3rd English faculty
1.8K subscribers
12.6K photos
1.67K videos
198 files
1.95K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🟦🟦🟦

Sohibqiron merosi – abadiyat timsoli

🗓2026-yil 10-aprel kuni
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida Zamonaviy rus tili kafedrasi o‘qituvchilari R.R. Shakirova, N.A. Nasirova, G.A. Hamrayeva hamda N.R. Latfulina tashabbusi bilan 1-kurs 2504-guruh talabalari tomonidan buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🇺🇿Tadbirda Ingliz tili 3-fakulteti dekani I.T. Xaydarov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari M. Jakbarov hamda fakultet tyutorlari ishtirok etib, talabalarning ijodiy chiqishlarini kuzatishdi va ularga iliq fikrlar bildirishdi.

🇺🇿Tadbir davomida talabalar Amir Temurning hayoti, davlat boshqaruvi va tarixiy merosi haqida mazmunli ma’lumotlar berib o‘tishdi.

🇺🇿Shuningdek, Sohibqiron Amir Temur faoliyatini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari ijro etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

🇺🇿Mazkur tadbir yoshlar ongida tarixiy merosga hurmat, milliy iftixor va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👏2😍2🎉1🤩1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🎓Kasbiy faoliyatda zamonaviy texnologiyalar va raqamli savodxonlikni oshirish bo‘yicha trening tashkil etildi

🇺🇿 2026-yil aprel oyida
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti o‘qituvchilari tomonidan amaliy trening darsi o‘tkazildi.

🇺🇿 Katta o‘qituvchi Axmedova Nodira hamda o‘qituvchi Xakimova Sadoqat tomonidan 195-maktabda tashkil etilgan mazkur dars jarayonida:

zamonaviy pedagogik texnologiyalar
raqamli vositalardan samarali foydalanish
ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlar
bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalar berildi.

Trening davomida ishtirokchilar uchun interaktiv metodlar asosida darslar olib borilib, ularning raqamli savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu tashabbus ta’lim sifatini oshirish va o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


#UzDJTU #InglizTili3Fakultet #RaqamliSavodxonlik #ZamonaviyTexnologiyalar #Trening #Ta’lim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2😍2🥰1
🔈🔈🔈
COMPUTER-BASED MOCK IELTS
📍Endi Jahon Tillarida

✔️IDP IELTS
☄️EDU-ACTION EXAM CENTER. 🔔JAHON TILLARI UNIVERSITETI HAMKORLIKDA NOMZODLAR UCHUN HAQIQIY IELTS PLATFORMASIDA MOCK TESTLARIDA QATNASHISH IMKONIYATINI TAQDIM QILADI.

📎Imtihondan oldin o'z darajangizni bilish va aniq reja asosida tayyorgarlik ko'rishda Mock Test muhim rol o'ynaydi.

Universitetimiz hududida tashkillashtirilayotgan
⬇️ Test jarayonlarida qatnashing
⭐️ Real Exam muhitini his qiling.

🗓APRIL SESSION UCHUN QABUL OCHIQ

ACADEMIC LISTENING, READING, WRITING Skillaridan test savollari beriladi.
Testlar authentic exam testlari formatida tuziladi.
➡️Platformadan foydalanish uchun login-parol beriladi
➡️Natijalar saytda yoki e-mailga jo'natish orqali e'lon qilinadi.

📣📣📣
ENG MUHIMI!
🥇Registratsiyadan o'tgan 30-50-70-raqamli nomzodlarga qatnashish uchun FREE SEAT BERILADI!
🥈Shuningdek, Instagram sahifadagi oxirgi videoga izoh yozgan, 3ta do'stini belgilagan random 3ta nomzodga FREE SEAT beriladi
🥉Keyingi 3ta FREE SEAT Telegram Kanaldagi a'zolar o'rtasida tanlov asosida beriladi.
MOCK TESTda eng yaxshi natija ko'rsatgan 1ta Candidate keyingi Mock testni FREE topshirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Biz bilan aloqa:
✏️Telefon: 91 875 42 22
✏️Telegram: @farhod_shavkatov1ch
✏️Instagram: @farhod_shavkatov1ch
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥63👏3🤩2😍1
📢 “ILHOM” MUKOFOTI TANLOVI E’LON QILINDI!

