3rd English faculty
1.8K subscribers
12.6K photos
1.67K videos
198 files
1.95K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
09.04.2026 sanasida Seul ko'chasida joylashgan 128-sonli maktabda O'zbekiston🇺🇿 tarixida beqiyos iz qoldirgan buyuk sarkarda Amir Temurning hotiralariga bag'ishlab "Sohibqiron Amir Temur" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi . Tadbir davomida Yengilmas, Mard Sarkarda hamda yuksak bilim egasi bo'lgan Amir Temurning yuksak fazilatlari yoritilgan video lavhalar, badiiy chiqishlar namoyish etilib, qiziqarli savol javob musobaqalari tashkillantirildi. Tadbir maktab rahbariyati boshchiligida hamda O'ZDJTU talabalari hamkorligida tashkillashtirildi.
👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakultetida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludi hamda har juma o‘tkaziladigan “Milliylik kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir fakultet tyutorlari
Israilova N. va Xolmurodova Z.
tomonidan yuqori saviyada o‘tkazilib, unda talabalar Amir Temur hayoti va faoliyati, uning boy tarixiy merosi hamda milliy qadriyatlarimiz haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, 2519-guruh talabalari tomonidan 🇺🇿Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus videorolik tayyorlanib, unda Sohibqironning hikmatli so‘zlari mahorat bilan ifoda etildi.

Mazkur videorolik tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Ushbu tadbir yoshlar qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Milliylik — bu o‘zlik, faxr va buyuk tariximizga sadoqatdir!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🥰1😍1
📢 DIQQAT E’LON!!!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Scopus va Web of Science kabi xalqaro ma’lumotlar bazalarida maqolalar chop etish yuzasidan seminar-trening tashkil etiladi. Unda maqolalarni IMRAD tuzilmasi asosida shakllantirish, xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etish hamda ilmiy va texnik sifatni oshirish bo‘yicha muhim tavsiyalar beriladi.

Shuningdek, seminarda bibliometrik ko‘rsatkichlar, ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, nufuzli jurnallarni tanlash va soxta jurnallardan saqlanish masalalari batafsil yoritiladi. Professor-o‘qituvchilar uchun tizimli va foydali ma’lumotlar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, kafedra mudirlari hamda yetakchi olimlarning ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, ilmiy faoliyatini rivojlantirishni istagan barcha tadqiqotchilar va qiziquvchilar ham taklif etiladi.

🗓 Sana: 10.04.2026 (Juma)

Vaqt: 15:00

📍Joyi: O‘zDJTU asosiy binosi, 2-qavat, faollar zali

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🥰1😍1
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili fakulteti talabalari uchun ajoyib imkoniyat!

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan sun’iy intellekt asosida yaratilgan osonish.uz platformasi ishga tushirildi!

💎 Endi siz: — O‘zingizga mos bo‘sh ish o‘rinlarini topishingiz
Ish tajribasisiz ham ish yoki stajirovka (amaliyot) imkoniyatlariga ega bo‘lishingiz
Rezyume yaratib, real vaqt rejimida ish takliflarini qabul qilishingiz mumkin

😀 Platforma imkoniyatlari:
✔️ AI algoritmi sizga mos ishlarni avtomatik tavsiya qiladi
✔️Maosh, ish joyi va shartlarni solishtirish imkoniyati
✔️ Ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish
✔️ “Talabalar va bitiruvchilar uchun” maxsus bo‘lim

Ayniqsa, talabalar va yangi bitiruvchilar uchun juda qulay!
Kelajagingizni bugundan boshlang — imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
📍https://osonish.uz/

#osonish #vakansiya
#talabalar #stajirovka
#ish #uzdjtu #ingliztilifakulteti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🥰1👏1😍1
2026-yil 10-aprel kuni Ingliz tili nazariy aspektlari 3-kafedrasi o'qituvchisi G'aniyeva Dilshoda Izzatulla qizi hamda 2302-guruh talabalari bilan “Zamonaviy ta’lim va yoshlar” hamda “Kelajak kasblari va mehnat bozori” mavzularida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🎓 Tadbir davomida talabalar:
— zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar
— raqamli texnologiyalar va blended learning imkoniyatlari
— kelajakda eng talabgir kasblar
— mehnat bozorida zarur bo‘lgan ko‘nikmalar

haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

💬 Eng qiziqarli jihati — ochiq muhokamalar! Talabalar o‘z fikrlarini erkin bildirib, “Kelajak kasblari qanday bo‘ladi?” degan savol ustida faol bahslashdilar.

