3rd English faculty
1.8K subscribers
12.6K photos
1.67K videos
198 files
1.95K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
📔Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi katta o‘qituvchilari — Ismoilova Z., Mannanova F. hamda Xushnazarova G. tomonidan 2-TTJda istiqomat qilayotgan talaba qizlar bilan mazmunli va tarbiyaviy ahamiyatga ega uchrashuv tashkil etildi.
💎Uchrashuv davomida qizlarning oiladagi o‘rni, ularning kelajakda yetuk, ma’naviy barkamol ona va jamiyatning faol a’zosi bo‘lib yetishishidagi mas’uliyati haqida batafsil fikr yuritildi. Shuningdek, oila muqaddas qo‘rg‘on ekani, unda mehr-oqibat, hurmat va sabr muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi.
💻Tadbir jarayonida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizga hurmat bilan qarash, ularni asrab-avaylash va kundalik hayotda amal qilish zarurligi haqida ham suhbat olib borildi. Ayniqsa, qizlar uchun ozodalik, poklik, saranjom-sarishtalik kabi fazilatlarning ahamiyati keng yoritildi.
Talaba qizlar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida ularning fikr-mulohazalari tinglandi, savollariga atroflicha javob berildi.
📘Bunday tadbirlar yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularni to‘g‘ri hayotiy yo‘l tanlashga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📆Oʻtkazilgan sana:03.04.2026
2
03.04.2026 da Ingliz tili 3-ingliz fakulteti ingliz tili nazariy aspektlar-3 kafedrasi o’qituvchilari Alimova Dildora va Xayrulloyeva Lola Chilonzor tumanida joylashgan 🇺🇿195-maktabga tashrif buyurdilar va maktab o’ituvchilariga mahorat darsi o’tkazdilar.
Dars “Creative ways of Gamification” methodini turli xil activitylar orqali tushuntirib berish orqali juda qiziq bo’ldi.
Darsga o’qituvchilar katta qiziqish bilan ishtirok etishdi. Darsning boshlanishidagi “think-pair-share” uslubidagi leading activity hamda group tasks alohida mazmun egalladi.
O’zaro tajriba almashish uchun mo’ljallangan mahorat darsidan har ikki taraf manfaatdor bo’ldi.
1👍1🥰1👏1🤩1
🏆🏆🏆

🗓Bugun 04.04.2026
🇺🇿 O'zbekiston davlat Jahon tillari universiteti
🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti kengashi tomonidan

🏆Besh muhim tashabbus loyihalari koordinatori Qurbonova Oydinoy tomonidan 2502-guruh talabalari ishtirokida
🏆2-tashabbus — sport yo‘nalishi doirasida tabiat qo‘ynida turli sport tadbirlari tashkil etildi.

Mazkur tadbir orqali talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlash maqsad qilindi.

Tadbir davomida talabalar faol ishtirok etib, sport o‘yinlarida o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar.

Natijada, ularning dam olish kunlarini maroqli va foydali o‘tkazishlari ta’minlandi.

🌐Sizda ham talab va takliflar mavjud bo'lsa @Qurbonova_Oydinoy ga murojaat qilishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5❤‍🔥2🥰2
🎓👩‍🏫 Kelajak o‘qituvchilari amaliyotda: Toshkent shahar, Uchtepa tumani 123-maktabda ma’naviy-ma’rifiy tadbir 🇺🇿
123-umumta’lim maktabida Ingliz tili integrallashgan kursi №3 kafedrasi o'qituvchisi Axmedova Nodira Rustamovna rahbarligida 04.04.2026-yil sanasida 2424-guruh talabalari ishtirokida  buyuk sarkarda" Amir Temur tavalludining 690 yilligiga" bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 📚
👩‍🎓📊 Tadbir davomida:
• Talabalar Sohibqiron hayoti va faoliyati haqida qiziqarli taqdimotlar qilishdi 🎤📖
• O‘quvchilar Amir Temur hikmatlari asosida sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi 🎭👏
• Interaktiv savol-javoblar orqali tarixiy bilimlar mustahkamlandi 💡
• Zamonaviy smart-doska va texnologiyalardan samarali foydalanildi 🖥️📱
❤️🇺🇿 Mazkur tadbir yosh avlod qalbida vatanparvarlik, tarixiy merosga hurmat va buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
8🔥2🥰2😍2🍓2🆒21👏1🎉1🏆1
🎬TANLOV: “1 KUNIM – 1 HIKOYA”🇺🇿

Talabalik hayotingizni bitta video orqali hikoyaga aylantirishga tayyormisiz? 🎉
Unda o‘z kuningizni kreativ tarzda tasvirlab, tanlovimizda ishtirok eting!

📌
Ishtirok shartlari:
Video davomiyligi: 1–3 daqiqa
Video original va kreativ bo‘lishi kerak
Telefon orqali suratga olish mumkin 📱

🎯Yo‘nalish (g‘oya uchun):
Talabalikdagi bir kuningiz
Qiziqarli yoki esda qolarli lahzalar
Do‘stlar, darslar yoki oddiy kuningiz
Kichik hikoya (story) shaklida bo‘lishi tavsiya etiladi

🏆Nominatsiyalar:
🎥Eng yaxshi hikoya
🎨Eng kreativ video
😅Eng kulgili video
💡Eng motivatsion video

🌟Eng yaxshi videolar fakultetimizning
📲🇬🇧Instagram va Telegram sahifalarida yoritiladi!


📱VIDEOLAR NAMOYISHI
Barcha ishtirokchilar va talabalar maxsus ko‘rish kuniga taklif etiladi!
Unda siz:
Eng yaxshi videolarni tomosha qilasiz 🎬
G‘oliblar aniqlanadi 🏆
Taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi 🎉

🎁Sovg‘alar:
Diplom va sertifikatlar 🏅
Maxsus nominatsiya sovrinlari 🎁

🗓Videolarni qabul qilish muddati: 10.04.2026
📱Videongizni yuboring: @unknown_ast

Mahsus guruh:
https://t.me/+HdLu7TXF4M4yNDUy

O‘z hikoyangizni boshqalar bilan bo‘lishing va ilhom berish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥2🎉2💯2🥰1😍1🏆1🆒1
🇬🇧 Ingliz tili olamiga sayohat!

Bugun, 2026-yil 4-aprel kuni Chilonzor tumanidagi 164-sonli umumtaʼlim maktabida navbatdagi qiziqarli toʻgarak mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

🎓 Mashgʻulotni oʻz ishining ishqibozi, 2-kurs talabasi N.Zafarova olib bordi.

📝 Dars mavzusi: Ingliz tilida soʻzlashuvning asosi boʻlgan — "Past Continuous vs Past Simple" zamonlari.

Oʻquvchilar dars davomida:
Oʻtgan zamonda tugallangan va davom etayotgan harakatlarni farqlashni;
Gap tuzish formulalarini amalda qoʻllashni;
"When" va "While" bogʻlovchilari yordamida murakkab gaplar hosil qilishni oʻrgandilar.

Mashgʻulot interaktiv ruhda oʻtdi: oʻquvchilar doskada mustaqil misollar yozishdi va qiziqarli savol-javoblar orqali oʻz bilimlarini mustahkamlashdi. Yosh boʻlishiga qaramay, mahorat bilan dars oʻtgan Zafarovaning darsida barcha faol ishtirok etdi!

📸 Jarayondan fotolavhalarni tomosha qiling!

📍 Chilonzor tumani, 164-maktab.

#EnglishClass #Education #Chilonzor #LearningEnglish #MaktabHayoti #InglizTili
❤‍🔥2