3rd English faculty
1.8K subscribers
12.6K photos
1.67K videos
198 files
1.95K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🇺🇿Joriy yilning 7-aprel sanasida ingliz tili 3-fakulteti tyutori S.Berdiyeva hamda 2501-guruh talabasi Topildiyeva Dilafruz boshchiligida “Amir Temur-yoshlar nigohida” nomli tanlov bo’lib o’tdi.

🎗️Joriy tanlov 3 bosqichdan iborat bo’ldi:

1️⃣-bosqichda jamoalar Temuriylar shajarasini tuzishdi va undagi shaxslarga doir 3tadan qiziqarli faktlar aytishdi.

2️⃣-bosqichda esa Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid qiziqarli savol-javoblar, intellektual o’yinlar o’ynashdi. Hamda Sohibqironga bag’ishlab yaratilgan asar va kinolar muhokamasi bo’lib o’tdi.

3️⃣-bosqichda talabalar Amir Temur hayotidan olgan saboqlari haqida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Bu shartlar bo’yicha:
🥇1-o’rin:”Temuriyzoda malikalar
🥈2-o’rin:”Bibixonim qizlari
🥉3-o’rin:”Sohibqiron vorislari” jamoalari maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Tanlovda faol ishtirok etgan barchaga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Kelgusi ilmiy faoliyatlarida omad yor bo’lsin.
🏆43❤‍🔥1
4
Eshitdingizmi? "WikiKitob II" tanlovi boshlandi

📚 Eh, qanday ajoyib: sizning shaxsiy kutubxonangizda hech kimda yo‘q kitoblar bo‘lsa. Bir emas, roppa-rosa 10 ta kitob. Yaqinroq keling, bu imkoniyat endi sizda ham bor!

📚"WikiKitob II" tanlovida ishtirok etib, 20 nafar g‘olibdan biriga aylaning hamda "1000KITOB" loyihasi doirasida chop etilgan kamyob kitoblarni qo‘lga kiriting.

📚 Barchasi juda oddiy: hoziroq @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting va bu haqida do‘stlaringizga xabar bering. Qabul 26-aprelgacha davom etadi. Shundan so‘ng sizga 40 ta test yuboriladi.

📚Test savollari "1000KITOB" loyihasi asosida chop etilgan kitoblar haqidagi maqolalar asosida tuzilgan. Mazkur maqolalar ham tez orada e’lon qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

Batafsil — WikiKitob II

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2🥰1😍1
IELTS 7.0+ yoki CEFR C1 olgan talabalikdan 2000$+ oylikli ustozgacha.

🇺🇿 O'zbekistonning birinchi va yagona ingliz tili ustozlarini tayyorlash markazi UzSWLUda seminar tashkil qilyapti.

- Eng katta expertlartning o'zlari kelishadi.

- Toshkentning eng katta markaz yoki xususiy maktablarida tog'ridan tog'ri ishga kirish imkoniyati.

11-Aprel, 15:00

Hoziroq ro'yhatdan o'ting: https://forms.gle/tfWc3vogvZFVwYFS8
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰1🤩1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti kengashi a'zosi, Book club koordinatori
D. Abdurahmonova tomonidan tashkil qilindi
.


Kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida talabalar ishtirokida “Tushda kechgan umrlar” asari yuzasidan mazmunli va qiziqarli adabiy muhokama tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar bir nechta shartlar asosida o‘z bilim va ijodiy yondashuvlarini namoyish etdilar:


Quiz test – asar mazmuni va voqealari asosida bilimlar sinovdan o‘tkazildi
“Asar qahramonlari mening talqinimda” – har bir ishtirokchi obrazlarga o‘ziga xos yondashuv bildirdi
“Asardan olgan saboqlarim” – asardan chiqarilgan xulosalar va hayotiy saboqlar bilan o‘rtoqlashildi


🏅Tadbir yakunida faol qatnashgan talabalar munosib ravishda taqdirlandilar.

📚Ushbu adabiy uchrashuvlar yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirishga hamda talabalarni yanada ko'proq kitob o'qishga chorlaydi!

Barcha ishtirokchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Kelgusi ilmiy ish va o'qishlariga zafarlar tilab qolamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥1🤩1
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti kengashi tomonidan

🎤 “5 yildan keyingi men: bugungi qarorlarim mahsulimi?”
nomli DEBAT ga taklif etadi!

Siz hech o‘ylab ko‘rganmisiz…
Bugun qilayotgan tanlovlaringiz sizni qayerga olib boradi?

🚀Ushbu debat — bu shunchaki bahs emas!

Bu: 💎 Kelajagingizga nazar tashlash imkoniyati
💎 Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish maydoni
💎 O‘z pozitsiyangizni dadil himoya qilish sahnasi

Eng faol, eng dadil va eng fikrli talabalar aynan shu yerda jam bo‘ladi!

📣 O‘z kelajagingiz muallifi bo‘lishni istaysizmi?
Unda bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🗓 Sana: Chorshanba (08.04.2026)
Vaqt: 14:00
📍 Manzil: 204-xona
Murojaat uchun: @nrbyva_oo

Kelajagingiz — bugungi qarorlaringizdan boshlanadi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1🥰1😍1
🔊O'zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti 1-bosqich talabalari uchun “LOST IN TRANSLATION” to‘garagi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda!

Joriy yilning 7️⃣-aprel sanasida Ingliz tili amaliy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Shukurova Shohsanam tomonidan "IT & Technology – Software & IT Texts” mavzusida to‘garakning navbatdagi mashg‘uloti o'tkazildi.

Mashg‘ulot davomida talabalar dasturiy ta’minot va axborot texnologiyalariga oid matnlar bilan ishladilar. Ular berilgan matnlarni bosqichma-bosqich tarjima qildilar, murakkab termin va iboralar ustida alohida to‘xtalib o‘tildi hamda ularning muqobil tarjima variantlari muhokama qilindi.

Mashg‘ulot yakunida talabalarning tarjima jarayonida yo‘l qo‘ygan xatolari tahlil qilindi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, ularga mustaqil ishlash uchun qo‘shimcha tarjima topshiriqlari berildi.
3🔥2❤‍🔥1🥰1