🚀 Tadbir yakunida ishtirokchilar:
✔️ zamonaviy ta’lim haqida bilimlarini kengaytirdilar
✔️ o‘z kasbiy yo‘nalishlari haqida chuqurroq o‘ylab ko‘rdilar.
✔️ kelajak rejalari uchun yangi motivatsiya oldilar.

📌 Bunday uchrashuvlar yoshlarni ongli kasb tanlashga va zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
❤‍🔥21🍓1
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakultet talabalari uchun maxsus e’lon!

Siz xorijda o‘qishni, grant yutishni yoki xalqaro tajriba orttirishni xohlaysizmi?

Unda aynan siz uchun ochilgan kanal:
Grantlar_UzDJTU

Ushbu kanalda siz:
Xalqaro grantlar
Exchange (almashinuv) dasturlari
Nufuzli scholarship (stipendiya) imkoniyatlari
Turli davlatlardagi o‘qish va stajirovkalar
Hujjat topshirish bo‘yicha stajirovkalar.
Eng muhim deadline’lar

Barchasi bir joyda, siz uchun sodda va tushunarli tarzda!
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — bugun qo‘shiling va kelajagingizni bugundan boshlang!

Kanalga ulanish:
📍 @Grantlar_UzDJTU

#Grantlar #Scholarship #Exchange #UzDJTU #InglizTili3 #StudyAbroad #Opportunities
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰1🤩1
🟦🟦🟦

Sohibqiron merosi – abadiyat timsoli

🗓2026-yil 10-aprel kuni
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida Zamonaviy rus tili kafedrasi o‘qituvchilari R.R. Shakirova, N.A. Nasirova, G.A. Hamrayeva hamda N.R. Latfulina tashabbusi bilan 1-kurs 2504-guruh talabalari tomonidan buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🇺🇿Tadbirda Ingliz tili 3-fakulteti dekani I.T. Xaydarov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari M. Jakbarov hamda fakultet tyutorlari ishtirok etib, talabalarning ijodiy chiqishlarini kuzatishdi va ularga iliq fikrlar bildirishdi.

🇺🇿Tadbir davomida talabalar Amir Temurning hayoti, davlat boshqaruvi va tarixiy merosi haqida mazmunli ma’lumotlar berib o‘tishdi.

🇺🇿Shuningdek, Sohibqiron Amir Temur faoliyatini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari ijro etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

🇺🇿Mazkur tadbir yoshlar ongida tarixiy merosga hurmat, milliy iftixor va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👏2😍2🎉1🤩1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🎓Kasbiy faoliyatda zamonaviy texnologiyalar va raqamli savodxonlikni oshirish bo‘yicha trening tashkil etildi

🇺🇿 2026-yil aprel oyida
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti o‘qituvchilari tomonidan amaliy trening darsi o‘tkazildi.

🇺🇿 Katta o‘qituvchi Axmedova Nodira hamda o‘qituvchi Xakimova Sadoqat tomonidan 195-maktabda tashkil etilgan mazkur dars jarayonida:

zamonaviy pedagogik texnologiyalar
raqamli vositalardan samarali foydalanish
ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlar
bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalar berildi.

Trening davomida ishtirokchilar uchun interaktiv metodlar asosida darslar olib borilib, ularning raqamli savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu tashabbus ta’lim sifatini oshirish va o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


#UzDJTU #InglizTili3Fakultet #RaqamliSavodxonlik #ZamonaviyTexnologiyalar #Trening #Ta’lim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2😍2🥰1