3rd English faculty
1.8K subscribers
12.6K photos
1.67K videos
198 files
1.95K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🇬🇧 Ingliz tili olamiga sayohat!

Bugun, 2026-yil 4-aprel kuni Chilonzor tumanidagi 164-sonli umumtaʼlim maktabida navbatdagi qiziqarli toʻgarak mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

🎓 Mashgʻulotni oʻz ishining ishqibozi, 2-kurs talabasi N.Zafarova olib bordi.

📝 Dars mavzusi: Ingliz tilida soʻzlashuvning asosi boʻlgan — "Past Continuous vs Past Simple" zamonlari.

Oʻquvchilar dars davomida:
Oʻtgan zamonda tugallangan va davom etayotgan harakatlarni farqlashni;
Gap tuzish formulalarini amalda qoʻllashni;
"When" va "While" bogʻlovchilari yordamida murakkab gaplar hosil qilishni oʻrgandilar.

Mashgʻulot interaktiv ruhda oʻtdi: oʻquvchilar doskada mustaqil misollar yozishdi va qiziqarli savol-javoblar orqali oʻz bilimlarini mustahkamlashdi. Yosh boʻlishiga qaramay, mahorat bilan dars oʻtgan Zafarovaning darsida barcha faol ishtirok etdi!

📸 Jarayondan fotolavhalarni tomosha qiling!

📍 Chilonzor tumani, 164-maktab.

#EnglishClass #Education #Chilonzor #LearningEnglish #MaktabHayoti #InglizTili
❤‍🔥2
2026-yil 05-aprel sanasida ingliz tili amaliy fanlar–3 kafedrasi o‘qituvchisi Kambarova Dilnoza Musakulovna tomonidan 2515-guruh talabalari bilan birgalikda Xo‘jakent hududida “Sog‘lom tanda sog‘ aql” shiori ostida sog‘lomlashtirish tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik muhitini mustahkamlash hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.

Sayohat boshida ob-havo biroz noqulaylik tug‘dirib, tabiat ishtirokchilarni kuchli yomg‘ir bilan qarshi oldi. Shunga qaramasdan, tadbir ishtirokchilari yuqori kayfiyatni saqlab qolib, tabiat injiqliklariga bardosh bilan yondashdilar. Talabalar yomg‘ir ostida ham piknik tashkil etib, turli o‘yinlar o‘ynab, faol dam oldilar.

Tadbir davomida talabalar o‘rtasida do‘stona muhit yanada mustahkamlanib, jismoniy faollik va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqish ortdi.

Yakuniy xulosa sifatida aytish mumkinki, mazkur sog‘lomlashtirish tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi va o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga to‘liq erishildi.
🔥63🥰2🤩2👍1
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

,,Donolar hayotni kuzaturlar jim" iqtibosini o'z ichiga olgan:

😀 “Tushda kechgan umrlar” asari asosida
Adabiy muhokama o‘tkaziladi!

Asar yuzasidan munozara quyidagi bosqichlarda bo'lib o'tadi:

🧠 1-shart: QUIZ
Ishtirokchilar asar mazmuni, qahramonlari va g‘oyalari bo‘yicha savollarga javob beradilar. Eng bilimdonlar aniqlanadi!

🎭 2-shart: ROLE PLAY
Asardan bir sahna jonlantiriladi. Qahramonlarning his-tuyg‘ularini ifodalash, aktyorlik mahorati baholanadi.

💡3-shart: MASLAHAT
Ishtirokchilar asardagi voqealardan kelib chiqib, hayotiy xulosalar va maslahatlar beradilar. Eng mazmunli fikrlar rag‘batlantiriladi.


🗓Sana - 7.04.2026 (seshanba)
Vaqt - 12:00
📍Joyi - Asosiy bino, kutubxona 2-qavatida

📱Fikr-mulohaza va murojaat uchun:
https://t.me/+dIJS9sFRis5jMGZi

🏆G‘oliblar maxsus nominatsiyalar bilan taqdirlanadi!

📍 Barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰2👏2🤩1
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

🇺🇿Õzbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultet kengashi tomonidan

🎨 Art club tomonidan buyuk sarkarda, mohir davlat arbobi va yuksak salohiyat sohibi Amir Temur tavalludi munosabati bilan ijodiy rasm tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad — yoshlar qalbida tarixiy xotira va milliy g‘ururni mustahkamlash, sohibqironning boy merosi hamda buyuk siymosini san’at orqali keng targ‘ib etishdan iborat.

📱Tanlov mavzusi: " Buyuk sarkarda–buyuk meros"
🗓Ijodiy ishlar 9-aprelga qadar qabul qilinadi.

