabalari faol ishtirokida tashkil qilindi. Tadbir jarayonida o‘quvchilar turli sohalarga oid savollarga javob berish orqali o‘z bilimlarini namoyon etdilar. Ayniqsa, tezkorlik, zukkolik va jamoaviy hamjihatlik musobaqaning asosiy mezonlaridan biri bo‘ldi.

📚Tadbir qiziqarli va mazmunli o‘tdi, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat va yangi bilimlar ulashdi. G‘olib jamoalar munosib rag'batlantirildi.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
1👍1
Forwarded from GrantGO
Muhlati yaqin qolgan dasturlar

5 kun qoldi:
1. Barcha 17-40 yosh oraligʻidagilar uchun Koreyada xarajatlari toʻliq qoplanadigan yozgi madaniyat oromgohi — Summer Korean Culture Camp
👉 https://grantgo.uz/go/56250

2. Bakalavriat, magistratura talabalari va oʻqishni bitirganlar uchun Yaponiyada toʻliq moliyalashtiriluvchi OIST Research Internship amaliyot dasturi
👉 https://grantgo.uz/go/62011

3. Ozarbayjonda barcha bosqichlarni xarajati qoplangan holda oʻqish imkoniyati — Azerbaijan Government Study Scholarship
👉 https://grantgo.uz/go/80633


10 kun qoldi:
1. 18-35 yosh oraligʻidagilar uchun xalqaro insholar tanlovi — Peter Drucker Challenge. Bosh sovrin: €2000 va Avstriyaga sayohat!
👉 https://grantgo.uz/go/23628

Telegram | YouTube | Mentorlik
2👏2👍1😍1
Forwarded from UzSWLU sports club
"TALABA-YUGUR" koʻngillilar yugurish musobaqasi uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandi🔥

Perfend.com sayti orqali roʻyxatdan oʻting va quyidagi sovrinlarni qoʻlga kiriting:

1-oʻrin - bazaviy stipendiya miqdorining 50 % miqdorida (6 oy davomida) ragʻbatlantirib boriladi;

2-oʻrin - bazaviy stipendiya miqdorining 50 % miqdorida (4 oy davomida) ragʻbatlantirib boriladi;

3-oʻrin - bazaviy stipendiya miqdorining 50 % miqdorida (2 oy davomida) ragʻbatlantirib boriladi.

Agar sizning natijangiz Respublika miqyosida kuchli uchlikda qayd etilsa:

1-oʻrin - 10 000 000 soʻm miqdorida;
2-oʻrin - 8 000 000 soʻm miqdorida;
3-oʻrin - 5 000 000 soʻm miqdoridagi ragʻbatlantirishga ega boʻlasiz🫡

Roʻyxatdan oʻtishga shoshiling❗️
2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti

“Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi” mutaxassisi N.Israilova hamda fakultet tyutorlari
Z. Xolmurodova, M. Mamatova
N. Mamazoxirovalar
tomonidan ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olindi.

📍Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, kundalik turmush tarzi, o‘zaro munosabatlari va psixologik holati o‘rganildi.

Suhbatlar jarayonida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:
✔️yashash sharoitlari va qulaylik darajasi
✔️xonadoshlar o‘rtasidagi munosabatlar
✔️yuzaga kelayotgan muammo va qiyinchiliklar
✔️talabalarning emotsional holati va kayfiyati

O‘rganishlar natijasida ayrim talabalar moslashuv jarayoni bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelayotgani, ba’zilarida esa uy sog‘inchi va ichki kechinmalar mavjudligi aniqlandi.

Shu bilan birga, ko‘plab xonadonlarda o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlash muhiti mavjudligi ijobiy holat sifatida qayd etildi.

Talabalarga zarur tavsiyalar berilib, ularning murojaatlari tinglandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏2🤩1
📢 🟦🟦🟦🟦🟦

2026-yil 13-kuni Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi o‘qituvchisi Bahronova Maftuna Farhodovna tomonidan 2515-guruh talabalari ishtirokida “Gigiyena: yotoqxonada tozalik va salomatlik ” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalar bilan gigiyenaning ahamiyati va yotoqxonada tozalikka rioya etish, salomatlikka uning ahamiyati haqida so‘z olib borildi. Xususan, gigiyenani to‘g‘ri tashkil etishda sog‘lom yeguliklar, tartib va tozalikning o‘rni alohida yoritildi. Ayniqsa, yotoqxonaning asosan qizlar istiqomat qilganligi sababli tozalik haftaligi tashkil etishning muhimligi va bu borada kerakli ma’lumotlar berildi.


Ushbu tadbirda yotoqxonada gigiyena qoidalariga amal qilishning sog‘lik uchun muhimligi haqida ma’lumot berildi. Yotoqxonaning toza va tartibli bo‘lishi infeksion kasalliklar tarqalishini oldini olishda asosiy omil ekanligi tushuntiriladi. Tadbir davomida yotoqxonada shaxsiy gigiyena, kiyim-kechak va xonalarni tozalash, xona havosini yangilash, axloqsizlikni kamaytirish kabi jihatlar ko‘rib chiqiladi. Ishtirokchilar gigiyena qoidalariga rioya qilish orqali o‘z sog‘lig‘ini mustahkamlash va farovon yashash uchun zarur choralarni o‘rgandilar.

Tadbir yakuni:
Yakunda tashkilotchilar bunday uchrashuvlar gigiyena  sog‘lom turmush tarzining muhim bir bo‘lagi ekanligini va bu kabi tadbirlar salomatlik haqidagi qarashlarni shakllantirishda katta yordam berishini ta’kidladilar.
2
1
🟦🟦🟦

📚Adabiyotga ehtirom – qalblarda aks etgan kecha ✒️

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida tyutorlar
Z. Xolmurodova va M. Avazova
tashabbusi bilan talaba-yoshlar ishtirokida yuksak saviyada adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

🇺🇿Ushbu mazmunli tadbir:
Aziz Qayumov tavalludining 100 yilligi
Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligi
hamda Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlandi.

Kecha davomida talaba-yoshlar tomonidan ijodkorlarning boy merosi chuqur yoritilib, ularning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan chiqishlar, ifodali she’rlar hamda ta’sirchan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Har bir chiqish tomoshabin qalbida iliq taassurot qoldirdi.

Ayniqsa, Abdulla Oripov she’rlari yangragan onlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishlab, milliy adabiyotimizning beqiyos go‘zalligini yana bir bor namoyon etdi.

Bunday kechalar yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va adabiyotga cheksiz mehr tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

#UzDJTU
#InglizTili3Fakulteti #TalabalarHayoti #AbdullaOripov #SaidaZunnunova #AzizQayumov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🥰2😍2