🎓 Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun!

📅 13-aprel kuni tanlovning dastlabki saralash bosqichi o‘tkaziladi

📚 Saralash — 50 ta test savollari asosida (milliy adabiyot va adiblar ijodi)

🏆 3 nafar g‘olib (yoki ijodiy jamoa):
🥇🥈🥉 rag‘bat, maxsus diplom va statuetka bilan taqdirlanadi

📄 Hujjatlar — 15-aprelga qadar topshiriladi

Qo’shimcha ma’lumot uchun:
@mirjanovich

Adabiyotga qiziqasizmi? Ijod qilasizmi?
Unda bu tanlov aynan siz uchun!

🚀 “Ilhom” mukofoti sohibiga aylaning!
3🥰3🤩2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿Ajdodlar xotirasi yodimizda

🇺🇿2026-yil 9-aprel kuni
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida

Zamonaviy rus tili kafedrasi o‘qituvchilari
R.R. Shakirova, N.A. Nasirova, G.A. Hamrayeva hamda N.R. Latfulina tashabbusi bilan


1-kurs 2509-2523-2522-guruh talabalari tomonidan buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar Amir Temurning boy hayoti, davlat boshqaruvi va tarixiy merosi haqida mazmunli ma’lumotlar taqdim etdilar.

Shuningdek, Sohibqiron Amir Temur faoliyatiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Mazkur tadbir yoshlar ongida ajdodlar merosiga hurmat, tarixiy xotiraga sadoqat hamda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍21🥰1
📚 Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan dars 🇺🇿

Bugun Ingliz tili 3-fakultet Ingliz tili integrallashgan kursi #3 kafedrasi o'qituvchisi Sh. Qulmamatova va 2422-guruh talabalari ishtirokida maktabda buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning 690 yilligiga bag‘ishlangan dars mashg‘uloti o‘tkazildi. 🏛

Mashg‘ulot davomida Amir Temurning hayoti, davlat boshqaruvidagi o‘rni va boy tarixiy merosi haqida ma’lumotlar berildi. 📜 O‘quvchilar tomonidan she’rlar aytildi, hikmatli so‘zlar o‘qildi hamda tarixiy shaxsning ahamiyati yuzasidan fikrlar bildirildi. 🗣🤝

Mazmunli va qiziqarli o‘tgan dars o‘quvchilarda vatanparvarlik, milliy faxr va tarixiy shaxslarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi. ❤️🇺🇿

📍 Joy: Yunusobod tumani 9-IDUM
📅 Sana: 11-aprel, 2026-yil
👍1🔥1
🟦🟦🟦

2026-yil 12-aprel sanasida Amaliy fanlar-3 kafedrasi o‘qituvchisi Isamuxamedova M.N. rahbarligida 2517-guruh talabalari bilan Xojikent hududiga ma’naviy-ma’rifiy va sog‘lomlashtirish maqsadida sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida talabalar tabiat qo‘ynida mazmunli hordiq chiqardilar. Xojikentning so‘lim manzaralari, musaffo havosi va tog‘ etaklaridagi go‘zal tabiat ishtirokchilarga katta zavq bag‘ishladi. Talabalar o‘zaro jamoaviy o‘yinlar o‘ynab, turli qiziqarli mashg‘ulotlar orqali bir-birlariga yanada yaqinlashdilar.

Shuningdek, sayohat davomida piknik tashkil etilib, talabalar samimiy suhbatlar qurishdi. Bu jarayon ularning jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni oshirishga xizmat qildi.

Mazkur tadbir talabalarning nafaqat jismoniy, balki ruhiy dam olishlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Ular kundalik o‘quv jarayonidan biroz chetlanib, yangi kuch va ilhom bilan qaytdilar.

Xulosa qilib aytganda, ushbu sayohat yuqori saviyada tashkil etilib, talabalar uchun unutilmas taassurotlar qoldirdi. Bunday tadbirlar yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda, ularni jamoaviylik va ijtimoiy faollikka undashda muhim ahamiyat kasb etadi.
5👍4❤‍🔥2