Barcha ijodkor talaba-yoshlarni faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Eng munosib va mazmunli ishlar hakamlar hay’ati tomonidan saralanib, alohida taqdirlanadi.

📞Taklif va savollar uchun @dpardaboyeva ga murojaat qiling.

📱Tanlovda qatnashish istagidagilar
https://t.me/uzswlu_artclub ga qo'shilishing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥1🥰1
🧠 ZAKOVATSEVAR TALABALAR DIQQATIGA! 🧠

ZAKOWHAT 2.0 ga start beramiz

Aqlingizni sinovdan o‘tkazishga tayyormisiz? Unda siz uchun ajoyib imkoniyat! 🔥

📢 Aprel oyi davomida “ZakoWhat2.0” o‘yini mavsumi start oladi!

🔹 O‘yin 4 ta turdan iborat bo‘ladi
🔹 Har bir ishtirokchi yakka tartibda, kompyuter orqali savollarga javob beradi 💻
🔹 Har turda sizni qiziqarli, mantiqiy va noodatiy savollar kutmoqda 🤔

🏆 4 - tur yakuniga ko'ra  barcha turlar natijasiga ko‘ra umumiy g‘oliblar aniqlanadi va tantanali ravishda taqdirlanadi!

🎲 Aprel oyining birinchi oʻyini 8-aprel sanasida boʻlib oʻtadi.

Vaqt: 8 - aprel , chorshanba 16 : 00

📱Manzil: 3 - ingliz fakukteti , 404 - xona

💡 O‘zingizni sinab ko‘ring, bilimlaringizni namoyish eting va eng kuchlilar safidan joy oling!

📩 Ro‘yxatdan o‘tish @Abdulaziz07_07 ga murojaat qiling


Batafsil ma’lumot uchun kanalga obuna bo'ling

https://t.me/zakowhat3english

🫵 Zakowhat — bu siz  , faqat sizning bilingiz
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📈 Bu video faqatgina yuqori daromad topmoqchi bo'lganlar uchun!

WeTeach X UzSWLU 🚀
Yurtimizning eng nufuzli oliygohlaridan biri — UzSWLU bilan WeTeach hamkorlikni boshladi! 🔥


Bu nima uchun muhim?
Endilikda ustoz bo‘lishni istaganlar yoki allaqachon dars berayotganlar uchun imkoniyatlar yomg‘iri boshlanadi! 🌧


WeTeach — O‘zbekistonda ingliz tili ustozlarini:
🌍 xalqaro darajada tayyorlaydigan,
💼 ish bilan ta’minlaydigan,
📈 va doimiy rivojlanish yo‘lini ko‘rsatadigan birinchi va yagona agentlik!


Tez orada yangiliklar bilan qaytamiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍21🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Student today. $2000+/month teacher by next year.

WeTeach experts are breaking down exactly how during the seminar — live, at UzSWLU, on April 11.

If you're serious about building a teaching career worth having, this is your chance!

📍 UzSWLU | April 11 | 15:00
🔒 40 seats only - filling fast.

👇 Register now:

https://forms.gle/tfWc3vogvZFVwYFS8
2🥰2👏1
Eshitdingizmi? "WikiKitob II" tanlovi boshlandi

📚 Eh, qanday ajoyib: sizning shaxsiy kutubxonangizda hech kimda yo‘q kitoblar bo‘lsa. Bir emas, roppa-rosa 10 ta kitob. Yaqinroq keling, bu imkoniyat endi sizda ham bor!

📚"WikiKitob II" tanlovida ishtirok etib, 20 nafar g‘olibdan biriga aylaning hamda "1000KITOB" loyihasi doirasida chop etilgan kamyob kitoblarni qo‘lga kiriting.

📚 Barchasi juda oddiy: hoziroq @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting va bu haqida do‘stlaringizga xabar bering. Qabul 26-aprelgacha davom etadi. Shundan so‘ng sizga 40 ta test yuboriladi.

📚Test savollari "1000KITOB" loyihasi asosida chop etilgan kitoblar haqidagi maqolalar asosida tuzilgan. Mazkur maqolalar ham tez orada e’lon qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

Batafsil — WikiKitob II

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🥰1😍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 "Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi" doirasida futbol bahsi!

🇺🇿Ayni damda
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti hamda
📝Xalqaro jurnalistika fakulteti jamoalari oʻrtasida futbol musobaqasi qizgʻin ruhda davom etmoqda.

🇺🇿Maydonda haqiqiy sport ruhi, jamoaviylik va gʻalabaga boʻlgan intilish yaqqol namoyon boʻlmoqda. Har ikki jamoaga omad tilaymiz! 🔥

Gʻolib kim boʻladi?

Biz bilan kuzatishda davom eting!
https://t.me/thirdEnglishfaculty
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1🥰1😍1